Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni talab qiladigan dori vositalariga asosiy yorliqdan tashqari, qo‘shimcha ogohlantiruvchi yozuvlar yopishtiriladi. Dorixonaga keladigan dori moddalari va boshqa tovarlarni qabul qilishda kirish nazorati o‘tkazilishi, ya'ni tovarlarni ko‘zdan kechirish shart. Bu nazorat ulgurji firmalari (dorixona omborlari) sharoitida ham o‘tkaziladi. Kirish nazorati sertifikatda ko‘rsatilgan preparatning tashqi ko‘rinishi va ishlatish qoidasi hamda tahlil sertifikatini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |