7-mavzu: jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy tamoyillariga tavsif reja
Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) principi
Download 96.5 Kb.
|
7-mavzu
Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) principi
Jismoniy tarbiya jarayonining ushbu principi mashg’ulotlarda shug’ullanuvchilarga qo’yilayotgan talablarning umumiy tendenciyasini ifodalab, yangi, qiyin vazifalarni tanlash, qo’llash, bajarishni, asta-sekinlik bilan unga bog’liq bo’lgan nagruzkalarning hajmi va intensivligini oshirishni me`yoriga e`tiborni óz ichiga oladi. Nagruzkalarning oshirishning umumiy tendenciyasi bilan vazifalarni yangilash zaruriyatining doyimiyligi. Jismoniy tarbiya jarayoni, mashg’ulotdan-mashg’ulotga, bir etapdan-boshqa etapga uzluksiz o’zgarib boradi. Xarakterli belgilari: mashqlar murakkabligini, ular ta`sirini darajasi davomiyligining o’zgaruvchanligidir. Jismoniy tarbiya jarayonida harakat faoliyatlarining bir shakldan ikkinchi shakliga aylanishi aytarli darajada qiyin bo’lib, birinchi navbatda ma`lumot berish vazifalarini hal qilishdek zaruriyat bor. Tabiyki, mashqni yangilamay turib, hayot uchun ahamiyati zaruriy harakat malakalari va kwnikmalarini yuzaga keltirish qiyin. Bu keyinchalik takomillashtirishning shartiga ham aylanishi mumkin, chunki mashq qancha yangilansa,harakat malakasi va bajara bilish zahirasi shuncha kengayadi, shu sababli harakat faoliyatlarini yangi shaklini o’zlashtirish, egallash, oldin egallangan malaka va ko’nikmalarni takomillashtirish osonlashadi. Yana ham ahamiyatlisi, turli xil harakat koordinaciyalarini o’zlashtirish jarayoni natijasida sodir bo’ladigan qiyinchiliklarni engish (harakat vazifalari)ni hal qilishda, o’z-o’zidan mashqlarni koordinaciyalash qobiliyati rivojlanadi va ularni takomillashtirishning bepoyon ufqlari ochiladi. Jismoniy tarbiya jarayonida harakat faoliyatlarining shakllarini qiyinlashtirish jismoniy nagruzkaning barcha komponentlarini oshib borishi bilan kuzatiladi. Bu o’z navbatida quyidagi jismoniy sifatlar: kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlanishiga sabab bo’ladi. Jismoniy mashqlar ta`siridan organizmda sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlar darajasi (ma`lum darajadagi fiziologik chegarada) nagruzkalarning hajmi va intensivligiga proporcionaldir. Lozim bo’lgan barcha shartlarga rioya qilinsa, nagruzka me`yoridan, yangi toliqish chegarasi boshlanadigan joydan oshirib yuborilmasa – uning me`yori qancha yuqori bo’lsa, organizmdagi adaptaciya davri shunchalar ahamiyatli va pishiq bo’ladi; nagruzka qanchalik intensiv, tiklanish va “yuqori tiklanish” jarayoni shunchalik baquvvat bo’ladi. Bu muskullarning energiya resurslarini tiklanishi misolida tajribada isbotlangan. Organizmning javob reakciyasi bir xil nagruzkalarga o’zgarmas bo’lib qolavermaydi. Chunki nagruzkaga moslashgan sari undan organizmda sodir bo’ladigan biologik o’zgarishlar eskiradi, tashqi ish birligiga sarflangan energiya ozayadi, wpka ventilyaciyasi, yurakning minutli urish chastotasi va qon bosimi kamayadi: qon tarkibidagi bioximik va morfologik o’zgarishlar sezilmas darajaga borib qoladi. Fiziologik nuqtai nazaridan “funkciyani tejamlashtirish” sodir bo’ladi. Organizm funkcional imkoniyatining o’zgarmas ishlariga moslashishining ortishi natijasida shu ishni bajarishda energiya sarflashni iqtisod qilish, qisman zwriqish bilan bajarishga olib keladi. Nagruzkalarga biologik moslanishning ma`nosi anashulardan iboratdir. Bu jismoniy tarbiya jarayonining etakchi qonuniyatlaridan biridir. Demak, biologik moslanish sodir bo’lmasa, organizmdagi o’zgarish, ya`ni harakat sifatlarning rivojlanishi, wsish twxtaydi. Bu nagruzkani tizimli o’zgartirib, uning hajmi va intensivligini oshirib borish talabini qo’yadi. Amaliyot bu qonuniyatning jismoniy tarbiya jarayonida ruhiy sifatlarni ham tarbiyalashga ta`luqli ekanligini ko’rsatadi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishdek ruhiy sifatlar, shu sifatni talab qiluvchi faoliyatlarni bajarish orqali rivojlantiriladi. Ruhiy sifatlarni namoyon qilish darajasi psixologik qiyinchiliklarning o’lchoviga bog’liq. Shunga ko’ra, ruhiy holatini tarbiyalash maxsus jismoniy yuklamalar va topshiriqlarni asta-sekinlik bilan oshirib borish orqali tarbiyalanadi. Download 96.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling