7-mavzu. Daromad samarasi va almashtirish samarasi
Download 274.91 Kb.
|
7-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Engel egri chiziqlari
- Standart sifatli sanoat tovarlari Q 1 Kundalik ehtiyoj tovarlari R
- 7.2. “Narx-iste′mol” chizig`i tahlili Yuqorida «daromad-iste′mol
- Narx-iste′mol
7-mavzu. DAROMAD SAMARASI VA ALMASHTIRISH SAMARASI 7.1. “Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili Daromadning o`zgarishi byudjet chizig`ini o`ziga parallel ravishda surilishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o`zgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizig`i o`ngga-yuqoriga suriladi, kamayganda pastga-chapga suriladi. Xuddi shunday siljishlar ne′matlar narxi bir xil o`zgarganda ham sodir bo`ladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet chizig`i o`ngga-yuqoriga suriladi. Xuddi shunday narxlarning o`sishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizig`i pastga-chapga suriladi. Real daromadning o`sishi natijasida byudjet chizig`i A1, A2, A3, ..., An holatlarga ketma-ket suriladi (7.1-rasm). Y
A1 A2 A3 A4 A5 X1 X2 X3 X4 X5 X 7.1-rasm. “Daromad-iste′mol” chizig`i Daromadlarning o`zgarishiga mos ravishda iste′molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o`rnatiladi: E1 , E2 , E3 ,..., En . Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj. Xiks «daromad-iste′mol» chizig`i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda «turmush darajasi chizig`i» deb ham ataladi. Agar «daromad-iste′mol» chizig`i koordinata boshidan 450 burchak ostidagi to`g`ri chiziqdan iborat bo`lsa, daromadning o`sishi, iste′molchining iste′mol qiladigan ne′matlari bir xil nisbatda o`sadi. Agar iste′molchi ne′matlarni har xil nisbatda xarid qilsa, W chizig`ining yotiqligi o`zgaradi. 7.1-rasmdagi koordinata boshida Y tovarni xarid qilish X tovarga nisbatan tezroq sur′atda o`sadi, keyinchalik Y tovarni xarid qilish susayib, X tovar bilan barqarorlashadi. XIX asrdayoq real daromad oshishi bilan birlamchi ehtiyoj ne′matlariga talab qisqarib borib, ikkilamchi ehtiyoj ne′matlariga talab oshib borishi isbotlangan. Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo`lib daromad o`zgarishining iste′mol tarkibiga ta′sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o`zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi (7.2-rasm). Q
Standart sifatli sanoat tovarlari Q1 Kundalik ehtiyoj tovarlari R 7.2-rasm. Engel egri chiziqlari Gorizontal o`q bo`ylab iste′molchi daromadini (R) va ordinata o`qi bo`ylab xarid qilinadigan tovarlar miqdorini (Q) belgilangan. Iste′molchi ehtiyoji birinchi navbatda kundalik zaruriy ehtiyoj tovarlari (Q1), ikkinchi navbatda standart sifatli sanoat mahsulotlari (Q2) va nihoyat, keyinchalik oliy kategoriyali tovarlar (Q2) bilan to`yinadi. Yana shu holat aniqlanganki, oliy sifatli tovarlar va xizmatlarga talab oshganda ham, kundalik hayotda foydalaniladigan standart sifatli sanoat mahsulotlariga talabning kuchayishi qonuniyati kuzatilgan. Narx-iste′mol”_chizig`i_tahlili_Yuqorida_«daromad-iste′mol'>7.2. “Narx-iste′mol” chizig`i tahlili Yuqorida «daromad-iste′mol» chizig`i tahlil qilinganda, ne′matlar narxi o`zgarmaydi deb faraz qilingan edi. Endi daromadni o`zgarmas deb qabul qilgan holda, ne′matlardan birini, masalan, X ne′matning narxini o`zgaruvchan, Y ne′matnikini esa o`zgarmas deb qaraymiz. Faraz qilaylik, X ne′matning narxi (P) pasayib bormoqda, ya′ni . Grafikda narxning bunday o`zgarishi, byudjet chizig`ini AB holatdan AB1, AB2, AB3 holatlarga siljitadi (7.3-rasm). Masalan, X tovar olma, Y tovar apelsin bo`lsin. (a) rasmda apelsin narxi o`zgarmaydi, olma narxi pasayib bormoqda. Natijada byudjet chizig`ining Y o`q bilan kesishgan nuqtasi o`zgarmaydi, X o`q bilan kesishgan nuqtasi o`ng tomonga surilib boradi. Olma narxini tushishi real daromadni oshiradi, natijada iste′molchi olma narxi oshmasdan oldin xarid qilolmagan apelsin va olma majmualarini endi sotib olishi mumkin bo`ladi. Y A a) E1 TU1 E2 E3 E4 Y TU2 TU3 B1 B2 B3 B4 X P1 P2 b) P3 P4 D X1 X2 X3 X4 X 7.3-rasm . “Narx-iste′mol”(a) va talab chizig`i (b) Iste′molchi endi bir birlik qo`shimcha olma olish uchun, oldingidan kamroq miqdordagi apelsindan voz kechadi. Masalan, bitta apelsin narxi 2000 so`m va bitta olma narxi 1000 so`m bo`lsa, bitta apelsinga yarimta olma to`g`ri keladi, bitta olma narxi 500 so`mga tushsa, qo`shimcha bitta olma olish uchun 1/4 qism apelsindan voz kechishi kerak. Olma narxining pasayishi, ma′lum miqdordagi olmani apelsin bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada optimal majmua (apelsin va olmaning optimal miqdori) E nuqtadan yuqoriroq naflik darajasiga ega bo`lgan befarqlik egri chiziqlarida joylashgan E1, E2 va E3 nuqtalarga o`tadi. Agar biz optimal majmua nuqtalarini (befarqlik egri chiziqlari bilan byudjet chiziqlari kesishgan nuqtalarni) chiziq bilan birlashtirsak, bu chiziq “Narx-iste′mol” chizig`i bo`ladi (a rasmdagi V chizig`i). “Narx-iste′mol” chizig`iga ko`ra talab chizig`ini aniqlash mumkin (b) rasm. 7.3. Daromad samarasi va almashtirish samarasi “Daromad-iste′mol” chizig`ini tahlil qilganimizda, daromad o`zgarishini (narxlar o`zgarganda) iste′molga ta′sirini o`rgangan edik. “Narx-iste′mol” chizig`i orqali narxlarning o`zgarishini bir ne′mat bilan boshqa bir ne′matni nisbiy almashtirishga ta′siri o`rganiladi. Endi biz X ne′matga bo`lgan talabni o`zgarishining qancha qismi narx bilan bog`liq va qancha qismi daromad bilan bog`liqligini ko`rib chiqamiz (7.4-rasm). Y Download 274.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling