7-mavzu. Islom dinining aqidavviy yo`nalishlari va maktablari


Shialikda imomat masalasi qanday o‘rin tutadi?


Download 69.22 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi69.22 Kb.
#1830446
1   2   3   4
Bog'liq
islomiy din

Shialikda imomat masalasi qanday o‘rin tutadi?
Xavorij oqimlari. VII asr ikkinchi yarmida xavorijlar orasida yigirmaga yaqin turli guruhlar paydo bo’ldi. Ular ichida eng yiriklari – ibodiylar, azoriqalar hamda sufriylar bo’lib, o’z yo’lboshchilari nomi bilan shunday atalganlar.
SHia so’zining to’liq shakli «ash-shi‘a» («tarafdorlar, guruh, partiya»), aniqrog’i «SHi‘at Ali» («Ali tarafdorlari partiyasi») bo’lib, bu nom xalifa Ali (656-661) va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. SHialikda imomat masalasi asosiy diniy ruknlardan hisoblanadi. Imomat jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi, deb e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko’ra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, balki u meros sifatida o’tadi. Mazkur ta’limotga binoan, Muhammad payg’ambar Alini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo’li bilan uzatiladi. Imomlik (xalifalik) payg’ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg’ambarlarini tanlab, ularni gunohlardan saqlagani va ularga ilmi ladun (Alloh huzuridan berilgan ilm) bergani kabi xalifalarni ham shunday tanlaydi deyiladi. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Alidan zo’rlik bilan tortib olishgan. Alining xalifaligi Payg’ambar vafotining birinchi kunidan boshlangan, deb hisoblaydilar.
Ash-SHahrastoniy (vaf. 1153 y. ) iborasi bilan aytganda: «SHialarning e’tiqodiga ko’ra, Alining imomligi va xalifaligiga oshkora va maxfiy dalillar kelgan hamda undan keyingi imomlik uning avlodlaridan tashqariga chiqmaydi, agarda chiqsa ham, bu ularga zulm qilish yo’li bilan oshirilishi mumkin».
SHialar aynan imomat masalasida o’zaro bir necha firqalarga bo’linib ketganlar.
Fotimiya (Ubaydiya). Imom Ubaydulloh al-Mahdiy Abbosiylar va qarmatiylardan qochib, o’z safdoshlari bilan Mag’ribda joylashadi va 909 yilda Fotimiylar davlatiga asos soladi. SHu tariqa ismoiliylar imomlari yashirin davrdan oshkora davrga o’tadi. Fotimiylar davlati o’z ta’limotini yoyish maqsadida SHarqqa targ’ibotchilar yubora boshladi.
Fotimiy askarlari Javhar as-Siqilliy boshchiligida Misrni qo’lga olib, so’ngra al-Qohira shahrini o’zlariga poytaxt qildilar. Ilmiy markaz sifatida al-Azharni qurdilar. Keyinchalik al-Mustansir bi-l-loh (1036-1094) o’zidan so’ng imomlik o’g’li Nizorga o’tishini ta’kidlaydi, lekin uning vaziri Afzal ibn Badr al-Jamoliy al-Mustansirning vafotidan foydalanib, uning kichik o’g’li al-Musta’liyni imom deb e’lon qiladi. Ammo Ismoiliya firqasi da’vatchilarining ko’p qismi al-Musta’liyga bay’at qilishdan bosh tortib, Nizor va uning o’g’illarini imomlikka haqli deb hisoblashgan.
Demak, ismoiliya shialari shundan so’ng ikkita: Musta’liya (g’arbiy ismoiliylar) va Nizoriya (sharqiy ismoiliylar)ga ajraldi. 5. Tasavvuf – islomdagi mistik-asketik oqimdir. Mistisizm, mistika so’zlari qadimiy yunon tilidagi mystikos – «yashirin», «sirli» so’zidan olingan bo’lib, ilohiyot bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot. Bu ta’limot insonning Xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori bo’lgan sirli aloqasi bo’lib, uning natijasida insonda Xudoni bilish hosil bo’ladi. Qadimgi SHarq va yunon dinlarida ham insonni g’ayritabiiy kuchlar bilan bog’laydigan urf-odatlar (misteriyalar) – mistisizm elementlari bor edi. YAkkaxudolik dinlarining barchasida mistisizmga xos unsurlar mavjud. Hayotning barcha sohalari diniy e’tiqod bilan bog’liq bo’lgan O’rta asrlarda uning roli katta bo’ldi.
O’rta asrlarda xristianlikda mistisizmning ikki yo’nalishi mavjud bo’lib, ular ortodoksal cherkov mistisizmi va eretik mistisizm edi. Birinchisiga ko’ra, inson butunlay Xudoning hukmiga bo’ysungan bo’lib, uning xohishiga qarab unga etishishi mumkin bo’lsa, ikkinchisining ta’limotiga ko’ra, inson o’z harakatlari bilan ham Xudoga etishishi mumkin deyiladi. Tasavvuf, sufiy yoki mutasavvif so’zlarining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Sufiylik mualliflari ko’pincha uning kelib chiqishini «svf» («sof bo’lmoq») o’zagidan yoki «ahl as suffa» (Payg’ambarning Madinadagi uyi yaqinidagi suffaga yig’iluvchi zohid kishilar)ga tegishli deb ta’kidlaydilar. G’arbiy Evropa tadqiqotchilari to XX asrga qadar uni yunoncha – «hikmat» (sophia) so’zidan kelib chiqqan degan fikrga moyil bo’lishgan. Umar Farid Kam (1861-1944) «Vahdati vujud» asarida, SHamsiddin Somiy (1850-1905) esa «Qomusi turkiy» asarining «tasavvuf» va «sufiy» moddalarida ushbu fikrni yoqlaydilar. SHayx Saffet Yetkin ham shu nuqtai nazarni himoya qiladi. Ismoil Xaqqiy Izmirlik esa bu fikrni rad etib, zohidlik yo’liga suluk solgan kishilarning «sufiya» ismi bilan mashhur bo’lishi yunoncha asarlarning tarjima qilinishi va falsafaning musulmonlar orasida tarqalishidan avval sodir bo’lgan, degan dalillarni ilgari suradi va «sufiy» so’zining yunon tilidan olinganligiga qarshi chiqadi. Endilikda bu so’zning «suf» (jun chopon) so’zidan kelib chiqqanligi haqidagi o’rta asr musulmon olimlari ta’kidlagan fikr umumqabul qilingan fikr hisoblanadi. CHunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dag’al jundan kiyim kiyishlari edi. SHimoliy Arabiston va Suriyada xristianlikning turli sektalariga mansub jahongashta monax va anaxoretlar «sufiy» deb atalar edi, degan ma’lumotlar ham bor.Tasavvufga asos bo’lgan tarkidunyochilik kayfiyati deyarli islom bilan bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg’ambarning Abu-d-Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi mistik-asketik oqimning shakllanishi VIII asrning o’rtalari – IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga muhaddislar, qorilar, qussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, jumladan, islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda sufiy yoki at-tasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o’rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so’zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistik-asketik oqimning paydo bo’lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi ilk ikki asr davomidagi siyosiy-ijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma’naviy-g’oyaviy izlanishlar va boshqa dinlarning, xususan, xristianlikning ta’sirini ko’rsatish mumkin.

Download 69.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling