7-Mavzu. Korxonalardagi haqiqiy investitsiyalar, yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakllanishi. Reja
Yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakllantirish
Download 38.29 Kb.
|
7-Mavzu. Korxonalardagi haqiqiy investitsiyalar, yangiliklar va
Yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakllantirish.
Tovarlarning raqobatbardoshligi, tashkilotning moliyaviy, texnik, sotsial, tashkiliy holati, uning raqobat afzalliklarini tahlil qilish natijalari asosida tashkilotning faoliyat yuritish va majmuaviy rivojlanish siyosati shakllantiriladi. Tashkilotning siyosati – tashkilot rahbariyati tomonidan faoliyatning qandaydir sohasi (texnik, iqtisodiy, sotsial, tashqi iqtisodiy va h.k)da o’tkaziladigan asosiy yo’li, strategik tadbirlar tizimidir. Yangiliklar ya’ni innovatsiyalarni tadbiq etish har qanday strategiyaning asosi bo’ladi.1 Innovatsion faoliyat, ayniqsa innovatsion tadbirkorlikning maqsadi innovatsiyalarni amalga oshirish yo’li bilan natija olishdan iboratdir. Innovatsion faoliyat sohasini belgilash uchun tashkilotning asosiy strategiyalari (maqsadlari)ni ta’riflovchi quyidagi belgilarni kiritamiz: K – Ishlab chiqarilayotgan tovarning sifatini oshirish. Strategiya tashkilot foydasini ko’payishiga, ammo katta xatar bilan, olib keladi; Ts – Tovar narxini qolgan strategiyalarni o’zlashtirishsiz saqlab qolishda pasaytirish. Ushbu strategiya ishlab chiqarilgan tovar va o’zlashtirilgan texnologiyalarni bozorga mustahkam ravishda tadbiq etish, sotishga qaratilgan. Strategiya, qoidaga ko’ra, tashkilot foydasini kamayishiga olib keladi. S – ishlab chiqarilayotgan tovar tannarxini yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning yangi usullari, menejmentni o’zlashtirish hisobiga pasayishi. Strategiya, qoidaga ko’ra tashkilot foydasini ko’payishiga olib keladi. V – ushbu bozor uchun qolgan strategiyalarning o’zgarishsiz tovar ishlab chiqarish dasturi (sotishlar hajmi)ni ko’payishi. Strategiya ko’lam samarasidan foydalanish hisobiga foydani ko’payishiga olib keladi. R – sotishning yangi bozorini o’zlashtirish, eski va yangi tovar servisini oshishi. Strategiya, qoidaga ko’ra, tashkilot foydasini ko’payishiga olib keladi. Tashkilotning sanab o’tilgan strategiyalarini amalga oshirish uchun innovatsiyalar zarur. 1-jadvalda tashkilot strategiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan innovatsiyalarning asosiy turlari sanab o’tilgan. 1-jadval Tashkilot strategiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan innovatsiyalar turlari
Eslatma. “+” belgisi tashkilotning tegishli strategiyasini amalga oshirish uchun innovatsiyalarni amalga oshirish zarurligini bildiradi. Tashkilotning strategiyalari va maqsadlariga muvofiq ular har xil birlashishlari mumkin. Qo’shimcha (1-jadvalga) belgilar kiritamiz: 1-strategiyani o’zgarmasligini ta’riflovi indeks (eski variant); 2-strategiyani yangilanishini ta’riflovchi indeks (yangi variant). Masalan, sifatni oshishi, solishtirma narxni pasayishi, tannarxni pasayishi, sotishlar hajmini o’sishi, mavjud yoki o’zlashtirilgan yangi bozorni kengayishi. Tushunamizki, tovarning sifat saqlanib qolinganda iste’molchining foydalanish harajatlari o’zgarmaydi; sifatni oshishida iste’molchining harajatlar pasayadi (ishlab chiqaruvchining harajatlari o’sishiga nisbatan yuqoriroq sur’atlarda); kashfiyotlar asosida yangi tovarni kiritish sifatini oshishi va tovar tannarxini pasayishiga olib keladi. 1 – jadvalda belgilangan innovatsiyalarning tashkilot strategiyasiga ta’sirlari va qo’shimcha qabul qilingan shartlar asosida tashkilot tovarlarini qayta ishlab chiqarishning xarakterliroq turlarini shakllantirish mumkin (2 - jadval) 2 – jadval Tovarlarni qayta ishlab chiqarishning asosiy turlari
Ushbu mavzuda bayon qilingan tavsiyalar bo’yicha bajarilgan ishning asosida tashkilotning yangiliklar va innovatsiyalar portfeli shakllantiriladi. Innovatsiyalar portfeli tashkilotga tadbiq etish (kiritish) kerak bo’lgan xarid qilingan va shaxsiy yangiliklarning majmuaviy asoslangan yangiliklar ro’yxatidan iboratdir. Yangiliklar portfeli tashkilot tomonidan sotish uchun ishlab chiqilgan yangiliklarning ro’yxatidan iborat. Innovatsiyalar portfelining misolli yiriklashtirilgan portfeli 3 – jadvalda, yangiliklar portfeli 4 – jadvalda berilgan. 3 – jadval Tashkilotga tadbiq etish kerak bo’lgan innovatsiyalar portfeli (shakl)
4 - jadval Tashkilotning ishlab chiqishi va sotishi kerak bo’lgan yangiliklar portfeli (shakl)
Shunday qilib, strategik marketingning ilmiy yondashishlari va usullari asosida tovarlarning raqobatbardoshlik me’yorlari, tashkilot innovatsiyalari va yangiliklari portfellari ishlab chiqilgan. ITTKI bosqichida ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar va yangiliklarni raqobatbardoshligini amalga oshirish imkoniyati tadqiqot qilinadi. Download 38.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling