7-mavzu Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfi Reja
Magnoliyanamolar qabilasi — Magnoliales
Download 1.82 Mb.
|
1 Magnoliyatoifalar-2
Magnoliyanamolar qabilasi — Magnoliales
Bu qabila tarkibida 3 ta oila mavjud bо‘lib, magnoliyadoshlar oilasi haqida to’xtalamiz. Magnoliyadoshlar oilasi - Magnoliaceae. Oilaning 12 turkumga mansub 230 ga yaqin turi asosan Janubiy – Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning tropik va subtropik о‘lkalarda tarqalgan. Ularning kо‘pchiligi daraxt va buta о‘simliklardir. Barglari oddiy, novdada ketma-ket joylashgan. Bu oila vakillarining ba’zilari doimo yashil tursa, ba’zilari kuzda bargini to‘kadi. Barglarida efir moy chiqaradigan ichki bezchalar bor. Poyasining pо‘st qismida efir moy bilan tо‘lib turuvchi hujayralar mavjud. Gullari oddiy yoki murakkab yakka-yakka holda joylashgan ikki jinsli, gul qismlari spiral joylashgan, hasharotlar yordamida changlanadi. Gul tojbarglari oq, sariq, binafsha rangli, limon hidini tarqatadi. Changchi va urug‘chisi cheksiz, mevasi kо‘p urug‘li bargak meva. Mevaning umumiy kо‘rinishi ochiq urug‘lilarning onalik qubbasini eslatadi. Oilaning tipik vakili – yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora) hisoblanadi. Asl vatani shimoliy Amerika bo‘lgan yirik gulli magnoliya park va bog‘larda ko‘p ekiladi. Bu o‘simlik kalta bandli, barglari katta-katta va oddiy, cheti butun, qalin, yaltiroq bo‘ladigan daraxtdir. Shu barglarining yonbarglari kurtakdagi hali ochilmagan yosh barglarni saqlab turadi. Yakka-yakka bo‘ladigan yirik-yirik gullarining diametri 10 sm ga boradi va bundan ham oshadi. Gullari oq yeki pushti rangda bo‘lib juda xushbo‘y. Gul o‘rni cho‘ziq konussimon shaklda. Unda gulqo‘rg‘onning 6-12 ta nim rang, yirik-yirik, bargchalari uch a’zoli doira bo‘lib turadi. Bargchalaridan keyin spiral holda joylashgan bir otalikda serbar chang ipchasi bor, bu ipcha uchi changdonlar ustida ko‘tarilib turadi. Changdonlar cho‘zinchoq bo‘lib, bog‘lam atrofidan joy oladi. Gul o‘rnini 2/3 bo‘lagini yuqori qismini ginetsey egallagan. Spiral holda joylashgan talaygina meva bargchalarining har qaysisi mustaqil onalik hosil qiladi, shu bilan birga, o‘rta tomirdan bukilib turadigan meva bargchasining chetlari bir-biriga qo‘shilib ketadi va shu tariqa yuzaga kelgan bir uyali tugunchadan ko‘pincha 2 ta urug‘ kurtak joy oladi (ba’zi turlarida urug‘kurtaklar 6 donagacha bo‘ladi). Onalik ustunchasi yo‘q, shuning uchun og‘izchaning chang ushlaydigan yuzasi meva bargchasining chetida, yuqori qismida turadi. Gul formulasi: * ♀♂ P3+3+3A∞G∞ Gullash tamom bo‘lgandan keyin gulqo‘rg‘on bargchalari bilan otaliklari tushib ketadi, ularning o‘rni esa chuqurcha-chuqurcha bo‘lib qoladi: gul o‘rni qalinlashadi va onaliklardan kul rang tukli bir talay bargsimon meva xosil bo‘ladi, ular qorin chokidan ochiladi. Shu mevalar bo‘yi 5-7 sm va bundan ko‘proq keladigan cho‘zinchoq “qubba” xosil qiladi. Pishib yetilgan urug‘lari qizil rangda bo‘ladi va etdor po‘st bilan qoplanib ipdek uzun bandida pastga osilib turadi.
Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling