7-mavzu islom dining yo‘nalishlari, oqimlari va


Download 0.64 Mb.
bet2/7
Sana31.01.2024
Hajmi0.64 Mb.
#1818156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-MAVZU

sufritlar guruhi VII asrning ikkinchi yarmida Arabistonda vujudga kelgan. Mazkur guruh maqsadni yashirish, vaziyatga qarab kurash usullarini o‘zgartirish tarafdori sanaladi;

  • azrakiylar guruhi VII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Unga Nafi ibn Azrak (685 yilda vafot etgan) asos solgan. Bu guruh e’tiqod masalasida har qanday murosalarni inkor qiladi. Azrakiylar guruhi maqsadga erishishda qat’iy harakat tarafdori hisoblanadi.

    Xorijiylar xalifa Ali va boshqa sulolalar vakillariga qarshi murosasiz kurash olib borganlar. Ularning ijtimoiy-siyosiy tizimga nisbatan murosasizligi, kishilar hayotini normativlashtirish darajasining juda yuqoriligi va uni qat’iy nazorat qilishga intilishi yo‘nalish tarafdorlari sonining kamayishiga sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda xorijiylar juda kam sonli bo‘lib, Shimoliy Afrikada va ayrim arab davlatlarida saqlanib qolgan. Islom yo‘nalishlari qatorida avvalgi ta’siri va mavqeini yo‘qotgan.
    Islom dinidagi yirik yo‘nalishlardan biri shialikdir (arabchada shia – guruh, partiya, tarafdorlar degan ma’nolarni anglatadi). U VII asrning o‘rtalarida xalifa Ali va uning tarafdorlarini birlashtirgan diniy-siyosiy oqim sifatida Iroqda vujudga kelgan.
    Shialar dastlab siyosiy hokimiyatni Muhammad payg‘ambarning avlodlari boshqarishi va hokimiyat otadan farzandga meros sifatida o‘tishi kerak degan talablari bilan chiqqanlar. Shuning uchun shialar Ali va uning avlodlaridan boshqa barcha sunniy xalifalarni zo‘ravonlik bilan hokimiyatni bosib olganlikda ayblaydilar. Sunniy xalifalarga Ali va uning avlodi bo‘lgan o‘n ikki imomni qarshi qo‘yadilar. Oxirgi (o‘n ikkinchi)
    imom Muhammad Mahdiy (Olloh yo‘liga yetaklaydigan kishi) 873 yilda tug‘ilgan. U yoshlik chog‘ida bedarak yo‘qolgan.
    Diniy ta’limotda shialar Qur’oni karim Ollohning kalomi ekanligini tan oladilar, lekin xalifa Usmon uni o‘z manfaatiga moslashtirib, xalifa Alining hokimiyatni egallashiga oid bitta surani chiqarib tashlagan, deb hisoblaydilar. Shu bilan birga qur’onning haqiqiy nusxasini qiyomat kuni o‘n ikkinchi imom Yerga olib kelishi haqidagi aqida qabul qilingan.
    Shialar, sunniylardan farqli o‘laroq, Muhammad payg‘ambar bilan bog‘liq hadislarni tan olmaydilar. Ular xalifa Ali va uning avlodlari bilan bog‘liq maxsus hadislar to‘plamini tuzganlar va u «Axbor» deb nomlanadi. Shu bilan birga, shialar iymonda beshta aqida (Ollohning yagonaligi, adolat, oxirat va o‘lgandan keyin qayta tirilish, payg‘ambarlik, imomat)ni
    tan oladilar.
    Shialikda diniy ta’limot bilan birga urf-odat va marosimlarda ham farqlar mavjud. Masalan, ular Makka va Madinadan tashqari Karbalo va Najaf shaharlarini ziyorat qiladilar. Xalifa Alining avlodi bo‘lgan o‘n ikki imomning jabrdiyda va din yo‘lida shahid bo‘lganlar sifatida qabrlari muqaddaslashtirilgan. Imom Husaynga motam tutadilar. Bu «shaxsey- vaxsey» marosimi deb ataladi.
    Shialikning asosiy mazhablari quyidagilardan iborat:

    1. alaviylar mazhabiga IX asrda Ibn Nusayr asos solgan. Shu bois mazhab asoschisining nomi bilan nusayriylar deb ham ataladi. Mazhab a’zolari xalifa Alining shaxsini ilohiylashtiradilar va uni xudo kabi ulug‘laydilar. Alaviylar ta’limotida xristianlik aqidalari, oy va yoritqichlarga sig‘inish, ruhning ko‘chib yurishiga ishonish kabi qarashlar mujassamlashgan. Odamlarning ruhlari dastlab yulduzlar bo‘lgan. Ali ularni odamlarning jismiga joylagan. Taqvodor odamlarning ruhlari vafot etganlaridan keyin yana qayta yulduzlarga aylanadi. Gunohga botgan odamlarning ruhlari hayvonlar jismiga ko‘chadi. Alaviylar mazhabiga mansub kishilar namoz, ro‘za va boshqa islom marosimlarini bajarmaydilar va rasmiy diniy oqimlar tomonidan ta’qib qilinganligi sababli o‘z e’tiqodlarini sir tutadilar;

    2. zaydiylar mazhabi VIII asrning o‘rtalarida, ummaviylar sulolasining inqirozi davrida vujudga kelgan va Shialarning beshinchi imomi – Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Alining nomi bilan atalgan. Ushbu mazhab vakillari Zaydni beshinchi imom deb hisoblab, undan keyingi imomlarni tan olmaydilar. Aqidalari va marosimlari jihatidan shialar va sunniylarning o‘rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosa yo‘lini tutadilar. Zaydiylar xalifa Alidan ilgarigi xalifalar

    hokimiyatini tan oladilar va o‘n ikkinchi imom – Muhammad Mahdiyning qiyomat kunida qaytib kelishiga ishonmaydilar avliyolar va mozorlarga sig‘inishni, zohidlikni inkor qiladilar;


    1. Download 0.64 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling