7. mavzu. Ijtimoiy psixologiyaning amaliy-tatbiqiy sohalari. Ijtimoiy psixologik xizmat. Reja


Download 61.13 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi61.13 Kb.
#1573887
  1   2   3
Bog'liq
7-mavzu


7.MAVZU. IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING AMALIY-TATBIQIY SOHALARI. IJTIMOIY PSIXOLOGIK XIZMAT.
Reja.



  1. Amaliy ijtimoiy psixologiya va amaliyotchi shaxsi

  2. Amaliy ijtimoiy psixologiyaning tatbiqiy sohalari

  3. Maktab va ta’lim muassasalariga ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish

Fan – amaliyotga!” degan tamoyil bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb masalaga aylangan.


Chunki yoshlarni mustaqil davlatimiz ma’naviy negizlarini teran anglashga
o’rgatish va ularni ma’rifatga chorlash jarayoni qator tatbiqiy vazifalarni amalga
oshirishni taqozo etadi. Ilmu-fan taraqqiyotining uzoq davriga nazar tashlasak, olimlar va tadqiqotchilar ko’proq nazariy masalalarni hal qilish, umumiy qonun-qoidalarni sharhlash, tushuntirish orqali jamiyat va insoniyat taraqqiyoti sabablarini yoritishga urinishlar ko’proq uchraydi. Bu holat pedagogika va psixologiya fanlariga ham tegishli bo’lib, ayniqsa, voqyea-hodisalarning ijtimoiy-psixologik tabiatini o’rganuvchi ijgimoiy psixologiya bundan istisno emas edi. Lekin bugun biz uchun ijtimoiy taraqqiyot va inson tafakkuri rivojlanishini tezlashtiruvchi, uning davr va kishilar ruhiga hamohang tarzda kechishini ta’minlab beruvchi tatbiqiy xususiyatli ishlar va ilmiy izlanishlar zarur. Zero, mamlakatimizda ro’y berayotgan tub ijtimoiy-siyosiy islohotlar aynan shuni talab qilmoqda.
Bunda e’tiborga loyiq dolzarb muammolardan biri - yoshlarda
yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik
munosabatlarga ruhiy jihatdan tayyorlashdir. Bu vazifani ado etishda ijtimoiy
psixologiyaning o’rni va rolini aniqlash, tatbiqiy izlanishlarni amalga oshirish
va ijtimoiy-psixologik amaliyot doirasida ushbu vazifani amalga oshirish
yo’llarini topish uchun hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining asosiy tatbiqiy
yo’nalishlarini belgilash maqsadga muvofiq. Hozirgi davrda ijtimoiy psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalarini doirasini ham kengaytirdi. Uning asosiy tatbiqiy-amaliy sohalariga sanoat ijtimoiy psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, oila va nikoh borasidagi ijtimoiy-psixologik ishlar, siyosat va iqtisodiyotni takomillashtirish muammolari, qonunbuzarlikning oldini olish ehtiyoji hamda ommaviy axborot vositalari
borasidagi amaliy vazifalar kiradi. Barcha amaliy sohalarga xos umumiy
xususiyatlar mavjudki, ularga:
a) ularning bevosita jamiyat talab-ehtiyojiga ko’ra tashkil etilishi;
b) tatbiqiy ishlar “tili”ning mavjudligi muammosi, ya’ni, professional
til(jargon) bilan tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uyg’unlik masalasi;
v) amaliy ehtiyojlarga monand ilmiy farazlarni ishlab chiqish;
g) shartnomalarga mos tarzda buyurtmalarlarni o’z muddati va
bosqichlarda bajarish majburiyati;
d) samaradorlik mezonlarining o’ziga xosligi, ya’ni, bajarilgan ishga qarab samaradorlikni baholash;
e) “nazariyotchi” bilan “amaliyotchi” rollarining aniq farqlanishi
muammolari kiradi.
Amaliy ijtimoiy psixologiya to’g’risida gap ketganda, ko’pincha, “ijtimoiypsixologik aralashuv” tushunchasi o’rtaga tushadi va tabiiy, bunday
amaliyotchining ijtimoiy jarayonga aralashuvi nimalarda ko’rinadi, degan savol
paydo bo’ladi.
a) individning o’zgarishi strategiyasida, ya’ni o’sha tashkilotdagi o’ziga
xos shaxslarning borligi aniqlanadi va ularga ta’sir qilinadi;
b) texnologik tizim o’zgaradi, ya’ni ma’lum tashkilot yoki muassasaning
tuzilishida o’zgarish ro’y beradi;
v) ma’lum tipli ma’lumotlarga bog’liqlik, ya’ni, ma’lumotlarning tashkilot
ichida yoki uning atrofida to’planganligiga bog’liq holda natijalarning turlicha
qiymatga ega bo’lishi mumkin;
g) ataylab o’tkazilgan tadbirlar ta’sirida korxona taraqqiyoti o’zgarishi
mumkin, masalan, rejalashtirish, xodimlar bilan ishlash sifati, qarorlar qabul
qilish va hokazo.
Amaliyotda faoliyat ko’rsatayotgan psixolog joylarda uch asosiy
funksiyani bajaradi:
1)Ekspert sifatida, ya’ni, bu shunday shaxski, u kliyent yoki mijoz
tomonidan taklif qilinadi. Ular birgalikda biror ijtimoiy-psixologik vaziyatni
tahlil qilishadi, xulosalar natijasida yangiliklar kiritishadi, ziddiyatli yoki
janjalli vaziyatlarda maqsadga muvofiq to’g’ri xulq shaklini taklif etishadi.
Demak, ekspert ishining oqibati - xulosa chiqarib, so’ng tavsiyalar berishdir.
2) Maslahatchi – ekspertdan farqli, mijoz tomonidan bir martalik emas,
balki bir necha marta ayni muammo bo’yicha maslahat berish va xulosalar
chiqarish uchun taklif etiladi. Uning aralashuvi bevosita bo’lib, faoliyati
oqibatida biror shaxs yoki yaxlit jamoaga yordam ko’rsatiladi, yangi loyihalar
qabul qilinadi.
3. O’rgatuvchi – odatda buyurtma asosida joylarda o’quvlar, kurslar
tashkil qiladi. Uning asosiy vositasi ijtimoiy-psixologik trening va uning turli
ko’rinishlari bo’lib, oqibati - ijtimoiy muloqotning turli shakllariga o’rgatishdir.
Yurtimizda ma’naviyag sohasidagi islohotlar va amalga oshirilgan va
oshirilayotgan ishlarning ahamiyati shundaki, ular yoshlarda o’z xalqining
madaniyati, Vatanining o’tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga to’g’ri
munosabatlarning shakllanishiga sabab bo’ladi va bu – ziyoli, bilimdon kishilar
uchun eng zarur fazilatdir. Aks holda, olam siru asrorlarini chuqur bilgan,
qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u,
bu bilimlarni avval o’z xalqi, millati, yaqinlari manfaatiga yo’naltira olmasa,
uning jamiyat taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qilolmasa, ma’naviyati qashshoq,
iqtidori esa samarasiz, xudbin shaxs sifatida baholanadi.



Download 61.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling