7-mavzu. Bozor va tavakkalchilik, firma va ularning tashkiliy-iktisodiy asoslari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana15.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1774953
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
10-11 mavzu. Bozor va tavakkalchilik. Firma va uning tashkiliy-iqtisodiy asoslarti

Zamonga mos bo’lmagan insonlar  
Bir nechta zerikarli vazifalarni masalan, kirlaringizni yuvayotganingizni, mashina 
yo’lidagi qorni kurashni yoki daromad solig’i anketasini to’ldirishni ko’z oldingizga 
keltiring. Quyidagi savollarni ko’rib chiqamiz.
1. Siz bu vazifani hozir bajarish uchun 50 daqiqa sarflashni (A) tanlaysizmi yoki 
vazifani ertaga bajarish uchun 60 daqiqa sarflashni (B) tanlaysizmi?
2. Siz bu vazifani 90 kunda 50 daqiqa sarflab bajarishni (A) tanlaysizmi yoki 91 kunda 
60 daqiqa sarflab bajarishni (B) tanlaysizmi?
Ko’pchilik insonlar bunday savollar berilganda, 1-savol uchun B javobni, 2-savol 
uchun A javobni tanlashadi. 2-savoldagidek agar kelajakka nazar tashlasak, insonlar 
zerikarli vazifani bajarishga ketadigan vaqtni minimallashtiradi. Lekin 1-savol kabi 
mashqni zudlik bilan qilishga to’g’ri kelsa, ular buni orqaga surishni tanlashadi. O’ylab 
ko’rsak, bu harakat ajablanarli emas. Har kim vaqtnni orqaga suradi. Lekin ratsional 
inson nazariyasidan kelib chiqsak, quyidagi jumboqni yuzaga keltiradi va oy’lantirib 
qo’yadi: masalan, 1-savolga bir inson 90 kun ichida 50 minut sarflashni tanladi desak, 
keyin 90-kun kelsa va unga o’z fikrini o’zgartirishga imkon bersak. Natijada u 1-savol 
bilan to’qnashadi va u vazifani keying kunga qoldirishga qaror qiladi. Lekin nega 
vaqtning arzimagan o’zgarishi uning qarorlariga ta’sir qilyapti?


Hayotining ko’p qismida odamlar o’zlari uchun rejalar tuzishadi lekin keyin unga 
mos ravishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. Sigareta chekuvchilar o’zlariga 
chekishni tashahni va’da berishadi lekin o’zlarining oxirgi sigaretasini chakayotgan 
so’nggi damlarda u yana chakishni xohlaydi va va’dasini buzadi. Ortiqcha vazndan 
qutilmoqchi bo’lgan insonlar boshqa desert yemaslikka va’da berishadi lekin ofitsant 
desert arvachasini olib kelganida u va’dasi haqida unutadi. Ikkala holatda ham bir 
zumlik rohat bo’lgan istak oldingi qarorlarni unitishga sabab bo’ladi.
Ba’zi iqtisodchilar iste’molni tejashni odamlarning davr bilan hamnafas 
emasliklarini namoyon etishdagi yaqqol misol ekanligiga ishonishadi. Jamg’arish bu 
sigaretani yoki desertni tashlashga o’xshaydi va uzoq kelajak mukofoti uchun hozirda 
qurbonlik qilish. Va ko’pchilik chukuvchilar kabi chekishni tashlashni xohlashadi va 
ko’pchilik ortiqcha vazn egalari kamroq ovqatlanishga harakat qilishadi, ko’pchilik 
xaridorlar foydasini ko’proq qismini tejashga harakat qilishadi. Bir tekshiruvga ko’ra, 
76% amerikaliklar nafaqa uchun yetarlicha pul jamg’armaganini aytishgan.
Sigareta chekuvchi sigaretani uloqtirib yuborish orqali chekishni tashlashi 
mumkin va diyetadagi inson muzlatgichga qulf osib qo’yishi mumkin. Judayam kam 
tejaydigan inson nima qilishi mumkin? U pullarini ishlatishdan avval ularni qulflashni 
yo’lini topishi lozim. Ba’zi 401(k) kabi pensiya schotlarida aynan shunday qilinadi. 
Ishchi u hali ko’rmagan to’lov qog’ozidan pul olishlariga rozi bo’lishi mumkin. Hisob 
raqamiga qo’yilgan mablag’dan nafaqaga chiqishdan avval faqatgina jarima to’lab 
foydalanish mumkin. Balkim bu nafaqa hisob fondi mashhurligining bir sababidir. Ular 
odamlarni ularning ikkilamchi ehtiyojlaridan himoya qiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling