7-mavzu Elektr tokining inson organizmiga fiziologik ta’siri


Elektr tokidan himoya vositalari


Download 14.64 Kb.
bet2/3
Sana03.11.2023
Hajmi14.64 Kb.
#1743524
1   2   3
Bog'liq
7-mavzu Elektr tokining inson organizmiga fiziologik ta’siri-fayllar.org

Elektr tokidan himoya vositalari. Elektr - uskunalar bilan ishlaydigan
ishchilarni elektr jarohatlanishdan, elektr yoyi va elektrmagnit maydonlaridan
himoyalash uchun elektr himoya vositalari (EHV) qo‘llaniladi (5 - ilova).
EHV qo‘lda va avtomobilda elitib yuruvchi buyumlar mavjud. Himoyalovchi
vositalar shartli ravishda uch turga bo‘linadi: izolyatsiyalovchi, to‘suvchi va
yordamchi.
Insonni elektr kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunalarining qismlaridan va
yerdan izolyatsiyalash uchun xizmat qiladigan vositalar - izolyatsiyalovchi
vositalar deb ataladi. Unga quyidagi buyumlar kiradi: izolyatsiyalovchi va
o‘lchovchi shtangalar; vaqtincha yerga ulash qurilmalari; izolyatsiyalovchi va
elektr o‘lchov qisqichlari; kuchlanish ko‘rsatkichlari; montyorlik asboblarining
izolyatsiyalangan dastalari; dielektrik qo‘lqoplar; etiklar va kalishlar; rezinali
gilamchalar va poyandozlar; izolyatsiyalangan narvonlar.
Izolyatsiyalovchi EHV ikki turga bo‘linadi: asosiy va yordamchi.
Kuchlanishga ishonchli bardosh beradigan va ular yordamida tok o‘tkazuvchi
qismlarga tegishiga ruxsat beradigan vositalar asosiy vositalar deb ataladi.
Ishchilar havfsizligini ta’minlab bera olmaydigan va asosiy EHV bilan birgalikda
qo‘llaniladigan vositalar-qo‘shimcha vositalar deb ataladi.
To‘siqli himoya vositalar deb, vaqtincha tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish
uchun qo‘llaniladigan vositalarga aytiladi. Bunga olib yuruvchi to‘siqlar
(sharmalar, qo‘lqoplar, qafaslar) hamda vaqtinchalik yerga ulash qurilmalari kiradi.
Ularga shartli ravishda ogohlantiruvchi plakatlar ham kiradi. Inson yiqilib
tushishini oldini olish uchun (himoyalovchi belbog‘lar, ogohlantiruvchi arqonlar)
va tepaga ko‘tarilish uchun (narvonlar, tirnoqchalar) hamda yorug‘lik, issiqlik,
mexanika va kimyoviy ta’sirlaridan himoyalanish uchun shahsiy himoya vositalari
(ko‘zoynak, gaz niqob, maxsus kiyimlar va shunga o‘xshash turli buyumlar)
qo‘llanib kelinadi.
Izolyatsiyalovchi EHVga qo‘shimcha, dielektrik kalishlari (etiklar), rezinali
gilamchalar, poyandozlar va podstavkalar qo‘llaniladi.
Tajriba qismi 
Elektr toki bilan o‘tqazilgan tajribalar ma’lum xavf bilan bog‘liq. Shuning
uchun shu xavflarni to‘liq yo‘qotish uchun, asbob va sxemalarni kichik qiymatli
toklar bilan tajribalar o‘tkazish lozim.
F41021-1M rusumli megaommetr (11.3-rasm) yordamida tajriba o‘tqazuvchi
elektrodlarni ushlagan holda «qo‘l-qo‘l» yo‘li orqali inson tanasini elektr tokiga
ko‘rsatayotgan qarshiligi o‘lchaydi. Tajriba o‘tqazuvchi bitta qo‘li bilan (bosh va
ko‘rsatgich barmoqlari bilan) «0» ushlab, ikkinchsi bilan esa 1,2,3,4,5
elektrodlarini navbatma-navbat ushlaydi.


Elektrodlar orasida kuchlanish manbai o‘rniga ikki-uch galvano elementlar


kiritilgan. Har bir element kuchlanishi 1.5-1,5V.
Mikroampermetr orqali inson organizmidan o‘tayotgan elektr tokining
qiymatini ko‘rsa bo‘ladi. Olingan qiymatlar 11.2-jadvalga kiritiladi.

Download 14.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling