7-mavzu: jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy tamoyillariga tavsif reja
Takroriylik va variaciyalash (shaklini o’zgartirib qo’llash principi)
Download 96.5 Kb.
|
7-mavzu
Takroriylik va variaciyalash (shaklini o’zgartirib qo’llash principi)
Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan takroriylik – qayta bajarish muhim ahamiyatga ega. İ.P. Pavlov va A.N. Krestovnikov ko’rsatganidek, harakat malakasining fiziologik asosi hisoblangan dinamik steriotipni Ko’p marotabalab takrorlashsiz shakllantirish va tartibga solish mumkin emas. Takrorlash, eng avvalo organizmdagi morfofunkcional o’zgarishni tartibga solish va qayta moslanishi uzoq muddat davomida ta`minlanishi uchun zarur bo’lib, uning bazasida jismoniy sifatlarning rivojlanishi rwy beradi, erishilganlari mustahkamlanadi, keyingi progress uchun sharoit yaratiladi. Takrorlashlarsiz jismoniy tarbiyani amalga oshirib bo’lmaydi. Faqatgina har bir mashg’ulot takrorlanmay, mashg’ulotlardagi ketma-ketlilik ham, qaysidir hollarda aynan shu mashg’ulotlarni o’zini haftada, oy, davomida va mashg’ulotlar vaqtining ma`lum davrlari ichida (haftalik, oylik vah.k. cikllar) takrorlanadi. Takroriylikning darajasi qo’llanilayotgan mashqlarning qanday maqsadga qaratilganiga, jismoniy tarbiyaning u yoki bu etapidagi umumiy yo’nalishiga, shug’ulla-nuvchilar kontingenti va xususyatlariga jismoniy yukning xarakteriga ta`sir qiluvchi boshqa faktorlariga bog’liq. Shuning uchun takroriylik daqiqasi ayrim holda ko’proq va ayrim hollarda oz bo’lib uning aniq natijasi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarning muntazamliligida ifodalanadi. Jismoniy tarbiya jarayoni uchun takroriylik qatorida variativlik ham o’z ahamiyatiga ko’ra ma`lum wringa ega. Mashqlarni bajarish sharoiti uning ko’rinishini, nagruzka dinamikasini o’zgartirib, usuliyatlarni turlichasini qo’llash bilan mashg’ulotlarning shakli va mazmunini bir xil mashg’ulotni yoki uning mashqlarini shaklini birvarakayiga o’zgartirish variaciyalash deb qabul qilingan. Bu wrinda quyidagi ob`ektiv qarama-qarshiliklarga diqqat e`tiborini qaratish lozim. Ko’p marotabalab qaytarish jarayonida harakatlarning dinamik steriotipi va organizmni unga qo’llanilayotgan nagruzkaga javob reakciyasi yanada stabillashuvi va standartlashuvi sodir bo’ladi. Shuning uchun mashqni harakat holatining shakli va mazmunini aytarli o’zgartirmay takrorlash va uni davomiyligi chegaralanmasa, ertami-kechmi, baribir, harakat malakasining yo’nalishidan chetlanishi sodir bo’lishi va jismoniy sifatlarning rivojlanishining twxtashi rwy berishi mumkin. Bu qarama-qarshilik takroriylik va variativlikni qwshib qo’llash orqaligina hal etiladi. Standart mashqlari bilan shug’ullanishda variativlik nagruzkalarni takrorlash fonida uning hajmi va inttensivligini mashg’ulotlarning tuzilishi va mazmunini saqlagan holda o’zgartirib qo’llash bilan yangilash orqali tarbiya jarayonini yuqori pog’onaga kwtarishga erishamiz. Jismoniy nagruzka va dam olishning racional navbatlashuvi. Jismoniy tarbiya jarayonining muntazamligi dam olish bilan nagruzka berishning doimiy bo’lishligini man qilmay, taxminiy mwljal olish orqali amalga oshiriladi. Nagruzka shug’ullanuvchilar organizmiga jismoniy mashqlar ta`sirini ma`lum darajadagi kattaligi bo’lib, u organizmni funkcional imkoniyatini oshirish faktori hisoblanadi. Bunga organizmning “ish potenciali”ni sarflash va «charchash» orqali erishiladi, energiyani tiklash jarayoni uchun stimul hisoblanadi. Tiklanish jarayonining qonuniyatlari kuchiga qarab nagruzka va dam olish bir vaqtning o’zida nagruzkani qo’llash paytidagi sharoiti bilan ham chambarchas bog’liklik mavjud. Ko’p sonli ilmiy izlanishlarning ko’rsatishicha, ish qobiliyati dam olish sharoitida qonuniy ravishda belgilangan fazalar buyicha o’zgarib turadi. İsh paytida, nagruzka katta bo’lsa, ish qobiliyati darajasining pasayishi sodir bo’ladi, charchash rivojlana boshlaydi. Oqibatda ish bajarish twxtaydi, organizmga dam berish kerak bo’ladi, dam paytida tiklanish jarayoni boshlanadi, navbatdagi nagruzkaga stimul tayyorlanadi. To’g’ri, ayrim paytda tiklanish jarayoni ish vaqtidayoq boshlanadi, lekin ish qobiliyatining to’la tiklanishi uchun dam olish sharoiti yaratilishi kerak. Aytarli yuqori darajadagi katta nagruzkada va lozim bo’lgan dam olish intervalida tiklanishnig borishi ish qobiliyatining ish boshlangungacha bo’lgan darajasiga etib qolsa-da, u to’la tugallanmaydi, chunki uning orqasidan “yuqori tiklanish” fazasi sodir bo’ladiki, uning asosida organizmning energetik resurslarining super-konpensaciyasi (fosfokreatin, glikogen vahokazolarning tiklanishi) yotadi. Yuqori tiklanish fazasi dam olish davom ettirilgan holdagina almashadi va ish qobiliyati organizmda ish boshlanguncha bo’lgan holatga qaytadi (2 chizmaga qaralsin). Xulosa qilib shuni aytish mumkinki: birinchidan – organizmning funkcional imkoniyatlari dinamikasi faqat nagruzka bilan emas, ish qobiliyatining tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur bo’ladigan dam olish bilan shartli bog’liq. Shu sababli dam olishga nagruzka kabi jismoniy tarbiya jarayonining etakchi komponentlaridan biri deb qarashimiz lozim. Shunga ko’ra, jismoniy tarbiya sanoati – bu ma`lum maonoda nagruzka bilan dam olishni to’g’ri navbatlashtira (almashtira olish) demakdir. Download 96.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling