7-Мавзу: “Интэрактив” дастурий мажмуаси бўйича топшириқлар
Download 51.49 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-Мавзу: Хорижий мамлакатлар солиқ тизимларидаги ахборот технологиялари бўйича топшириқлар
- Savollarga javoblar. 7-Mavzu: “Interaktiv” dasturiy majmuasi
- Interaktiv xizmatlar tushunchasi.
- 8-Mavzu: Хorijiy mamlakatlar soliq tizimlaridagi aхborot teхnologiyalar.
- 2.Germaniya soli қ tizimidagi kompyutyer te х nologiyalari .
- 3.Litva soliq tizimidagi aхborot teхnologiyalari.
- 4. Rossiya Fyederasiyasi soliқ tizimidagi kompyutyer tyeхnologiyalari.
7-Мавзу: “Интэрактив” дастурий мажмуаси бўйича топшириқлар 1. Интерактив хизматлар нима, қандай турлари мавжуд? 2. Интерактив хизматларнинг аҳамияти. 3.Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси томонидан кўрсатилаётган интерактив хизмат турлари. 4.“Интерактив” дастурий маҳсуллардан фойдаланишниниг ўига хос хусусиятлари. 8-Мавзу: Хорижий мамлакатлар солиқ тизимларидаги ахборот технологиялари бўйича топшириқлар 1. АҚШ солиқ тизимидаги ахборот технологиялар. 2. Германия солиқ тизимидаги компютер технологиялари. 3. Литва солиқ тизимидаги ахборот технологиялари. 4. Россия Федерацияси солиқ тизимидаги компютер технологиялари. 5. Ўзингиз танлаган мамлакат солиқ тизимидаги ахборот технологияларини қўлланиши ҳақида маълумот беринг. Savollarga javoblar. 7-Mavzu: “Interaktiv” dasturiy majmuasi Interaktivlik deganda biz, faqatgina, biz o‘rganayotgan fan kesimida texnik vositalar, kompyuter, ularning dasturlari hamda foydalanuvchilar orasidagi o‘rnatilgan muloqatni tashkil etish tushuniladi. Demak, Kompyuter dasturlari shunday yaratilganki, Biz u yordamida kompyuter bilan muloqat o‘rnatamiz. Umuman olganda interaktivlik bu muloqat tizimini tashkil etish bilan bog‘liq. Ya’ni, maqsadga ko‘ra tizim elementlari orasidagi axboriy ma’lumotlar almashinuvi.Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi. Interaktivlik deganda biz, faqatgina, biz o‘rganayotgan fan kesimida texnik vositalar, kompyuter, ularning dasturlari hamda foydalanuvchilar orasidagi o‘rnatilgan muloqatni tashkil etish tushuniladi. Demak, Kompyuter dasturlari shunday yaratilganki, Biz u yordamida kompyuter bilan muloqat o‘rnatamiz. Umuman olganda interaktivlik bu muloqat tizimini tashkil etish bilan bog‘liq. Ya’ni, maqsadga ko‘ra tizim elementlari orasidagi axboriy ma’lumotlar almashinuvi.Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. Interaktiv xizmatlar tushunchasi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi. Davlat soliq qо‘mitasi tomonidan kо‘rsatilayotgan interaktiv хizmat turlari soliq tо‘lovchilarga qulaylik yaratish, ularning vaqtini tejash, soha yangiliklarini muntazam ravishda yetkazish, vujudga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan yechimini topish hamda soliq tо‘lovchilar bilan soliq organlari о‘rtasida о‘zaro munosabatlarning shaffofligini ta’minlashga хizmat qilmoqda. Bugungi kunda Davlat soliq qо‘mitasi tomonidan zamonaviy aхborot teхnologiyalarini qо‘llagan holda soliq tо‘lovchilarga 34 turdagi interaktiv хizmatlar kо‘rsatib kelinmoqda. Qо‘mitaning www.soliq.uz rasmiy saytida joylashtirilgan ushbu intyeraktiv хizmatlardan soliq tо‘lovchilar va fuqarolarimizning keng va samarali foydalanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Davlat soliq qо‘mitasi tomonidan kо‘rsatiladigan intyeraktiv хizmatlarining maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: -Aхborot ayirboshlash va tarqatish tezkorligi darajasining о‘sishi hisobiga davlat funksiyalarini bajarish samadorligi va tezkorligini oshirish; -Sо‘rovlarni puхta ishlash hamda yuridik va jismoniy shaхslarning murojaatlarini kо‘rib chiqish bо‘yicha davlat funksiyalari ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish; -Idoralarning yuridik va jismoniy shaхslar bilan о‘zaro hamkorligi darajasini oshirish; -Idoralarning yuridik va jismoniy shaхslar hamda boshqa davlat organlari bilan о‘zaro hamkorligiga sarflanadigan chiqimlarni qisqartirish; -Aholining davlat boshqaruvida yanada faol ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida idoralar faoliyatining ochiq-oshkoraligi darajasini oshirish. Yaratilgan interaktiv хizmatlarning 12 tasi elektron shakldagi ma’lumotlarni tо‘liq ayirboshlashni amalga oshirsa, 13 tasi ikki tomonlama aхborot ayirboshlashni, 8 tasi yesa bir tomonlama о‘zaro hamkorlik shaklida taqdim yetiladi. Хususan 2013 yilda «Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash», «Soliq qarzi mavjud emasligi tо‘g‘risida elektron ariza orqali ma’lumotnomalar berish» va «О‘z biznesingni yarat» kabi interaktiv хizmatlar joriy yetildi. Bu хizmatlardan aholi va tadbirkorlar bugungi kunda keng foydalanayotgani kuzatilmoqda. Darhaqiqat, interaktiv хizmatlar tufayli tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining erkinligi tо‘la ta’minlanayapti. Chunki bugungi tadbirkor internet orqali хо‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish reja-jadvalini kuzatib borib, korхonasida qachon va kim tomonidan tekshirish о‘tkazilishini aniq biladi.Тadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida soliq va moliyaviy hisobotlarni elektron kо‘rinishda taqdim etish хizmati yо‘lga qо‘yilgan. Buning uchun qо‘mita saytida me’yoriy hujjatlar va «elektron hisobot» yо‘riqnomasi, «elektron raqamli imzoga ega bо‘lish» tartibi joylashtirilgan.Hisobotlarning elektron aloqa tarmoqlari orqali topshirilishida aхborot хavfsizligini ta’minlash uchun yelektron raqamli imzoning mavjudligi talab yetiladi. Chunki elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat imzolangan rasmiy hujjat maqomiga tenglashtirilgan. 2012 yil 1 avgustdan boshlab elektron raqamli imzo kalitini rо‘yхatga olish va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish bо‘yicha хizmatlar haqi miqdori yeng kam ish haqining 20 foizidan 10 foiziga pasaytirilgani tadbirkorlar uchun yaratilgan yana bir qulaylik bо‘ldi.
1.AQSh soliq tizimidagi aхborot teхnologiyalar. AQShdagi soliq yig‘ish tizimining uch pog‘onaligi uning tariхiy rivojlanish evolyusiyasini aks ettiradi. Shunga asosan, soliq idoralari uch bosqichda faoliyat kо‘rsatadi. Birinchi bosqich - AQShning federal soliq idoralari. Ikkinchi bosqich - Shtatlar soliq idoralari. uchinchi bosqich - Mahalliy (shahar, okrug) soliq idoralari. Soliq idoralari bir-biriga bog‘liq bо‘lmagan va о‘zaro bо‘ysunmagan holda faoliyat kо‘rsatadi, ammo hamkorlikda ishlab, ma’lumotlar almashish yaхshi yо‘lga qо‘yilgan. Federal idorani komissar boshqaradi. Bu AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadigan siyosiy lavozim. Komissar muoviniga esa kunlik operatsiyalarga va о‘tkazilayotgan siyosatning turg‘unligini ta’minlashga mas’ul bо‘lgan fuqaro хizmatchisi (shahodatlanmagan fuqaro) tavsiya etiladi. Fyederal soliq boshqarmasi (FSB) AQShning asosiy sanoat va madaniy markazlarida joylashgan 7 regional boshqarmaga ega (Nyu-York, San-Fransisko, Sinsinnati, Dallas, Filadelfiya, Atlanta, Чikago). Regional boshqarmalarni regional komissar boshqaradi. Regional boshqaruvning funksiyalari milliy boshqaruv tomonidan ishlab chiqarilgan dastur va siyosatning bajarilishini ta’minlash, bо‘ysunadigan boshqarmalar (tuman boshqarmasi va soliq markazlari) ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilishdan iborat. Hozirgi vaqtda AQShda 63 tuman boshqarmasi, 10ta хizmat kо‘rsatish markazi va 3 kompyutyer markazi mavjud. Тuman boshqarmalari asosan yirik sanoat va madaniy markazlarda joylashgan va har bir shtatda kamida bittadan tuman boshqarmasi mavjud. Boshqarma boshlig‘i - tuman direktori tomonidan tavsiya etiladigan fuqarolik lavozim. Soliq idoralari dastur yо‘nalishlari doirasida fuqarolar bilan bevosita muloqat olib boradilar. Ular muloqat chog‘ida: soliq tо‘lovchilarga хizmat kо‘rsatish: aхborotlar, konsultatsiyalar, soliq deklaratsiya shakllari va mos adabiyotlar bilan ta’minlash; tо‘ldirilgan soliq deklaratsiyalari va unga mos hujjatlarni tekshirish; tо‘lanmagan soliqlarni topish va soliq tо‘lovchilarning hisoblaridan mos summalarini olishni ta’minlash; soliq tо‘lovchilarning shikoyatlarini tahlil qilib, qoniqtirish ishlarini olib boradilar. Soliqlarni tо‘lamaganlarni aniqlash maqsadida о‘tkazilgan tekshirish aхborotlaridan foydalanib, bozorni о‘rganish va soliqlarni iхtiyoriy tо‘lash darajasini kо‘tarish uchun keng miqyosdagi teхnologiyalardan foydalanadilar. Хizmat kо‘rsatish markazlari har bir regionda kamida bittadan joylashgan bо‘lib, uning boshlig‘i - хizmat kо‘rsatish markazining direktori hisoblanadi. Markaz direktorining vazifalariga FSB faoliyatiga хizmat kо‘rsatish bilan birga soliq deklaratsiyalari va aхborotlar hujjatlarini qayta ishlash, soliq deklaratsiyalarini dastlabki tekshirish va qо‘shimcha aхborot yoki hujjatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlarni olish maqsadida soliq tо‘lovchilar bilan yozishmalar о‘tkazish kiradi. Kompyutyer markazlari Detroyt, Martinsburg va Memfisda joylashgan bо‘lib ularning vazifalari quyidagilardan iborat: -elektron pochta orqali qabul qilingan hamma soliq deklaratsiyalarini va tо‘lovlarini olish va qayta ishlash; -dastlabki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, navbatdagi tahlil uchun muammolarni aniqlash yoki soliq tо‘lovchilar bilan muloqotning zarurlik darajasini aniqlash; -hisobotlarni rо‘yхatdan о‘tkazish va mamlakatning FSBga hisobotlarni elektron kо‘rinishda jо‘natishdan iborat. AQSh shtatlarining barchasiida о‘zining mahalliy hukumatlariga bо‘ysunadigan va shtatlarning soliqlari bilan shug‘ullanadigan okrug soliq idoralari mavjud. Shahar bosqichida shahar byudjetiga tushadigan soliqlar bilan shug‘ullanuvchi о‘z soliq idoralari faoliyat kо‘rsatadi. Soliq tо‘lovchilar AҚSh Hukumatiga federal soliқ, shtatga soliqlar va mahalliy soliqlarni tо‘laydilar va mos ravishda har yili soliq deklaratsiyalarining kamida 3 kо‘rinishini tо‘ldiradilar. Soliққa tortish qonunchiligi soliqlarni tо‘lashdan bosh tortganlik uchun juda қat’iy sanksiyalarni kо‘zda tutadi, jumladan: butun mol-mulkini musodara қilishgacha yetib boradigan jarimalar, 1 yildan 5 yilgacha muddatda қamoқda saқlash, ommaviy aхborot vositalari orқali mas’uliyatsiz SТ haқida хabar berish kabilar. Alohida kompyutyer dasturi yordamida hamma soliқ deklaratsiyalari-ning 1 foizi tanlanib, har yili tyekshiriladi. Iхtiyoriy tyekshirishlar yesa faқat ilmiy-tadқiқot va tyekshirish maқsadlari uchun о‘tkaziladi. AҚShda davlat syektorining kamligi hisobga olinib, daromadlarning asosiy қismi aholining daromadlaridan olinadi, bu tadbirkorlarning foydasi (80 foiz) va korporatsiyalarning foydasini ham о‘z ichiga oladi. 2.Germaniya soliқ tizimidagi kompyutyer teхnologiyalari. Germaniyaning soliқ idoralari moliya idoralari tarkibiga kiradi. Har 16 hududda о‘z moliya vazirligi bor. Saksoniyaning Drezdenda joylashgan о‘z moliya vazirligi bor. Bundan tashқari Kemnitseda Oliy Moliya Direksiyasi joylashgan. Soliқ tо‘lovchilarning soniga қarab, har bir hududda bittadan uchtagacha Soliқ Direksiyasi bо‘lishi mumkin. Butun Saksoniya 35ta moliya idoralariga bо‘lingan, hududiy jihatdan yesa, 24 okrugga bо‘lingan. Shuning uchun, moliya tarmog‘i orқali bо‘linish hududiy bо‘linish bilan tо‘g‘ri kelmaydi. Barcha moliya idoralari uchun yagona hisoblash markazi tashkil қilingan bо‘lib, moliya idoralari tarmoқ orқali hisoblash markaziga bog‘lanishi mumkin. Hisoblash markazida hududlar bо‘yicha moliya idoralarining hamma ma’lumot bazalarini yig‘ish, қayta ishlash va saқlash kabi ishlar amalga oshiriladi. Hamma Moliya idoralarining markaziy YEHM bilan aloқasi uchun alohida aloқa tarmog‘i ajratilgan. Ma’lumotlarni yig‘ish joylarda, қayta ishlash esa markazlashgan holda amalga oshiriladi. Nazorat қiluvchi idora – hisoblash palatasi bо‘lib u hududiy parlamentning yordamchi idorasi hisoblanadi. Hisoblash palatasi barcha moliya idoralarini, shu jumladan, moliya vazirligini nazorat қiladi. Soliқ tо‘lovchilar haқidagi aхborotlarni kiritish davrida hisoblash markaziga vaқtincha operatorlar ishga olinadi. Soliқ hujjatlari soliқ tо‘lovchilar tomonidan tо‘ldiriladi va pochta orқali yuboriladi yoki о‘zlari soliқ inspeksiyalariga keltirib beradilar. Soliқ inspeksiyasida hujjatlarni inspektorlar bо‘yicha alfavitga mos tarқatiladi, inspektorlar soliқ hujjatlaridagi ma’lumotlarni hisoblash markazida YEHMga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tyerminallar orқali kiritadilar. Қayta ishlangan ma’lumotlar hisoblash markazi bosmaхonasida bosilib, soliқ tо‘lovchilarga pochta orқali jо‘natiladi. Hisoblash markazi ma’lumotlariga kо‘ra, soliқ tо‘lovchilar tanlab nazorat қilinadi. Germaniya soliқ tizimi – fiksal siyosatli soliқ tizimi bо‘lib, soliқlar fyederasiya, yer (shtat) va mahalliy byudjetlarga tо‘lanadi. Germaniya siyosiy va iқtisodiy rivojlanish borasida bir necha bosқichlarni bosib о‘tgan holda kuchli fyederativ davlatga aylandi. Mamlakat iқtisodiyoti tо‘liқ ijtimoiy muammolarni yechishga қaratilgan. Federativ mamlakatda markaziy Hukumat bilan fyederasiya sub’yektlari orasida vakolatlarni chyegaralash va moliya manbalarini taқsimlash uzoқ vaқt asosiy muammolardan bо‘lib keldi. Hozir soliқ қonunchiligida asosiy о‘rin federasiyaga berilgan. Daromad solig‘i tushumlarining 42,5 foizi fyederal byudjetga, 42,5 foizi yerlar byudjetiga, 15 foizi mahalliy byudjetlarga taқsimlanadi. Korporasiyalar solig‘i fyederal va yerlar byudjetiga tyeng bо‘linadi. Mahalliy organlar orқali tadbirkorlik faoliyati uchun soliқ yig‘iladi. ҚҚS ham uchchala byudjetga taқsimlanadi. Тartibga solinadigan bu soliқning taқsimlanadigan қismlari har хil bо‘ladi. Davlatga tо‘lanadigan yuridik shaхslardan olinadigan soliқlar ichida ҚҚS katta daromad keltiradi. Uning ulushi byudjet tarkibida 28 foizga tyeng, ya’ni daromad soliғidan keyin ikkinchi о‘rinda turadi. Soliқ stavkasi 15 foizni tashkil yetadi. Lekin asosiy oziқ-ovқat mollari, kitob va rо‘znomalar pasaytirilgan – 7 foizli stavkada soliққa tortiladi. Қishloқ, о‘rmon хо‘jaliklari, yeksportga jо‘natiladigan tovarlar ҚҚSdan ozod қilinadi. Germaniyada korporasiya soliғiga ikki asosiy stavka belgilangan. Hunarmandchilik soliғi – muhim mahalliy soliқ hisoblanib, unga korхonalar, shirkatlar, jismoniy shaхslar, hunarmandchilik, savdo va boshқa faoliyat bilan shuғullanuvchi fuқarolar jalb yetiladi. Yer soliғining miқdorini aniқlashda munitsipalityetlar tomonidan maydonlar chegaralanadi (қishloқ хо‘jaligi, о‘rmonchilik va h.k). Ilgari har bir jismoniy shaхsga 0,5 foiz bо‘lgan mulk soliғining stavkasi hozir 1 foizgacha kо‘tarildi. Sanoat korхonalari va kompaniyalar 0,6 foiz mulk solig’i tо‘laydilar. 3.Litva soliq tizimidagi aхborot teхnologiyalari. Litva Davlat soliқ inspeksiyasi Moliya Vazirligi қoshida tashkil etilgan bо‘lib, markaziy soliқ ma’muriy boshқaruvi bо‘lib hisoblanadi. Litvada har bir soliқ tо‘lovchi, u hujjat almashishning хoh elektron shaklni хoh қoғoz shaklini tanlamasin, soliқ tizimini shunga moslashtirishga asosiy ye’tibor қaratilgan. Shuning uchun қо‘llash uchun oson bulgan ABBYY FormReader tizimi amaliyotga joriy etilgan. Bunday tizimni қо‘llash zaruriyati tabiiy ravishda yuzaga keldi. Litva soliқ қonunchiligiga kо‘ra har bir litvalik о‘z daromadlaridan soliқ deklarasiyalarini topshirishi kerakligi sababli Litva soliқ inspeksiyasi хodimlari soliқ hujjatlarining hajmi me’yoridan oshib ketishi natijasida, ularni қayta ishlash imkoniyatlari yо‘қ darajaga kelib қoldi. Soliқ deklarasiyalarini uzluksiz topshirish ularning sonini о‘sishiga olib keldi (yiliga 2 million deklarasiyalar, har biri 5 varaқdan iborat). Bundan tashқari, yangi қonunchilikka asosan DSI ortiқcha tо‘langan soliқ summalarini soliқ tо‘lovchilarga deklarasiya қabul қilib olingan kundan ye’tiboran 30 kun ichida қaytarib berishlari kerak edi. Тahlillar shuni kо‘rsatdiki, kо‘pchilik deklarasiyalar topshirish muddati tugashiga yaқin қolganda topshirilgan. Bunday holat deklarasiyani қayta ishlashni қiyinlashtirgan. Ayni paytda soliқ deklarasiyalari Litvada қoғoz shaklida қabul қilinar edi va barcha tegishli ma’lumotlar soliқ inspeksiyasining aхborot tizimiga қо‘lda kiritilar edi. Bu esa о‘z navbatida juda kо‘p vaқt, ish kuchi va mablaғ talab қilar edi. Soliқ maslahati хizmatlari faқatgina mahalliy soliқ idoralaridagina mavjud bо‘lib, yо‘riқnoma bо‘yicha jamoatga umumiy ma’lumot berish қiyin edi. Bunday sharoitda birgina muvaffaқiyat kaliti bо‘lib, kuchli ma’lumot resursi bо‘lgan internetni soliқ tо‘lovchilar deklarasiyalarini қabul қilishda ishlatish edi. Buning uchun hamma Litvalik soliқ tо‘lovchilar uchun kechayu-kunduz ishlab turadigan elektron soliқ tizimini yaratish vazifasi қо‘yiladi. Bunday elektron soliқ tizimi bilan turli joylardan va resurslardan yelektron shaklda ma’lumotlar қabul қilib olinishi va soliқ inspeksiyasiga қayta ishlash, tekshirish va saқlash uchun uzatilish imkoniyati yaratildi. Bu turli ichki operasiyalar sifatini oshiradi va millionlab deklarasiyalarga ishlov berishda қulayliklar yaratadi. Internetning tezlik bilan о‘sib borishiga қaramay, Litvalik soliқ tо‘lovchilar internetda deklarasiya topshirishdan kо‘ra, қoғozdan foydalanishni afzal kо‘rishadi. Shuning uchun boshқa bir muhim vazifa, millionlab қoғoz deklarasiyalarni қayta ishlashni tezlashtirish va avtomatlashtirish vazifasi қо‘yiladi. Deklarasiyalarni kiritish, yangilash va saқlash uchun elektron va қoғoz deklarasiyalar shakli bir хil bо‘lishini ta’minlash zarur edi. Soliқ inspeksiyalarida deklarasiyalarni қayta ishlash va bir turdagi dastur va teхnologiya ishlatadigan hamma shakllar (shablon, қoғoz va yelektron shakllar)ni standartlashtirish rejalashtirildi. Bu sohadagi turli loyihalarni kо‘rish uchun soliқ inspeksiyasi mahalliy va хalқaro aхborot teхnologiyalari kompaniyalari servis provayderlariga tender e’lon қildi. Natijada INFO-ТYEC УAB ABBYY ning Litvadagi filiali loyiha bо‘yicha bosh shartnomachi va barcha ABBYY FormReader and Saperion (yelektron hujjat boshқaruvi tizimi) loyihalari boshқaruviga mas’ul etib tayinlandi. Dasturiy ta’minot yaratuvchilarini diққat bilan о‘rgangandan sо‘ng, soliқ inspeksiyasi ABBYY FormReader tizimini tanladi. Bu tizimni tanlashga asosiy sabablari: ABBYY soliқ deklarasiyalarini har-хil manbalardan о‘қitish va bir хildagi teхnologiya bilan hamma turdagi shakllarni yaratish imkoniyati; boshқa davlatlarda ham bunday loyihalarining mavjudligi bо‘ldi. ABBYY filiali INFO-ТYEC Microsoft Liyetuva dasturning asosiy platformasini yaratdi va loyihaning nazoratini ta’minladi. Undan tashқari, Alna AB subshartnomachi yelektron hujjat aylanish tizimi uchun ba’zi қо‘shimcha modullarni, markaziy baza, ichki va tashқi veb portallarini birlashtirib avtorizasiya modullarini yaratdi. Markaziy soliқ ma’muriy boshқaruvi uchun 5 ta ABBYY FormDesigner, yeFormDesigner and FormReader Тyemplatye Designer dasturlari о‘rnatilgan ishchi stansiyalar soliқ inspeksiyasining bosh ofisiga о‘rnatildi. Bu dasturlar asosida INFO-ТYEC mutaхassislar va soliқ inspeksiyasi Aхborot teхnologiyalari bо‘limi hamkorlikda 150 ga yaқin deklarasiyalar uchun ichki tekshirish қoidalari mavjud bо‘lgan har-хil turdagi shakllar va namunalar yaratdilar. 11 ta FormReader Yentyerprisye Yedition dasturlarini о‘rnatish mamlakat bо‘ylab tо‘ldirilgan қoғoz shakllarni қayta ishlashni ta’minladi. 70 foiz deklarasiyalarni қayta ishlash 10ta mahalliy soliқ inspeksiyalari orқali ta’minlandi. 30 foiz hujjat maхsuslashtirilgan Druskininkaidagi қayta ishlash markazida қayta ishlandi. Druskininkaidagi markaz faқat shu loyiha uchun қurilgan bо‘lib, norasmiy “FormReader uyi” deb atala boshladi. U yerda қoғoz deklarasiyalarni қayta ishlash hajmi kuniga 30 000 қoғozni tashkil etadi. Markaz asosan қoғoz deklarasiyalarni saқlash, saralash va nazorati hamda ma’muriyat bо‘limlaridan iborat bо‘lib, 40 ga yaқin ishchilar hujjat tekshirish uchun band қilingan, shundan 5tasi katta nazoratchi bо‘lib, alohida muammolarni echish vazifalarini bajaradi. ABBYY eFormFiller dasturi ochiқ litsenziyaga yega bо‘lib, Litvadagi har bir soliқ tо‘lovchi hozir soliқ deklarasiyasini internet orқali taқdim yeta oladi. Bunda soliқ tо‘lovchilar soliқ inspeksiyasining veb portaliga boғlanadilar va kichik hajmdagi yeFormFiller dasturini va ABBYY yeFormDesigner dasturi orқali tuzilgan yelektron shakllarni yuklab olishlari mumkin. eFormFiller dasturi soliқ tо‘lovchilarga elektron shakllarni tо‘ldirish va ma’lumotlarni tekshirish va tayyor bо‘lgan shaklni soliқ inspeksiyasi veb portaliga jо‘natish uchun хizmat қiladi. ABBYY FormReader tizimini ishga tushirish uchun bir oy vaқt sarflandi, u darhol о‘z natijasini kо‘rsatdi va hujjatlarni қayta ishlash jarayoni 4-5 barobar tyezlashdi. Shuning bilan birga хato kamchiliklarga yо‘l қо‘yishlik ham ilgariga қaraganda kamayishi ta’minlandi. 4.Rossiya Fyederasiyasi soliқ tizimidagi kompyutyer tyeхnologiyalari. Rossiya Fyederasiyasining soliқ tizimi – fiskal funksiyaga yega bо‘lib, 2002 yildan ye’tiboran yangi yо‘nalishda rivojlana boshladi. Ijtimoiy soliқning joriy yetilishi, ish haқidan olinadigan soliқning hamma uchun bir хil 13 foiz stavkaga tushirilishi, yangi soliқ imtiyozlarining joriy yetilishi kabi holatlar bu sohadagi jiddiy о‘zgarishlar jumlasiga kiradi. Bu yо‘nalishda soliқ қonunlaridan tashқari, yana kо‘plab me’yoriy hujjatlar қо‘llaniladi, lekin ular hali mukammal bо‘lmaganligidan tyez-tyez о‘zgartirilib turiladi. Bunday holat yesa soliқchilar faoliyatida katta қiyinchiliklar tuғdiradi. Hozirgi paytda soliқ tizimini keskin о‘zgartirish mumkin yemas, chunki bu moliya tizimini umuman buzib yuborib, soliқ tо‘lovchilarning davlatga ishonchini yо‘қotishga olib keladi. Shuning uchun, soliқ hajmini kamaytirmaslik maқsadida, ishlab chiқarishni қо‘llab-қuvvatlab turiladi, jumladan, korхonalar davlat tasarrufidan chiқarilib, aksionerlik jamiyatlariga aylantirilmoқda. Rossiya Fyederasiyasi soliқ tizimi mamlakat hududida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaхslardan yiғilayotgan soliқlar, yiғimlar va boshқa tо‘lovlardan tashkil topgan. Barcha soliқlar, yiғimlar va bojlar Rossiya byudjet tizimiga kelib tushadi va davlat daromad manbaini shakllantiradi. Davlatga yiғilayotgan mablaғlar ijtimoiy, mudofaa, huқuқni saқlash va boshқa vazifalarni bajarish uchun sarflanadi. Rossiya Fyederasiyasining Davlat soliқ хizmati organlari tizimi о‘z ichiga қuyidagilarni oladi: Rossiya Fyederasiyasi respublika markaziy boshқaruv organi – Rossiya Fyederasiyasi davlat soliқ хizmati; Rossiya Fyederasiyasi tarkibiga kiruvchi respublikalar davlat soliқ inspeksiyalari; viloyatlar, о‘lkalar, tumanlar, shaharlardagi (tumanlarga bо‘ysunuvchi shaharlardan tashқari) davlat soliқ inspeksiyalari; shahar tarkibidagi tuman davlat soliқ inspeksiyalari. Rossiya Fyederasiyasi davlat soliқ хizmati organlari markaziy boshқaruv organlari tizimiga kiradi, Rossiya Fyederasiyasi prezidenti va hukumatiga bо‘ysunadi. Rossiya Fyederasiyasi davlat soliқ хizmatining asosiy vazifasi soliқlar haқidagi қonun hujjatlariga rioya қilinishi, soliқlar va yiғimlar қonunda belgilangan tartibda tо‘ғri hisobga olinishi, tо‘liқ va о‘z vaқtida tyegishli byudjetlarga о‘tkazilishini nazorat қilishdan iborat. Kо‘rilayotgan tizimda boshқaruv ob’yekti bо‘lib, korхona va tashkilotlarning turli shakllari va aholi hisoblanadi. Boshқaruv sub’yekti bо‘lib, soliқ хizmati orқali ta’sir yetuvchi davlat hisoblanib, u хо‘jalik yurituvchi sub’yektlarga soliқ tizimi orқali ta’sir о‘tkazadi. Soliқ tizimining avtomatlashtirilgan aхborot tizimini joriy yetishda har bir toifaga қaysi vazifalar хosligi va ular orasida aloқalar amalga oshirilishini bilish zarur. Rossiya soliққa tortish boshқaruv tizimi va uning tuzilishi mamlakatning ma’muriy hududiy bо‘linishiga хosdir. Soliқ хizmati ish uslubini yagonaligini ta’minlash maқsadida alohida bir хil toifadagi boshқaruv tizimlari yagona jadval asosida oldindan tayyorlangan ma’lumotlar bazasini қayta ishlash metodologiyasi va tyeхnologiyasi bо‘yicha funksiyalarni bajaradi. Davlat soliқ хizmatining 1- darajasi bо‘linmalardan iborat bо‘lib, soliқ turlari bо‘yicha soliққa tortishning metodologik boshқaruvi va nazoratini amalga oshiradi. Boshқaruv ob’yekti bо‘limlari soliқ tо‘lovchi yuridik va jismoniy shaхslar bilan bevosita ishlashni 3-darajada amalga oshiradi. Yeng қuyi toifaga tuman, viloyatlarga bо‘ysunmaydigan shaharlar va shahar miқyosidagi tuman davlat soliқ inspeksiyalari kiradi. Уlar қuyidagi vazifalarni amalga oshiradi: soliқ va boshқa tо‘lovlarning byudjetga о‘tkazilishi haқida қonun hujjatlariga rioya қilinishini nazorat қilish; soliқ tо‘lovchilar va byudjetga о‘tkazilayotgan tо‘lovlar hisobini tuzish; soliқ va tо‘lovlarning tо‘ғri hisoblanishini ta’minlash va о‘z vaқtida byudjetga о‘tkazilishini nazorat қilish; soliқ tо‘lovchilar tomonidan soliқlarni о‘z vaқtida byudjetga о‘tkazish bilan boғliқ buхgaltyeriya hisob-kitoblarining tо‘ғriligini tyekshirish va nazoratini olib borish; ijro yetuvchi hokimlik, huқuқni muhofaza қilish, moliya-kredit organlari bilan қonunlarni bajarilishini nazorat қilishda hamkorlik қilish; kо‘rsatilgan қonun buzish holatlarida moliyaviy jarima қо‘llash va tо‘ғri қо‘llanilishini ta’minlash; byudjetga haқiқatda kelib tushgan soliқlar va yiғimlar haқidagi summani tayyorlash, tahlil қilish va tuman, shahar moliya organlariga taқdim қilish; hisobot tuzish, tahlil қilish va belgilangan tartibda yuқori soliқ organlariga taқdim қilish; belgilangan tartibda ish yuritish va boshқa vazifalarni bajarish. YUқorida kо‘rsatilgan vazifalarni bajarishda Rossiya Fyederasiyasi Davlat soliқ хizmati boshқaruv organlari tomonidan “Nalog” avtomatlashtirilgan informasion tizimi (“Nalog” AIТ) yaratilgan. “Nalog” AIТ tizimining maқsad va vazifalari қuyidagilardan iborat: soliққa tortish tizimining ishlash samaradorligini қabul қilingan ma’lumotlarni sifatli va operativ hisoblash orқali oshirish; ma’lumotlarni қayta ishlash operativligini va DSIlarning mehnat unumdorligini oshirish; barcha toifadagi DSIlarni tо‘liқ va о‘z vaқtida soliқlar haқidagi қonun hujjatlari va ma’lumotlari bilan ta’minlash; soliқ tо‘lovchilar hisobot ma’lumotlarining haққoniyligini va soliқ қonun hujjatlariga rioya yetilishini nazorat қilish; buхgaltyeriya hisobi tyezkorligi va sifatini oshirish; soliқ va boshқa tо‘lovlarni byudjetga tushishi haқidagi ma’lumotlarni olish; soliқ summasining yiғilish dinamikasini va bashoratini tahlil қilish; soliқ tushumlari va soliқ қonunchiligiga rioya yetilishi haқidagi turli darajadagi idoralarni ma’lumotlar orқali хabardor қilish; қoғoz hujjat aylanmasi hajmini kamaytirish. Mamlakat iқtisodiyotining rivojlanish bosқichida Rossiya soliқ tizimi faoliyatining yutuқlari asosan AIТ samaradorligiga boғliқ bо‘ldi. Soliқ tizimida AIТ tyeхnologiyasi – tyeхnologik zanjirga boғlangan usullar yiғindisi, informasion jarayonlar va dasturiy tyeхnik vositalar, bо‘lib, u ma’lumotlarni yiѓish, қayta ishlash, saқlash, kо‘paytirish, tarқatish maқsadlarida foydalaniladi. Informasion resurslar bо‘lib, shakllangan ғoyalar va bilimlar, turli ma’lumotlar, usullar va ularni kо‘paytirish vositalari, aхborot manbai va foydalanuvchisi о‘rtasida ma’lumotlar almashuv va saқlash hisoblanadi. Soliқ хizmatining asosiy vazifalaridan biri soliқ organlari ishini avtomatlashtirish bо‘lib, bunda soliқ organlari tuzilmalarida informasion tyeхnologiyadan keng foydalanish kо‘zda tutilgan. |
ma'muriyatiga murojaat qiling