7-mavzu. Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari, ahamiyati. Yozuvlar tarixidan ma`lumot. Reja
Download 1.73 Mb.
|
7-mavzu MatniOO`m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avesto yozuvi
- Xorazm yozuvi
- So`g`d yozuvi.
- . O’rxun-Enisey yozuvi
O’zbek yozuvi tarixiO’rta Osiyo xalqlari yozuvning tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Eramizdan avvalgi I ming yillik o’rtalarida Eron, O’rta Osiyo va boshqa o’lkalarda oromiy yozuvi tarqala boshladi. Turli yodgorliklarda qayd etilishicha eramizdan oldingi I-III asrlarda oromoy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari ham ishlatilgan. Oromiy yozuvi undosh tovushlardan iborat bo`lib, 22 ta harfi bor edi. Miloddan oldingi birinchi ming yillikning avvallarida finikiy yozuv zaminida vujudga keldi.Oromiy yozuvning qadimiy osori Bar-Xadod (Shimoliy Suriya)ga borib taqaladi. Oromiy yozuvi negizida bir qator mahalliy yozuvlar vujudga kela boshladi. Avesto, Xorazm, Sug’d, kushon, run, uyg’ur, pahlaviy yozuvi va boshqa yozuvlar shular jumlasidandir. Avesto yozuvi: (Zand yozuvi ham deyiladi) III-IV asrlarda pahlaviy yozuvi asoisda ixtiro qilingan va Avesto kitobini yozish uchun qo`llangan. Unda 48 ta harf va 3 ligatura (birlashgan harflar) mavjud edi. Ushbu yozuv Avestoni bexato va to`g`ri o`qish uchun ixtiro etilgan. Avesto yozuvi sosoniylar zamonida «din-dabira», ya'ni diniy matnlarni zabt etish uchun yaratilgan yozuv nomi bilan yuritilgan. Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimiy an’analari saqlab qolgan yozuvdir. Hozirgi eramizdan boshlab sug’d yozuvi qo’llanila boshlandi. Bu yozuv taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asrning oxiri III asrning boshlarida Xorazm shohi chiqargan pullarda Xorazm yozuvi uchraydi. So`g`d yozuvi. Bu yozuv oromiy yozuv asosida eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda qadimiy So`g`d zaminida yaratilgan. U 23 alomatni o`z ichiga olar edi. So`g`d yozuviga mansub birinchi yozma yodgorlik eramizdan oldingi I-asrga taalluqlidir. Pahlaviy yozuvi. III asrda oromiy yozuv asosida yaratilgan. Pahlaviy tilining qadimiy kitoblari shu yozuvda bitilgan. Ushbu yozuv 22 alomatdan iborat edi. Keyinchalik tez yozish (kursiv) usuli qo`llanilgach alomatlar miqdori 14-15 ta bo`ldi. Pahlaviy yozuvida faqat uzun unlilar o`z alomatiga ega edi. Ushbu yozuv o`ngdan chapga qarab yozilar edi. V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlarning O’rxun-Enisoy yozuvidan keng foydalanganlar. Bu yozuv fanda “turkiy-run” yozuvi deb ham yuritiladi. Enisey daryosi qirg’oqlaridagi O’rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus xizmatchisi Remezov XVIII asrning oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt mobaynida olimlar bu yodgorliklarni o’qiy olishmagan. 1892-1893-yillarda daniyalik olim Vilgelim Tomson, rus olimi V.V.Radlov yodgorlikdagi yozuvlarni o’qishga muyassar bo’ldilar. O’rxun-Enisey yozuvi turkiy xalqlarning eng katta markaziy yodgorligi hisoblanadi. VII-VIII asrlarda O’rta Osiyo arablar tomonidan istelo qilindi. Shu davrdan boshlab O’rta Osiyo jumladan o’zbek xalqi ham arab yozuvidan foydalanila boshlandi. Xalqimiz bu alifbodan 1200 yil foydalanildi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling