I ekologik tizim tushunchasi


I.1.1 -rasm. Muhit omillarining tirik organizmlarga ta’siri (C


Download 41.57 Kb.
bet3/4
Sana03.06.2024
Hajmi41.57 Kb.
#1899084
1   2   3   4
Bog'liq
1-тема

I.1.1 -rasm. Muhit omillarining tirik organizmlarga ta’siri (Chernova).

Muhitning har qanday omiliga nisbatan organizmning optimal zonasi va chidamlilik chegaralari boshqa omillarning bir vaqtda harakat qiladigan birikmasiga qarab o’zgarishi mumkin. Bu jarayon ekologik omillarning o’zaro ta’siri -deb ataladi. Biroq, o’zaro ta’sirlar muayyan chegaralarga ega va omillardan birini boshqasiga butunlay almashtirish mumkin emas. Demak, tiriklikni ta’minlash uchun zarur bo’lgan barcha ekologik sharoitlar tеng ahamiyatga ega. Har qanday omil organizmlarning yashab qolish imkoniyatlarini cheklashi mumkin – bu tiriklikining ekvivalentlik qonunidir. Ma’lumki, har bir omil organizmning turli funktsiyalariga turlicha ta’sir etadi. Ba’zi jarayonlar uchun optimal bo’lgan sharoit, organizmning o’sishi, ko’payish uchun havf zonasining paydo bo’lishi va o’limiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, ma’lum davrlarda tananing asosan muayyan funktsiyalarni bajaradigan hayot tsikli – oziqlanishi, o’sishi, ko’payishi, tarqalishi – har doim ekologik omillarning mavsumiy o’zgarishiga mos keladi.


Bir omilning ta’siri boshqa omillarining intensivligiga bog’liq bo’ladi. Buni omillarning o’zaro ta’sir etish qonuniyati deyiladi.
Organizmlarning normal hayoti uchun ma’lum bir darajadagi sharoit talab etiladi. Agar barcha shart – sharoitlar qulay bo’lib, ulardan biri yetarli miqdorda bo’lmasa, cheklovchi omil– deb ataladi. Cheklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi va yashay olmasligini belgilaydi.
Organizmlarning muhitga moslashuvi adaptatsiya deyiladi (lotincha “adaptatsio” – moslashuv).
Moslashuv tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, mavjudotlarning yashab qolishi va ko’payishini ta’minlaydi.
Sharoitga moslashuv, hujayradan tortib, har xil ekologik tizim faoliyatigacha bo’lgan darajada vujudga keladi.
Organizmlarning bir turi, tabiiy muhitining o’zgarishi va tashqi ta’sirga moslashishining genetik imkoniyatlariga mos kelishini va hozirgacha mavjud bo’lishi mumkinligini ifodalaydi. Hayotning har bir turi muayyan muhitda, u yoki bu tarzda, unga moslashgan holda paydo bo’lgan. Hayot muhitining keskin va tez o’zgarishi, turning genetik imkoniyatlarining yangi sharoitga moslashishi uchun etarli bo’lmasligiga olib kelishi mumkin. Bu, xususan, sayyoramizdagi abiotik sharoitning keskin o’zgarishi bilan yirik sudralib yuruvchilarning yo’qolib ketish farazlaridan biriga asoslanadi,
Download 41.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling