7-mavzu. Daromad samarasi va almashtirish samarasi


Download 274.91 Kb.
bet2/4
Sana13.11.2023
Hajmi274.91 Kb.
#1770621
1   2   3   4
Bog'liq
7-мавзу

Y


Y
Y1 E1


Y2





X1
7.4-rasm. Normal tovarlar uchun daromad samarasi
Narxning har qanday pasayishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizig`i suriladi va iste′molchi sotib olishi mumkin bo`lgan ne′matlar tarkibini o`zgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini o`zgartiradi va bir ne′matni (Y) boshqa ne′mat (X) bilan almashtiriladi.
Ne′matlar majmuasiga (X va Y ne′matlar) bo`lgan talab o`zgarishining qancha qismi real daromad ta′siri va qancha qismi narxning pasayishi bilan bog`liq ekanligini aniqlamoqchimiz. 7.4-rasmda byudjet chizig`ining boshlang`ich holati YX va X ne′mat narxi pasaygandan keyingi holati YX′ keltirilgan. Boshlang`ich byudjet chizig`ida TU1 befarqlik egri chizig`iga mos keluvchi optimal majmua E1 nuqta bilan ifodalangan. E1 nuqtada iste′molchi Y ne′matdan Y1 miqdorda, X ne′matdan X1 miqdorda sotib oladi. X ne′matning narxi tushgandan keyin, yangi optimal majmua YX′ byudjet chizig`i bilan TU2 befarqlik egri chiziqlari kesishgan E2 nuqtaga o`tadi. E2 nuqtada iste′molchi X ne′matdan X2 miqdorda va Y tovardan Y2 miqdorda sotib oladi. Demak, X ne′mat narxining pasayishi iste′molchining real daromadini, uning tovar sotib olish imkoniyatini oshiradi, ya′ni uning o`z ehtiyojini qondirish darajasini oshiradi.
Bu yerda X ne′matni iste′mol qilish hajmining umumiy o`zgarishi (uning narxi tushishi hisobidan) rasmda X1X2 bilan belgilangan. Iste′molchi boshida 0X1 miqdorda X ne′matdan sotib oladi, narx o`zgargandan keyin sotib olish hajmi 0X2 ga o`zgaradi. Y tovarni sotib olish hajmi 0Y1 dan 0Y2 ga qisqardi.
X ne′mat iste′molining umumiy o`zgarishi X1X2 oraliqqa umumiy samara deyiladi. Endi umumiy samarani daromad samarasiga va almashtirish samarasiga qanday ajralishini ko`ramiz.
Daromad samarasini aniqlash uchun YX byudjet chizig`iga parallel qilib YX byudjet chizig`ini TU1 befarqlik egri chizig`iga urinadigan qilib o`tkazamiz va bu uringan nuqtani E3 deb belgilaymiz. E3 nuqtaga mos keluvchi optimal majmuadagi X ne′mat miqdori X3 ga teng va u X1X2 umumiy samarani ikki qismga ajratadi: X1X3 va X3X2. Parallel ikki byudjet chizig`i orasida yotgan X3X2 o`zgarishga daromad samarasi va bitta befarqlik egri chizig`i ustida yotgan X1X3 o`zgarishga - almashtirish samarasi deyiladi.
D aromad va almashtirish samarasini talab o`zgarishiga ta′siri 7.5-rasmda keltirilgan.

Download 274.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling