7 mavzu g’arbiy evropada uyg’onish davri. XIV-XVI asrlar evropada fan va texnika rivojida yangi davr reja


Download 17.27 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi17.27 Kb.
#1114894
Bog'liq
7-Мавзу


7 - MAVZU G’ARBIY EVROPADA UYG’ONISH DAVRI. XIV-XVI ASRLAR EVROPADA FAN VA TEXNIKA RIVOJIDA YANGI DAVR
Reja:

  1. G’arbiy Evropada Uyg’onish davr

  2. Dunyoviy fanlarning rivojlanishi. Tajribaviy metodlarni tabiatshunoslikda qo‘llanilishi

  3. Nikolo Makiyavelli, Jordano Bruno, Leonardo da Vinchi, Galileo Galiley

Quldorlik iqtisodiy - ijtimoiy formatsiyasining feodal ijtimoiy iktisodiy farmatsiyasi bilan almashinuvi - jamiyat tarakkiyotida katta tarixiy progressdir. Feodalizm davrining sinflari va sotsial guruxlari o’rtasidagi kurash ideologiya soxasida xam, jumladan falsafada xam o’z ifodasini topdi. Iktisodiy, siyosiy soxalarida xukmron feodal sinf ideologiya soxasida xam xukmdorlik kiladi. Din feodalizm davri ideologiyasining asosiy formasi edi. Yer, suv, va shunga o’xshagan boyliklarning katta kismi ruxoniylar qo’lida edi. Ruhoniylar aholining birdan-biri ma’lumotli qismi edi. Kishilik fikrining hamma sohalari –falsafa, huquqshunoslik, san’at va tabiatshunoslik fanlari dinga, cherkovning diniy – dogmatik sistemasiga moslashtirilgan edi. Falsafa amaliyotdan ajralib soxlastikaga, ilohiyotga aylandi. Feodalizm davrida tabiatni o’rganish gunoh xisoblandi, tabiatni o’rganishga intilgan tabiatshunoslar esa xudosizlikda ayblanib, quvg’in kilinar, xatto o’ldirilar edi.


Feodalizm davrida din va idealizm cheksiz hukmronlik kilishiga karamay, ularga qarshi materialistik, ateistik tendensiyalar din va idealizmga karshi tabiat fanlari rivoji davom etdi.
Feodalizm va cherkovning rasmiy dunyokarashi sifatida mafkura (iloxiyot) sxolastik falsafa butun o’rta asr davomida hukmronlk kildi. Bu falsafaning nazariy manbai Platon ob’yektiv idealizmi Aristotel falsafasining idealistik va metafizik tomonlari edi. Endi biz o’rta asrlar davomida ikki asosiy okim-nominalizm va realizm o’rtasidagi keskin kurashning moxiyati nimadan iborat ekanligini qarab chikamiz.
Nominalizm shaxar savdogarlari va hunarmandlari manfaatlari, ularning cherkov hokimiyatiga karshi kurashini ifoda etuvchi, o’z davrining ilg’or falsafiy oqimi hisoblanadi. Realizm cherkov va feodallar manfaatlarini ifoda etuvchi, sxolastik falsafiy okimdir. Realizmning dastlabki asoschisi Platon xisoblanadi. Asosiy vakillari Anselm, Dun Skott, Eriguen, Foma Akvinskiylardir. Ularning nuktai nazaricha, umumiy tushunchalar – universal real mavjud bo’lib, ular mustaqil goyaviy mohiyat sifatida birlamchidir. Moddiy olamnng predmetlari esa ikkilamchidir.
Umumiy tushunchalar, realistlar fikricha, mangu bo’lib, tabiatdagi predmetlar o’tkinchidir.
Nominilizm shaxar savdogarlari va xunarmandlari manfaatini, ularning cherkov xokimiyatiga uarshi kurashini ifoda etuvchi, o’z davrining ilg’or falsafiy oqimi hisoblanadi. Realizm cherkov va feodallar manfaatlarini ifoda etuvchi eng reaksion, sxolastik-falsafiy oqimdir. Realizmning dastlabki asoschisi Platon hisoblanadi. Asosiy vakillari Anselm, Dun Skott, Eriguen, Foma Akvinskiydir. Ularning nuktai nazaricha, umumiy tushunchalar –«universal» real mavjud b°lib, ular mustaqil g’oyaviy mohiyat sifatida birlamchidir. Moddiy olamning predmetlari esa ikkilamchidir.
Umumiy tushunchalar, realistlar fikricha, mangu b°lib, tabiatdagi predmetlar o’tkinchidir. ´rta asr realizmi idealizming yorqin ifodasi va o’rta asr katolitsizmi va sxolastikasining falsafiy asosi edi. F. Akvinskiyning bu reaksion idealistik va metafizik qarashlari cherkovini nazariy jixatdan mustaxkamlashga xizmat qildi
XIX- asrning 70-yillarida Akvinskiyning falsafiy nazariyasi katolik cherkovning rasmiy nazariyasi deb e’lon qilindi, uni bilish xar bir dindor-katolik uchun majburiydir.
Nominalistlar Berengariy Turskiy, Ioann Rosselin, Uilyam Okkam kabilar nuktai nazaricha, tabiatdagi yakka-yakka predmet, xodisalar, ularning xususiyatlari ob’yektiv ravishdv mavjuddir, umumiy tushunchalar ikkilamchidir.
Nominalizm o’rta asr sxolastik falsafasidagi materializm kurtaklarining ifodasi, sxolastik falsafaning ikki oqimga-materialistik va idealistik oqimlarga bo’linish alomati edi. Predmetlar, narsalar birlamchi va tushunchalarni ikkilamchi deyish o’sha davr sxolastikasi va dinga qarshi qattiq zarba bo’ldi.
XIV-XVI asrlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida asosan Italiyada, so’ngra boshqa mamlakatlarda feodalizm ichida kapitalistik ishlab chikarish munosabatlari vujudga kela boshladi.
Ilg’or olimlar birgalikda fanni din ta’siridan ozod qilish uchun, din va sxolastikaga, cherkovning g’oyaviy diktaturasiga qarshi isyon ko’taradilar. Natijada feodal reaksiyasi bilan burjuaziya, fan bilan din, materializm bilan sxolastik falsafa o’rtasida kurash keskinlashdi. Ana shunday tarixiy sharoitda feodal madaniyatga, din va idealizmga qarshi o’z asarlari va kashfiyotlari bilan karshi turgan fan novatorlari, gumanistlari maydonga keldi.
Ana shunday kishilardan biri N. Kopernik (1473-1543 yillar) dir. Kopernik 1543 yilda nashr etilgan ‘’ Osmon jismlarining gir aylanishi ’’ nomli kitobida Aristotel va Ptolemeyning cherkov rasmiy kabul qilgan geotsentrik nazariyasini rad etdi va o’zining geliotsentrik sistemasini maydonga tashladi. Uning talimoticha, yer, bir tomondan, o’z o’qi atrofida xarakat kiladi, ikkinchidan, olamning markazi quyosh bo’lib, uning atrofida boshqa planetalar bilan bir qatorda yer xam aylanib turadi.
Bu kashfiyot butun dinga va sxolastik falsafiy sistemaga kakshatkich zarba bo’lib tushdi. Kopernikning kashfiyoti tabiat fanlari rivoji yo’lini ko’rsatib berdi. Kopernik falsafa va fan tarixida ulug’ materialistfaylaso’f o’rnini egalladi.
O’tmish davrining yana bir fan novatori, falsafada chukur iz qoldirgan olim Jordano Bruno edi. Bruno ta’limoticha, xakikiy falsafa sxolastikaga emas, balki ilmiy tajribaga tayanishi kerak. Uning dunyokarashi materialistik xarakterga ega bo’lib, shakl jixatdan panteistikdir Bruno nuktai nazaricha, moddiy olam mangu, u xech qanday xudo tomonidan yaratilgan emas, bordan yo’q, yo’qdan bor bo’lmaydi, u so’ngsiz va cheksizdir. Kuyosh sistemasidan tashqari yana sanoksiz dunyolar, kuyoshlar, yerlar mavjud; Dunyo - bepoyon moddiy olam, uning kichik bir qismidir, Yer esa- bepoyon olamning zarrachasidir. Uningcha, xamma narsa xarakatda, birining xarakati ikkinchisini vujudga keltiradi. Uyg’onish davrining yirik materialisti, ensiklopedist olim Galileo Galiley (1564-1642 yillar) edi. U Italiyaning Pize shaxrida dvoryan oilasida tug’ildi.
Galiley sifatlarni ikkiga bo’ladi, ya’ni ob’yektiv va sub’yektiv sifatlarga bo’ladi.
Uning ta’limoticha, tabiatdagi predmetlar xajm, miqdor, shakl va mexanik xarakatgagina ega, bular ob’yektiv sifatlardir. Xid, ta’m, rang, tovush kabi sifat xususiyatlari esa kishilarga sub’yektiv sifatlardir. Shunday qilib, Galiley ikkinchi darajali sifatlarning ob’yektiv xarakterini inkor etdi. U matematik metodlarga asoslanib, predmetlardagi o’zgarishlar faqat miqdoriy o’zgarish deb, sifat o’zgarishlarini inkor etdi.
Moddiy olamni bilish sezgidan boshlanadi va aql bilan tugaydi deydi. Bilish jarayonida sezgilarimiz orkali to’plangan dalillar aql orkali tahlil kilinib, vokealar o’rtasidagi sifatiy bog’lanishlarini ochib beradi.
Galileyning bilish nazariyasi fan rivoji uchun muxim rol o’ynadi.
Galiley tabiat fanlari soxasida metafizik va mexanistik metodlarga asos soldi. Bruno va Galiley materializmdagi kamchiliklar ular yashagan davrning xarakteridan kelib chiqdi. Metafizik, mexanistik materializmning dastabki yirik vakili ingliz olimi Frensis Bekon (1561-1626 yillar ) edi. U o’zining asosiy asari ‘’ Yangi organon ’’da o’z falsafasini o’rta asr sxolastlarining uydirmalariga karama-karshi kuyib, tabiatni materialistik tushunishini asoslab berdi. Uningcha, tabiatni o’rganishning birdan-bir yo’li tajriba, tahlil, predmet va xodisalarni mayda qismlarga bo’lish, ularni solishtirish, induksiyadir. Kishi bilimining manbai xissiy tajriba deydi, kishining aqli o’z xulosa-muloxozalarida sezgilarimiz bergan faktlarga asoslanmog’i lozim deydi. Bekon falsafasida induktiv metodni asoslash muxim erinni egallaydi. Induksiya - deydi Bekon sezgilardan, faktlardan ko’tarilib, sekin-asta eng umumiy koidalarigacha boradi. Birok u deduktiv metodga to’g’ri baxo bera olmadi. Empirizmga (tajribaga) ortiqcha e’tibor berib ratsionalizm (akliy bilish)ning rolini pasaytirib yuboradi. F.Bekonning falsafa va fan tarixidagi xizmati katta. U yangi davr Angliya materializmi va umuman, tajribaviy metod asoschisidir.
Endi biz Bekon materializmi sistemalashtirgan faylaso’f Tomas Gobbs (1588-1679 yillar) faoliyati bilan tanishamiz.
Gobbs ‘’ Tafakkurni fikr qiluvchi materiyadan ajratish mumkin emas’’ degan fikrni olg’a surgan edi. Materiya abadiy, ayrim jismlar yesa vaqtinchalik xarakterga ega, ular vujudga keladi va yo’q bo’ladi.
U matematik va geometrik bo’lgani uchun xamma narsa, xodisalarni geometriya qonun-qoidalari asosida tushuntirishga xarakat qilgan edi. Sezuvchanlik o’zining ochiq ranglarini yo’qotadi va geometriyaning abstrakt sezuvchanligiga aylanadi. Fizik xarakat mexanik yoki matematik xarakatga qurbon qilinadi: geometriya asosiy fan deb e’lon qilinadi.’’
XVII- asrning yirik mutafakkirlaridan biri fransuz Rene Dekart (1590-1650 yillar) edi. Bilish nazariyasidan Dekart ratsionalizmning asoschisi edi. U bilishda tajriba emas, balki tafakkur akl asosiy rol o’ynaydi deb xisoblar edi. O’zining ‘’ Metod xakida muloxazalar ’’ asarida bilishning deduktiv metodini ishlab chikishga xarakat kiladi. Uningcha, koinot eng avval materiyaning olovsimon xavosimon va tuproksimon elementlarining ko’shilmasidan paydo bo’lgan. Sekin-asta birinchi elementdan quyosh ikkinchisidan xavo va uchinchisidan - Yer va Quyosh sistemasining boshka elementlari vujudga kelgan.
Angliyadagi idealistik okimning namoyandasi Jorj Berkli (1685-1753 yillar) o’zining “Kishi bilimining boshlangichi xakida risola” asarida materialistik fikrlarni rad etishga urinadi. Uningcha, birlamchi-sub’yektdir. Butun narsalar ong xolatidan, turli sezgilarning kombinatsiyasidan iborat.
Masalan, materialist uchun anor moddiy predmet bo’lsa, Berkli anor ma’lum sezgi va tasavvurlarning kombinatsiyasidan iboratdir. Uningcha, shu anorni ma’lum shaxs ko’rib turganligi uchun anor real mavjuddir. Agar u yeki bu jismni kishi ko’rmasa, xis etmasa, bu jism yo’k, deydi.
Download 17.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling