Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab bo’lishi bilan birga, o’zbek tilining tovushlarini to’la ifoda eta olgan edi. Shu jihatlarini e’tiborga olgan ilg’or fikrli kishilar arab alifbosi yuzasidan o’z fikrlarini bildirishga xarakat qilganlar. Chunonchi, Bobur o’zining “Xatti Boburiy” yozuvini yaratdi. Ammo bu yozuv amaliyotda joriy qilinmadi.
1926-yil iyun oyida O’zbekiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasining lotin harflari asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.
O’zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o’zbek alifbosiga o’tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to’liq amalga oshirildi. Ammo bu yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940 yil 8 mayda amaldagi o’zbek yozuvi yangi alifboga o’tish haqidagi qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik e’lon qilinganidan so’ng lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosi masalasini o’rtaga qo’ydi. Bu masala O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi 12 chaqiriq 13-sessiyasida muhokama qilinib “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorni amaliyotga joriy qilish borasida qizg’in ishlar olib borildi. “O’zbek tilini asosiy imlo qoidalari”ni hozirlash jarayonida alifbodagi ayrim harflar ularning shakllari yuzasidan fikr mulohazalar paydo bo’ldi. Mana shular asosida “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qarorga o’zgartirishlarning kiritilishi to’g’risida qaror qabul qilindi.
Alifbo biror tilning yozuvida qabul qilingan va ma'lum an'anaviy tartibda berilgan yozuv belgilarining majmui. Alifbo miloddan avvalgi 2000 yil ohirlarida qadimgi Ugarit va Finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr yozuvlari sanoq tizimi bo`lgan deb taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning rum va turkiy yozuvlari bo`lgan.
Ammo, bu o`ziga xos turkiy yozuvlar alifbosi haqida ma'lumot uchramaydi.
Hozirgi harfiy va bo`g`in alifbosi finikiy, oromiy, yunon alifbosidan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |