7-mavzu. Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari Ilmiy tadqiqot (izlanish) uchta tarkibiy qism
Download 51.5 Kb. Pdf ko'rish
|
7-mavzu. Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari 737b3dd1b8e1f1e221633a1d0d73d493
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy mehnat predmeti
- Ilmiy tadqiqotlar
- Amaliy tadqiqotlar
- Ishlanmalar yoki loyiha-konstruktorlik ishlari
7-mavzu. Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari Ilmiy tadqiqot (izlanish) uchta tarkibiy qism: insonning maqsadli faoliyati, ilmiy mehnat predmeti va ilmiy mehnat vositalaridan iboratdir. Insonning maqsadli ilmiy faoliyati tadqiqot obyekti haqida (bo'yicha) yangi bilimlarga yoki obyekt haqidagi (bo'yicha) mavjud bilimlarni to'ldirishga erishishda anglab yetishni bilishning aniq usullaridan va ilmiy uskunalardan (o'lchov, hisoblash texnikalari) mehnat vositalaridan foydalanishga tayanadi.
tadqiqotining faoliyati yo'naltirilgan tadqiqot obyekti va u haqidagi (oldingi) bugungacha bo'igan bilimlar. Tadqiqot obyektiga moddiy dunyoning har qanday materiali (elektrotexnik uskunalar, elektrlashtirilgan qurilmalar, mashina va mexanizmlar), jarayonlar (texnoiogik, energetik, agrotexnik, elektromagnit, moddiy materiallar elementlari va h.k.lar) kiradi. Ilmiy tadqiqotlar , ko'zlangan maqsadi, tabiat yoki ishiab chiqarish bilan bog'liqlik darajasi, ilmiy ishning xarakteri va chuqurligiga (qamroviga) qarab fundamental, amaliy va ishlanmalarga bo'linadi. Fundamental tadqiqotlar prinsipial yangi bilimlarni (yaratish) barpo etish va oldinda mavjud bilimlar sistemasini rivojlantirishga qaratiladi va undan maqsad tabiatning yangi qonunlarini yaratish (kashf etish) voqeliklar orasidagi bog'liqliklarni ochjb berish va yangi nazoratlar yaratishdir. (Masalan, elektromagnit maydon nazariyasi agroinjeneriyada resurslar tejamkorligi ilmiy - metodologiyasini yaratish, energiyani muhitda harakatlanishi qonunini va h.k.lar).
texnika sohasida yangi ishlab chiqarish vositalarini, iste'mol mahsulotlarini va h.k.larni yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirishga yo'naltirilgan bo'lib, uni maqsadi fundamental tadqiqotlarda to'plangan ilmiy omillarni amaliy tacqiqotlar orqali o'z o'rniga qo'yishdir. (Masalan, urug'lik mahsulotlami saralash elektrotexnologiyasi va texikasini yaratish, energiya tejamkor meva quritish texnikasini yaratish, asinxron motorlarni quvvat koeffitsiyentini (cos u) oshirish teznik vositasini ishlab chiqish va h.k.lar). Ishlanmalar yoki loyiha-konstruktorlik ishlari (LKI) amaliy tadqiqotlar natijalarini (masalan texnika sohasida) texnik yechimlarni (mashina, qurilma, material, mahsulot) ishlab chiqarish texnologiyalarini tajriba nusxalarini yaratish va sinab ko'rish, yangilikiami takomillashtirishda foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotning yakuniy qisrnidir. (Masalan, elektr maydoni yordamida urug'lik donlarni saralash texnologiyasini am alga oshiriuvchi texnik qurilmani yaratish, dielektrik don quritish usulni amalga oshirish texnik qurilmasini ishlab chiqish, ichimlik suvga impulsli ishlov berish elektr qurilmani tajriba nusxasini ishlab chiqish va h.k.). Yuqoridagi ilmiy-tadqiqotlar klassifikatsiyasi va ularni chegaraIanishi ko'pchilik hollarda shartli bo'isada, ularni fanning muayyan bir sohasiga tegishliligi birlashtirib turadi. (2.1-rasm). 2.1-rasmda keltirilgan sxemada loyihalash va o'zlashtirish bosqichlari bir vaqtning o'zida fan va texnika sohalariga tegishli hisoblanadi. Shuningdek, fundamental tadqiqotJar va ishlab chiqarish oralig'ida o'zaro bog'langan bosqichlar: amaliy tadqiqotlar - ishlanma - loyiha joylashgan. llmiy tadqiqotlar strukturasi. llmiy izlanishlar (tadqiqotlar) - obyektiv borliqni, qonuniyatlar va real dunyo voqeliklari orasida bog'liqlikni anglab yetish - bilish jarayonidir. Download 51.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling