7-mavzu islom dining yo‘nalishlari, oqimlari va


Download 0.64 Mb.
bet3/7
Sana31.01.2024
Hajmi0.64 Mb.
#1818156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-MAVZU

ismoiliylar mazhabi VIII asrning o‘rtalaridan shakllana boshlagan va IX asrning oxirlariga kelib mustaqil diniy mazhabga aylangan. Bunga shialarning oltinchi imomi – Jafar as-Sodiqning katta o‘g‘li Ismoil (ichkilik va maishatga berilganligi uchun taxt vorisligidan mahrum qilingan) asos solgan. Diniy-falsafiy ta’limot tizimi neoplatonizm, neopifagorizm, xristian gnostisizmi kabilar ta’sirida shakllangan. Ta’limot zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) qismlarga bo‘linadi. Zohiriy qismi shialarning umumiy qarashlaridan deyarli farqlanmaydi. U maxfiy ta’limotdan bexabar bo‘lgan ismoiliylar ommasiga mo‘ljallangan. Botiniy ta’limotda xudodan keyingi yettita quyi pog‘ona ajratiladi. Yettinchi pog‘onani kamolotga erishgan inson, ya’ni payg‘ambar tashkil etadi. Kamolotga erishgan inson o‘zida «olamiy aql»ni aks ettirgan notiq bo‘lib, xudo ta’limotini kishilarga yetkazadi. Ismoiliylar mazhabidan keyinchalik turli yo‘nalishlar ajralib chiqqan.

  • ja’fariy mazhabi shialikning diniy-huquqiy tizimi bo‘lib, o‘n ikkinchi imomga e’tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimini tashkil etadi. Mazhabning asoschisi sifatida oltinchi imom – Ja’far as-Sodiq (700– 765) qabul qilingan bo‘lsa-da, aslida uning shakllanishida imom ishtirok etmagan. IX–X asrlarda bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan mazhab ta’limoti ishlab chiqilgan.

    Shialik hozir Eron Islom Respublikasi, Iroq va Yamanda keng tarqalgan. Shia yo‘nalishiga mansub ayrim guruhlar Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Suriya, Livan, Misr kabi davlatlarda ham uchraydi. Ma’lum miqdorda shia yo‘nalishidagi musulmonlar Ozarbayjon, Tojikiston va Markaziy Osiyoning ayrim hududlarida uchraydi.
    Islomdagi eng yirik yo‘nalish sunniylikdir. Sunniylar o‘zlarini asl islom an’analari tarafdorlari deb hisoblaydilar. Sunniylik ortodoksal (grekchada – dindor, e’tiqodli, ya’ni, biron-bir ta’limotga, yo‘nalishga, dinga og‘ishmay amal qiluvchi degan ma’nolarni anglatadi) islom yo‘nalishidir. Yo‘nalish islomning Muhammad payg‘ambar davrida vujudga kelgan ta’limotini tan oladi. Sunnat islomning ikkinchi manbai sifatida qabul qilingan va unda an’anaviy diniy marosimlar, maishiy turmush hamda ijtimoiy hayot qoidalariga amal qilinadi.
    Sunniylikda islomning muqaddas manbalarini ijtimoiy hayotda qo‘llashga munosabat masalasida quyidagi mazhablar mavjud:

    1. hanafiya mazhabiga Imom Abu Hanifa (Imom A’zam) asos solgan. Mazhabning mafkurasi islom aqidalarini ijtimoiy hayotga tatbiq etishda ijodiy yondashuvga asoslanadi va bunda qiyos (arabchada – solishtirish, taqqoslash, o‘xshatish degan ma’nolarni anglatadi) qoidalarini qo‘llash bilan musulmon jamoasi yoki davlat manfaatlariga ko‘proq mos keluvchi yechimni tanlashga intiladi. Hanafiya mazhabiga sunniylarning 1/3 e’tiqod qiladilar;

    2. molikiya mazhabiga Malik ibn Onas (713–795) asos solgan va Muhammad alayhissalom hayotligi davrida vujudga keltirilgan diniy- huquqiy tartibotga asoslanadi. Molikiya mazhabi Qur’on va sunnatni aqlga asoslanib (ratsional) talqin qilishga qarshilik qilsa ham, qiyosni ijtimoiy hayotda qo‘llashni to‘liq inkor etmaydi. Hozirda ushbu mazhabning Tunis, Jazoir, Marokash singari davlatlarda tarafdorlari bor;

    3. shofi’iy mazhabiga Imom ash-Shofi’iy (767–820) asos solgan. Shafi’iy mazhabi hanafiya va molikiya mazhablarini o‘zaro murosaga keltirish tarafdori. U diniy mafkurasiga ko‘ra, qiyos va ijmo (birdamlik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror)larni ijtimoiy hayotda qo‘llashda cheklashga yo‘l qo‘yganligi uchun molikiya maktabiga yaqin turadi. Shofi’y mazhabi hozirda Suriya, Misr, Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba’zilarida va janubiy Arabiston davlatlarida saqlanib qolgan;

    4. hanbaliya mazhabiga Imom Ibn Hanbal (780–755) asos solgan. Ushbu mazhab ijtimoiy hayot masalalarini hal etishda faqat Qur’on va sunnat qoidalariga asoslanib qaror chiqarish tarafdori hamda qiyos va ijmolarni qo‘llashda faqat sahobalarning birgalikdagi maslahati bilan qabul qilingan hukmlarni tan oladi. Mazhab diniy masalalarda erkin fikrni inkor qiladi va ta’limoti ijtimoiy hayotdagi zamonaviy talablardan ortda qolganligi, erkin fikrni rad etishi sababli, islom mamlakatlarida uning tarafdorlari ko‘p emas.

    Sunniylikdagi mavjud diniy huquqiy mazhablar e’tiqod qiluvchilarining miqdori jihatidan bir-biridan farq qilsa ham, huquqda tengligi e’tirof etiladi va din asoslariga zid deb hisoblanmaydi.
    X asrga kelib, islom dinida ortodoksal mavqega ega hisoblanuvchi kalom (arabchada – so‘z, nutq degan ma’nolarni anglatadi) ta’limoti paydo bo‘lgan. Uning tarafdorlari mutakallimlar deb ataladi va ilk namoyandalari

    • al-Ash’ariy (873–935), Maturidiy (944 yilda vafot etgan) islom aqidalarini ijodiy tafsir etishga qarshi chiqqanlar. Mutakallimlar musulmon ruhoniylarining an’anaviy davomchilari tomonidan tanqidga uchraganlar. Mutakallimlar barcha narsa va hodisalar asosida Olloh irodasi yotganligini ta’kidlaydilar. Ular, jumladan, Qur’oni karimning yaratilishiga oid ayrim fikrlarni ham olg‘a suradilar. Qur’oni karimning ilohiy kelib chiqishi

    to‘g‘risidagi g‘oyani himoya qilib, muqaddas kitobni emas, balki uni ifoda etuvchi harflarni, siyoh va qog‘oznigina inson tomonidan yaratilgan deb hisoblaydilar.
    Mutakkalimlarga qarama-qarshi mu’taziliylar (arabchada – ajralib chiqqanlar, uzoqlashganlar degan ma’nolarni anglatadi) oqimi VIII asrda yuzaga kelgan. Oqimga Vosil ibn Ato (699–748) asos solgan. Uning a’zolari falsafa va mantiqning metod va tushunchalarini ilohiyotga tatbiq etib, mistikaga qarshi chiqqanlar, qur’on va sunnatni aql-idrokka mos talqin etish hamda islomga ratsionalistik elementlarni kiritish tarafdorlari bo‘lganlar. Mu’taziliylar ta’limoti VIII asrning birinchi yarmida rasmiy e’tiqod sifatida qabul qilingan. VIII asrning o‘rtalaridan boshlab ortodoksal e’tiqod tarafdorlarining hokimiyatda ustunlikni qo‘lga kiritganliklari sababli, bu oqim taqiqlangan va ta’qib qilingan. U hukumat tomonidan to‘xtovsiz taqib qilinganligi sababli O‘rta Sharqda XI–XII asrlarda, Markaziy Osiyoda XIII– XIV asrlarga kelib yo‘q bo‘lib ketgan. Mazkur oqimning mintaqadagi so‘nggi vakillaridan biri – Zamahshariydir.
    Islom dinida mistik va tarkidunyochilik g‘oyasiga asoslangan so‘fizm oqimi ham mavjud bo‘lib, u taxminan VIII asrda arab mamlakatlarida vujudga kelgan. Uning keng yoyilishi XI asrga to‘g‘ri keladi. So‘fizmning (arabchada – jun, qo‘pol jun kiyim, jun kiyim kiyib yuruvchi degan ma’nolarni anglatadi) asosiy g‘oyasi barcha musulmonlarning Olloh oldida tengligi to‘g‘risidagi aqidaga asoslanadi. So‘fiylar odamlarni halol pok bo‘lishga, kasb hunar egallab o‘z mehnati bilan yashashga, boshqalarning mehnatidan foydalanmaslikka, tenglik va ijtimoiy adolat qoidalariga amal qilishga da’vat etadilar.
    So‘fizm ta’limotida buddizm va neoplatonizm elementlari ham mavjud bo‘lib, ular so‘fizmning panteistik ta’limotida yaqqol ko‘rinadi. Panteizmning mohiyati shundaki, unda barcha narsa va hodisalar jonli hisoblanib, Olloh irodasining ifodasi deb ta’kidlanadi. So‘fiylarning asosiy g‘oyasiga ko‘ra, kishi bu dunyodagi faoliyatini faqat bir maqsadga – Olloh bilan uyg‘unlashishga, birlashishga safarbar etmog‘i lozim. Ilohiy haqiqatga kishi asta-sekin, bosqichma-bosqich erishadi.
    So‘fiylar ta’limotining ayrim elementlari keyinchalik ortodoksal islom tarkibiga ham kiritilgan. Bu ishda islom ruhoniylaridan al-Fazzoliyning hissasi salmoqli bo‘lgan. U so‘fizmning mistik muroqaba (intuitsiya), ya’ni Ollohni hissiy idrok etish g‘oyasini qabul qilgan va so‘fizmdan farqli o‘laroq, barcha musulmon udumlarini bajarishni farz deb hisoblagan. Biroq u so‘fizmning panteistik g‘oyalarini qabul qilmagan. Fazzoliyning tashqi voqelikni passiv idrok etish haqidagi g‘oyasi musulmonlarda tashqi
    olam narsa va hodisalariga nisbatan yuzaki qarash odatini shakllantirgan. Bu keyingi asrlarda o‘z natijasini bera boshlagan. Al-Fazzoliyning mazkur ta’limoti o‘rta asrlarda ilm-fan, jumladan tabiatshunoslik ilmining rivojlanishi va Markaziy Osiyoda ilmiy taraqqiyotga beqiyos hissa qo‘shgan mutafakkirlarning yetishib chiqishiga to‘sqinlik qila olmagan.
    Islom dinining asosiy yo‘nalishlari va oqimlari xususida to‘xtalganda undagi ikki asosiy tamoyil yoki yo‘nalish haqida gapirmaslik mumkin emas. U islom dini paydo bo‘lganidan buyon o‘tgan 1400 yillik ijtimoiy taraqqiyot davomida shakllangan. Shu o‘tgan davr mobaynida insoniyat feodalizmdan kapitalizmgacha, bozor munosabatlari shakllangan davrlargacha teokratik davlatdan respublika, prezidentlik boshqaruviga asoslangan davlat tuzilishigacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarni bosib o‘tgan. Islomdagi bu ikki yo‘nalish fanda traditsionalizm va modernizm nomi bilan mashhur.
    Traditsionalizm «ortodoksal islom» nomi bilan ham yuritiladi. U o‘zbek tilida ilk islom ta’limoti, Qur’on va sunnalarda qayd etilgan g‘oyalarning asl mohiyatini saqlab qolish, zamon, davr o‘zgarishi bilan ayrim islom aqidalarining ham o‘zgarishi mumkinligi haqidagi fikrlarni inkor etuvchi ruhoniylar faoliyati bilan bog‘liqdir. Traditsionalistlar nuqtai nazaricha, islom dinining aqidalari, olam haqidagi Olloh ta’limoti abadiy va mutlaqdir. Zamonda va tarixda bo‘ladigan har qanday o‘zgarish Olloh tomonidan oldindin belgilangan va hukm qilingan bo‘lib, barcha narsa va hodisalar uning irodasi bilan sodir bo‘ladi va mavjuddir. Traditsionalizm islom dinida hurfikrlilik va erkinlik bo‘lishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqadi, islomdagi o‘zgarishlarni tanqid qiladi. Buning yorqin ko‘rinishi XVIII asr oxirlarida paydo bo‘lgan va hozirgi kunda jahonning qator mintaqalarida ortodoksal islomni targ‘ib qiluvchi o‘ta janggari oqimlardan biri vahhobiylik hisoblanadi.
    Vahhobiylar islom dinidagi modernistik tamoyilga qarshi chiqadilar, fundamentalizm da’vosi bilan dindagi har qanday o‘zgarishlarga qarshi kurashadilar, ekstremistik da’vatlar bilan din ahlini bir-birlariga qarshi qo‘ymoqchi, hattoki davlat ishlariga ham aralashmoqchi bo‘ladilar va o‘z g‘oyalarini qaror toptirish maqsadida diniy davlat tuzishga ham da’vo qiladilar.
    Modernizm, ya’ni islom dinini ijtimoiy taraqqiyot, fan va texnika yutuqlari bilan uyg‘unlashtirishga urinish muayyan darajada mafkuraviy yo‘nalish yoki ta’limot mavqeiga egadir. Islom modernizmi asosan XIX asrlarda paydo bo‘lgan. U islom dunyosining ilg‘or fikrli ziyolilari tomonidan yaratilgan. Ular G‘arbda burjua munosabatlarining rivojlanishi
    ijobiy samara berganligi va fan-texnikaning gurkurab rivojlanishiga olib kelganligini ko‘rib, Sharq jamiyatlarini ham isloh qilish, shariat qonunlari o‘rniga burjua huquqini tiklashni taklif qildilar. Turkiya XX asrning 20- yillarida Sharq mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib kapitalistik munosabatlar o‘rnatgan. Turkistonda bunday urinishlar jadidlar harakatida ko‘zga tashlanadi. Jadidlar islom mistik qarashlar o‘rniga ilm-fanni rivojlantirish milliy taraqqiyot uchun qanchalik zarur ekanligini birinchilar qatorida anglab yetganlar.

    Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling