Yozma nazorat. Farmatsevt tomonidan tayyorlangan dori vositasi uchun alohida pasport to‘ldiriladi. Pasportda sana, retsept yoki talabnomaning nomeri va har bir ingrediyentning nomi va miqdori, olingan dozalarining soni yoziladi. Pasportda tayyorlagan, qadoqlagan va tekshirgan shaxslarning imzosi bo‘Iishi shart. Ushbu nazorat turidan dorixonada tayyorlanadigan barcha dori shakllari o‘tishi lozim. Agar dori vositasi yarim fabrikat yoki konsentratlardan tayyorlansa, pasportda olingan miqdor va ularning konsentratsiyasi ko‘rsatiladi. Poroshoklar, shamchalar tayyorlanganda esa har bir ingrediyentning massasi va ularning miqdori qayd etiladi. Pasport bir oy davomida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |