7-mavzu. Bozor segmentatsiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtirish (4 soat)
Download 40.72 Kb.
|
1 2
Bog'liq7.1-mavzu. Bozor segmentatsiyasi turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
Qo‘shimcha axborot ma’lumotlari
Germaniyaning Darboven firmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Sharqiy Yevropa mamlakatlari kofe bozorining istiqboli porloq. Masalan, Polshada kofe iste’moli 1992 yil 1 mln. qopdan 2005 yilga kelib 2.2 mln.qopga o‘sishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar bir kishiga to‘g‘ri keladigan iste’mol (1 yilda 3,5 kg) o‘sgani va g‘arb mamlakatlari darajasiga yetganini aks ettiradi. Bunda kofe importi hajmi o‘tgan yili 1,3 mln qopni tashkil etdm, bu esa 1992 yildagidan 34% ortiq. Bu bashorat kofe narxining qimmatligi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda kofe iste’molini jiddiy pasaytirishi mumkinligidan xavotirga tushgan kofesanoatini biroz tinchlantirdi. Kofe Sharqiy Yevropada nisbatan qimmat mahsulot sanaladi, chunki bu yerda oylik maosh G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha past. Biroq Darboven firmasida ishsizlikning qisqarishi bilan iste’molning o‘sishi taxmin etilmoqda. Bu yerda MDH mamlakatlarida kofe iste’moli 1989 yildan boshlab ikki baravar o‘sdi bir kishiga 0,5 kg darajaga yetdi deb hisoblaydilar. Savol va topshiriqlar Kofe importi nodavlat shaklida, eriydigan va qovurilgan kofe xaridi teng, kofe xomashyosi xaridiga esa e’tibor qaratmaslik kerak bo‘lsa, mamlakat kofe bozorining joriy amaldagi sig‘imini hisoblab chiqing? Bu qay darajada aniqlik bilan amalga oshirish mumkin? Qaysi axborot yetishmasligi bozor sig‘imini tonnada aniq belgilashga xalaqit beradi? Kofe xomashyosi xarid qilish va uni mahalliy korxonalarda qovurishda bozor sig‘imi qaysi tomonga o‘zgaradi? Bunday o‘zgarish qanday qo‘shimcha shartlarda real voqelikka aylanadi? Rossiyada kofe qayta ishlash xaqida qaror qabul qilish foydasiga qaysi moliyaviy dalillar xizmat qiladi? Eng yuqori tejamkorlik tamoyilidan kelib chiqadigan bo‘lsak, mahalliy tadbirkorning kofe bozoridagi ilk qadamlari qanday bo‘ladi? Kofe biznesida talab etiladigan kapital optimal miqyosi qanday va respublikada kofeni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish uchun bu kapital qancha aylanmasi zarur? Mahalliy bozordagi faoliyat ko‘lamini hisobga olgan holda ushbu firmaning bozor ulushi qanday bo‘lishi mumkinligini aniqlang. Shu boisdan kofeni qayta ishlash bo‘yicha o‘z ishlab chiqarishini yaratishga tayyorlanishda nimalar qilish zarur? Download 40.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling