I ekologik tizim tushunchasi
Download 41.57 Kb.
|
1-тема
- Bu sahifa navigatsiya:
- 154 yil avvalgi ”Ekologiya” fani emasligidan darak beradi!
- Ekologiyaning ob’ekti
I.1. Ekologik tizim tushunchasi. Tabiat hodisalariga oid tushuncha va ta’limotlar takomillashib, evolyutsion tarzda rivojlanib borishi, inson bilan tabiat o’rtasidagi bog’liqlik, IX-XII asrlarda yashab ijod qilgan Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Jayhoniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi alloma-bobokalonlarimiz asarlarida ham o’z ifodasini topgan. Nemis tabiatshunos olimi, zoolog Ernest Gekkel 1866 yilda “Ekologiya” atamasini birinchi bo’lib fanga (“Organizmlar morfologiyasining umumiy printsiplari” asarida izohlab bergan) kiritdi. E.Gekkel “Umumiy ekologiya”ni tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o’zaro aloqalarini va ta’sirini o’rganadigan fan-deb ya’ni, o’simlik va hayvon organizmlarining o’zaro ta’sirini o’rganish bilan bog’liq, biologiya bo’limlaridan biri sifatida tanishtirdi. Ko’rinib turibdiki, avval aytib o’tganimizdek, ona tabiatimizning ekologik holatini buzilishi–tuproq, havo va suvning tiriklik uchun zararli moddalar bilan ifloslanishi, zaharlanishi, o’simlik va hayvonlarning foydali turlarini kamayib ketishi, tabiiy landshaftlarning tez o’zgarishi, yangi qishloq va shaharlarning paydo bo’lishi, aholi sonining ko’payishi, energiya, suv va oziq-ovqatga bo’lgan talabning o’sishi natijasida, rivojlanish markazlarining tobora tabiat ichkarisiga – o’zlashtirilmagan joylariga kirib borishi, insonning yashash muhitini tubdan o’zgarishiga sabab bo’layotganligi, shu sababdan xam, atrof-muhitni muhofaza qilish bu, bir kichik mintaqaning emas, balki katta bir qit`aning, undagi xalqlarning, davlatlarning halqaro muammosiga aylanib qolayotganligi, bundan 154 yil avvalgi ”Ekologiya” fani emasligidan darak beradi! So’nggi yillarda ekologiya predmeti sezilarli darajada kеngaydi va uning muammolarini tadqiq etish sanoat taraqqiyoti sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda ekologiya ko’plab muammolarni hal qilish nuqtai nazaridan sotsiologiya, iqtisodiyot, geografiya, kimyo kabi ko’plab fanlar uchun juda jozibador bo’lib qoldi. Shunga ko’ra asosan qo’llaniladigan ekologiya sohalari: metropoliya ekologiyasi; muhandislik ekologiyasi; sanoat ekologiyasi; ijtimoiy ekologiya va boshqalar shakllana boshladi va ajralib chiqdi. ilmiy bilimlarning bu differentsiatsiyasi fanning shakllanishi sifatida tavsiflandi. XX asr oxirida ekologiya – jamiyat va atrof-muhit o’rtasidagi o’zaro ta’sir qonuniyatlarini o’rgana boshladi. Zamonaviy ekologiya, faqat biologik fan ekanligi bilan cheklanmaydi, fanlararo aloqadorlikda insonning atrof-muhit bilan o’zaro aloqasining eng murakkab muammolarini o’rganadi. Shunday qilib, ekologiya deganda – jamiyat va uning atrof-muhit o’rtasidagi o’zaro ta’sir qonuniyatlarini, uni muhofaza qilish muammolari va usullarini o’rganuvchi fan tushuniladi. Ekologiyaning ob’ekti – o’simlik va hayvonot dunyosi turlari, jamoalari, populyatsiyalari, ekotizimlar va ularning tarkibiy qismlari tushiniladi. Jamiyat– Insonlarning muayyan bir hududda tarixan qaror topgan guruhi yoki majmuidir. Xuddi ana shu insonlar jamoasi tabiat bilan uzviy munosabatda bog’ladilar. Insonning yakka o’zi uncha katta kuch emas, lеkin insonlarning ongli ravishda biron-bir maqsadlarni ko’zlab takomillashtirilgan mehnat qurollaridan foydalangan tarzda uyushishi va ularni tabiatga bo’lgan munosabatlari ko’p narsani belgilab beradi. Agarda ushbu maqsad insonlarning ehtiyojlarini qondirishni faqatgina tabiatdan “sug’urib olish”ga yo’naltirsa, unda atrof tabiiy muhitda juda sezilarli darajada salbiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Aksincha, ushbu jamiyatning maqsadi tabiatdan oqilona foydalanishga qaratilsagina, tabiatda ijobiy o’zgarishlar kuzatilishi mumkin. Download 41.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling