7-mavzu. Detallarni mix, burama mix, yog’och mixlar bilan biriktirish. Yog’och va faner buyumlarni mixlar bilan yig‘ish


Download 0.62 Mb.
Sana21.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1368896
Bog'liq
7-Amaliy dars


7-mavzu. DETALLARNI MIX, BURAMA MIX, YOG’OCH MIXLAR BILAN BIRIKTIRISH.
Yog’och va faner buyumlarni mixlar bilan yig‘ish
Duradgorlik buyumlari tayyorlashda detal va qismlarni biriktirishda har xil mixlar ishlatiladi. Ishlatilishiga ko‘ra gul qog‘oz mixlari va qurilish mixlari bo‘ladi.
Gul qog‘oz mixlari ( 25-rasm) qalpoqli, qisqa o‘lchamli, o‘tkir uchli bo‘lib, gul qog‘ozlar, klyonka, mato, faner va yupqa detallarni mixlashda ishlatiladi.
Qurilish mixlari duradgorlik va qurilish detallarini biriktirishda ishlatiladi.
Ishlatilishiga qarab mixlarning sterjenlari va qalpoqlari har xil shaklda tayyorlanadi.
Kvadrat sterjenli qurilish mixlarining sug‘urilishga qarshiligi yuqori bo‘lib, puxta birikma hosil qilish imkonini beradi. Ular yumshoq yog‘ochlarni biriktirishda ishlatiladi.
Burama mixlar yog‘och qismlarni biriktirishda, yog‘och qismlarga har xil dastalar, shpingalet, oshiq-moshiq kabilarni o‘rnatishda ishlatiladi. Burama mixlarning diametri 1,5 dan 10 mm gacha, uzunligi 6 dan 120 mm gacha tayyorlanib, uzunligining 0,5-0,6 qismigacha rezba chiqariladi. Burama mixlarni bolg‘alab o‘rnatishga ruxsat etilmaydi. Bolg‘alab o‘rnatish bilan puxta birikma hosil qilish mumkin emas. Uzun ulchamli burama mixlarni o‘rnatishda uch qismini bolg‘alab yog‘ochga kiritib, qolgan qismini otvyortka bilan burab kiritiladi. Qisqa o‘lchamli burama mixlarni o‘rnatishda mix o‘rni bigiz bilan o‘yib olinadi.


25-rasm. Mixlar va ularning turlari.
Mixlar yumshoq pulat simdan tayyorlanadi. Yogo’ch detallarni mixlar yordamida yirish uchun qollanadigan asosiy asboblar bolga, ombur va bigizdan iboratdir
Detallarni mix yordamida to‘g‘ri va mustaxkamroq biriktirish uchun yig‘iladigan qismlarni bir-biriga zichlab qunt bilan moslanadi. Mixlar ko‘pincha ingichkaroq detallarni yo‘g‘onroq detallarga, fanerni taxtaga, reykani to‘sinchalarga mahkam biriktirishda ishlatiladi.



26-rasm. Detallarni mix yordamida to‘g‘ri va mustaxkamroq biriktirish.

  1. bigiz bilan teshk hosil qilish, b-mixni tolaning bo‘ylamasiga qoqish b-mihni tolalarga burchak ostida qoqishsh




27-rasm.Detallarni mixlar yordamida biriktirish:
Detallarni mustahkam birikishi uchun mixning uzunligi qoqiladigan detalning qalinligidan 2—3 baravar katta bo‘lishi kerak. Mixning diametri esa detalning qalinligidan kampoq bo‘lishi lozim. Aks holda detal yorilib ketishi mumkin. Mix qoqiladigan joy detalning chetidan yoki uchidagi qirrasidan eng kami detal qalinligining yarmicha oraliqda bo‘lishi lozim. Mix qoqiladigan joyni oldin bigiz bilai chuqurcha qilib olish xam maqsadga muvofiqdir
Mixni qoqishda avval uning kallagiga sekin-sekin urish va mix o‘zagining yarmi ichkariga kirgach qattiq zarblar bilan urish kerak. Mixni qoqishda unga bolta bilan tepadan to‘gri urish lozim, uning o‘zagiga nisbatan burchak ostida urish yaramaydi
Agar mix qiyshiq ketsa yoki bukilib qolsa, achchiqlanmang! Uni maxsus kertikli bolg‘acha yoki ombur bilan sug‘urib olish kerak Qiyshaygan, bukilgan mixlarni metall to‘sincha yoki qattiq taxta ustida to‘grilash va ulardan keyingi ishlarda foydalanish mumkin.
Buyumning sirtini shikastlantirmaslik uchun ombur jaglari yoki bolg‘a muhrasi tagiga bir bo‘lak taxta yoki faner qo‘yiladi.

28-rasm. Buyumning sirtini shikastlantirmasdan mixlarni sug’urish.
Boltlar qismlarga ajraladigan buyum detallarini yig‘ishda, egri detalli mebel qismlarini biriktirishda ishlatiladi. Ba’zi hollarda boltli birikmalar kontrgayka yordamida qotiriladi. Boltli birikmalarda bolt kallagi va gaykalarning yog‘och sirtini ezib, shilib qo‘yishidan saqlash maqsadida har xil shakldagi shaybalar ishlatiladi. Qismlarni biriktirish „a birikmaning puxtaligini oshirish maqsadida har xil po‘lat burchaklardan ham foydalaniladi
Qurilish va inshootlarda yog‘och qismlarini bir-biriga puxta, ajralmaydigan qilib biriktirishda changaklar ham ishlatiladi.Changaklar yumaloq va kvadrat kesimli po‘latlardan tayyorlanadi.
Darvoza, eshik, rom qanotlari, fortochkalarni o‘rnatishda ajraladigan va aj­ralmaydigan oshiqmoshiqlar ishlatiladi




29-rasm.Biriktiruvchi birikmalar.


Detallarni yigishda xavfsiz ishlash uchun:

  1. Yog‘och detallarni mix yordamida biriktirish uchun faqat sozlangan asboblar bilan ishlash kerak.

  2. Ish vaqtida asboblarni dastgohning chetiga qo‘ymaslik lozim.

  3. bolg‘a bilan ishlayotgan kishining orqasida turish yaramaydi.

  4. Ishlovchi bigizniig uchini o‘ziga qaratib ushlab turmas- ligi kerak.

5.Yog‘och detalga mixni kokishda kul barmotslarini jaroqatlantirmaslik uchun avval bolg’a bilan sekin-sekin urish lozim.
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling