Turizm xizmatlari bozorini boshqarishda davlat siyosatining yo’nalishlari


Download 269.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.03.2023
Hajmi269.17 Kb.
#1259507
  1   2   3
Bog'liq
turizm-xizmatlari-bozorini-boshqarishda-davlat-siyosatining-yo-nalishlari



Turizm xizmatlari bozorini boshqarishda davlat siyosatining 
yo’nalishlari 
 
Munibaxon Saidolimxon qizi Dovudova 
Qo’qon universiteti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada turizm xizmatlari bozorining rivojlanish 
xususiyatlari, shart-sharoitlari va tamoyillarini o‘rganish, turizm sohasida davlat 
siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari, turizm xizmatlari bozorining 
rivojlanishida hududiy sayyohlik tizimlarining o‘rnini asoslash va qulay raqobatchilik 
muhitni shakllantirish yo‘nalishlari, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirishning 
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha omillari tadqiq qilingan. 
Kalit so’zlar: turizm, davlat siyosati, turizm industriyasi, raqobat, turistik 
mahsulot, turistik xizmatlar. 
Directions of state policy in the management of the market of 
tourism services 
Munibahon Saidolimhon qizi Dovudova 
Kokand University 
Abstract: This article examines the features, conditions and principles of 
development of the tourism services market, the priorities of state policy in the field of 
tourism, the rationale for the role of regional tourism systems in the development of 
the tourism services market and the formation of a favorable competitive environment. 
Factors on the priorities of the market of tourist services have been studied. 
Keywords: tourism, public policy, tourism industry, competition, tourism 
products, tourism services. 
Kirish 
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy 
islohotlarda ham turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish, turizm 
xizmatlari bozori faoliyatini kengaytirish, hududiy sayyohlik tizimlarini rivojlantirish 
masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va 
ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash
turizm infratuzilmasini kengaytirish kabi vazifalar belgilangan. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1298


Hozirgi zamonaviy sharoitlarda turizm xizmatlari bozori faoliyatini kengaytirish, 
hududiy sayyohlik tizimlari, jumladan turistik klasterlar, turizmga ixtisoslashgan erkin 
hududlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ob’ektiv ahamiyat kasb etgan 
masalalar qatoriga kirdi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 
ta’kidlaganlaridek: “Turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish biz 
uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi”[2]. Turizm xizmatlari bozori faoliyatini 
kengaytirishda hududiy sayyohlik tizimlari, jumladan turistik klasterlar va erkin 
turistik hududlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini 
o‘rganish va atroflicha tahlil etish zarur. 
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili 
Turizm xizmatlari bozori faoliyatini kengaytirishnig nazariy va amaliy jihatlari 
hamda hududiy sayyohlik tizimlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish 
masalalari ko‘plab xorij iqtisodchi olimlarining ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. 
Jumladan, Shilchenko T.L.[3], Kvartalnov V.[4], Chudnovskiy A.D.[5], Durovich 
A.P.[6], va boshqalarning ilmiy ishlarida yoritilgan. 
Mamlakatimizda turizm xizmatlari bozori faoliyatini kengaytirishning nazariy 
jihatlari, hududiy sayyohlik tizimlarini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, 
turistik klasterlar hamda erkin turistik hududlar faoliyatini rivojlantirish masalalari 
To‘xliev I.S[7], Rahmatullaeva F.M.[8], Navro‘z-zoda Sh.B.[9], Ro‘ziev Sh.R[10] va 
boshqa olimlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. 
Shunday qilib, so‘nggi yillarda mamlakat milliy iqtisodiyotining strategik 
tarmoqlaridan biri sifatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 
izchil amalga oshirilmoqda, bu esa uning tez rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, 
daromadlarni ko‘paytirish, aholi turmush darajasi va sifatini yuksaltirish, shuningdek, 
investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan. 

Download 269.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling