7-mavzu. Boshqarish usullari Usul


Download 41.38 Kb.
bet4/6
Sana12.08.2023
Hajmi41.38 Kb.
#1666580
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7MAVZI

Davlat kredit tizimi orqali iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Bunda qarzga beriladigan pul miqdorini o’zgartirish uchun foiz stavkasidan foydalaniladi. Bozor qoidasiga ko’ra foiz kamaysa, qarz pulga talab oshadi. Binobarin, kredit ko’proq olinadi va ishlab chiqarishga ko’proq investitsiya qilinadi.
Kreditning iqtisodiy usuliga aloqadorligini hisobga olgan holda, davlat uni arzonlashtirish choralarini ko’radi. Davlatning qo’lida katta pul to’planadi, bu pul bankka qo’yiladi va ishlatilishiga qadar kredit resursini tashkil etadi. Davlatning puli kapital bozoriga chiqib, kreditning taklifini ko’paytiradi.
Shu tariqa, davlat bo’sh turgan pul tarkibini o’zgartirish orqali bozordagi pulga bo’lgan talab va taklifni o’zgartirishga erishadi. Bo’sh pullar:
hozir qarz berish uchun ajratilgan;
zaxiradagi kredit rezervi sifatida turgan pullarga bo’linadi.
Zaxuradagi rezerv pulning kamayishi taklif etilgan pulning ko’payishini bildiradi va aksincha, uning kamayishi pul taklifini qisqartiraveradi. Odatda, kredit resursining 20 foizi zaxirada bo’lsa, 80 foizi bevosita kredit ishiga ajratiladi, yani sotishga qo’yiladi.
Davlat bosh boshqaruvchi sifatida shu nisbatni o’zgartiradi. U pul rezervini qisqartirish hisobidan uning kredit sifatida taklifini ko’paytiradi. Natijada, foiz pasayadi, binobarin kredit arzonligidan uni ko’proq olib, investitsiya uchun ishlatish qulay bo’ladi, iqtisodiy o’sishga asos yaratiladi. Foizning ortishi kreditni qimmatlashtirib, unga kamroq undaydi, binobarin, investitsiya qisqaradi, iqtisodiy o’sish sustlashadi.
Davlat soliq tizimi orqali iqtisodiyotga ta’sir o’tkazadi va boshqarish jarayonida qatnashadi. Soliqlar hamma mamlakatlarda mavjud bo’lib, majburiy to’lov shaklida firmalar, tashkilotlar va aholi tomonidan faqat davlatga to’lanadi. Davlat jamiyat a’zolariga, ular kim bo’lishidan qat`i nazar, ijtimoiy xizmatlar ko’rsatadi. Bu xizmatlar jumlasiga:
mudofaa;
tinchlik va xotirjamlikni, ijtimoiy tartibni ta’minlash;
obodonchilik va sanitariya-gigiyena ishlarini bajarish;
davlatni idora qilish;
davlat xavfsizligini ta’minlash;
ekologik muhitni asrash;
tabiiy boyliklarni himoya qilish;
ommaviy savodxonlikni ta’minlash;
nochorlarga yordam berish, ularni sotsial himoya qilish kabi ishlar kiradi.
Bularni faqat birgalikda iste’mol qilish mumkin, ularni ayrim kishilar sotib ololmaydi. Bu ishlarga faqat davlat qodir.
Shunday qilib, soliqlar davlatning ijtimoiy xizmatlari haqi bo’lib, uni firmalar, kompaniyalar, jamoat tashkilotlari va aholi to’laydi. Demak, soliqlar tekinga berilmaydi, ular davlat ko’rsatgan xizmatlar sarf-xarajatini qoplash uchun to’lanadi.
Soliqlar boshqarish jarayoniga quyidagi uch vazifani bajarish orqali o’z ta’sirini ko’rsatadi:
fiskal vazifa, ya’ni davlat xazinasi (byudjeti)ga pul tushirish;
iqtisodiy faollikni rag’batlantirish;
aholining ayrim toifalariga imtiyoz berib, ularni sotsial himoyalash.
Undiriladigan soliq summasining soliq ob’ekti summasi (hajmi)ga nisbatan hisoblangan miqdori soliq yuki (stavkasi) deyiladi. Qat`iy, progressiv, regressiv, proporsional (mutanosib) soliq stavkalari mavjud. Undiriladigan soliq stavkasining me’yori bor. Shu sababli uni cheksiz oshirib bo’lmaydi.
Masalan, optimal variantga muvofiq bo’lmagan progressiv soliqqa tortish:
yuqori daromad olishga qiziqishni;
yuqori sur’atda unum bilan mehnat qilishni;
investitsiyalarga bo’lgan intilishni yo’qqa chiqaradi.
Daromadlarni soliqlardan yashirish usullarini izlash yo’llari muqarrar sur’atda paydo bo’lib, bunday vaziyatda ular jamiyatda salbiy baholanmaydi.
Xalqaro tajriba shuni ko’satmoqdaki, iqtisodiyoti bozorga yo’naltirilgan davlatlarda daromadlar haddan tashqari yuqori progressiv soliqqa tortilishi bilan kapitallar chet elga chiqib keta boshlaydi.
Sohibqiron Amir Temur o’z davrida soliq undirishda adolatni talab qilgan, chunki uning kelajakka ta’sirini ko’ra bilgan. Uning yozishicha: “Raiyatdan mol-xiroj yig’ishda, ularni og’ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo’yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish (davlat) xazinasining kambag’allashishiga olib keladi”.
Haddan tashqari katta soliq olish soliq to’lovchini og’ir ahvolga soladi, natijada u bo’lg’usi soliqni to’lay olmay qoladi. Oqibatda, byudjetga pul tushishi qisqaradi.
Iqtisodiyot bir me’yorda rivojlanib borishi uchun soliqlar firma topgan foydaning 40 foizidan oshmasligi kerak. Aks holda, firma rivojlana olmaydi.

Download 41.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling