7-mavzu Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfi Reja
Lavranamolar qabilasi – Laurales
Download 1.82 Mb.
|
1 Magnoliyatoifalar-2
Lavranamolar qabilasi – Laurales
Bu qabilaning 11 ta oilaga mansub 2700 ga yaqin turi ma’lum. Ular asosan daraxt va buta shaklidagi о‘simliklar. Barglari ketma-ket, qarama-qarshi, ba’zan halqasimon joylashgan. Lavrdoshlar oilasi – Lauraceae. Oilaning 2000 dan ortiq turi Janubiy Amerika, Janubiy-sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik va subtropik о‘rmonlarida tarqalgan. Lekin yovvoyi holda о‘sadigan turlar orasida har ikkala yarim sharlar uchun umumiy bо‘lgan birorta turni uchratish qiyin. Ularning aksariyati daraxt yoki buta shaklidagi о‘simlik. Faqat Cassytha turkumiga mansub 16 parazit о‘tsimon о‘simliklar bundan mustasno. Oilaning keng tarqalgan lavr (Laurus), anis daraxti (Cassafras), avokado (Persea) turkumlariga taalluqli turlar tropik va subtropik о‘simliklar orasida salmoqli о‘rin egallaydi. Oilaning keng tarqalgan turlaridan biri asl lavr (Laurus nobilis). Uning gul tuzilishi bu oila vakillarining bir qadar sodda tuzilganligidan dalolat beradi. Gulining 3 a’zoliligi ularning bir pallalilarga yaqinligidan dalolat beradi. Magnoliyadoshlarning Lavrdoshlarga nisbatan soddaligini kо‘rsatuvchi birdan bir belgi—ularning gulida androtsey va ginetseyning spiral shaklda joylashishi desa bо‘ladi. Bu о‘simlik g‘oyat xidli, gullari mayda, ayrim jinsli, 2 uyli, yoki bir uyli о‘simlik. Tugunchasi ostki. Gul formulasi : * ♀♂ P3+3A3+3+3 G(3) Mevasi-danak yoki rezavor meva, urug‘i endospermsiz. Lavr о‘simligi qimmatbaho oziq - ovqat, ziravor, dorivor, texnik, manzarali о‘simlik sifatida muhim ahamiyatga ega. Uning navlari subtropik о‘lkalarda – Kavkaz, Qrimda madaniylashtirilgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling