Turizm xizmatlari bozorini boshqarishda davlat siyosatining yo’nalishlari
Download 269.17 Kb. Pdf ko'rish
|
turizm-xizmatlari-bozorini-boshqarishda-davlat-siyosatining-yo-nalishlari
Tadqiqot metodologiyasi
Ushbu maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy ishlari, ilmiy monografiyalari, o‘quv qo‘llanmalari va maqolalarini tahlil qilish, statistik tahlillari, miqdor va sifat ko‘rsatikichlarni hisoblash, ularni bir-biri bilan solishtirish kabi uslublardan foydalanildi. Tahlil va natijalar Keyingi yillarda turizmga oid ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan yangi resurslar guruhi, ya’ni institutsional resurslarni inobatga oliniashi taqozo etilmoqda. Chunki institutsional resurslar jami resurs ta’minotini faollashtirish uchun davlat tashkilotlari, rasmiy va norasmiy moliyaviy institutlar salohiyatidan har taraflama va to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratadi. Hududda turizm bozorini rivojlantirish uchun doimiy nazoratni talab etuvchi tashkiliy-boshqaruv bloki elementlaridan biri bo‘lgan turistlar xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6 www.openscience.uz 1299 Iqtisodiyotda xizmatlar o‘sishining asosiy omillarini ilmiy bilimlar, nomoddiy shakldagi to‘plamlar, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik faoliyati integratsiyasi kabi omillar tashkil etadi. Bugungi kunda Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohasini, jumladan turistik xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalarni jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda turizm xizmatlarining o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish dolzarb masala hisoblanadi. Turizm bozorining rivojlanishini belgilovchi munosabatlar poydevori ma’lum bir makon va zamonga xos bo‘lgan shart-sharoitlar poydevori asosida shakllanadi. Ma’lum bir hududda turizm bozorining rivojlanish shart-sharoitlari xususiyatlarini to‘liqroq anglash uchun ularni uchta tuzilmaviy guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir (1-jadval). 1-jadval Turizm bozorining rivojlanish shart-sharoitlari Asosiy bloklar Tarkibiy tuzilmasi Tabiiy-geografik Mintaqada turizm shakllanishining bazis sharoitlarini tashkil etuvchi: - Mintaqa geografiyasi: - Mintaqaning tabiiy-geografik, tarixiy-madaniy, hududiy-geografik xususiyatlari va resurslari. Ijtimoiy- iqtisodiy - turistik faoliyatning mehnat resurskari bilan ta’minlanganligi; - turizm sohasining moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi. Tashkiliy institutsional - Turistik faoliyatning institutsional va axborot resurslari bilan ta’minlanganligi; - Turistik infratuzilmaning rivojlanganligi; - Turistik hududga transportda boorish imkoniyati; - Turizm rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmining samarali ishlashi; - Hududda turistlar xavfsizligining ta’minlanganligi. Turizm bozoridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar mohiyatan bir tomondan, turoperatorlar, turagentlar, ularning kontragentlari va hamkor tashkilotlarning turistik talabni qondirishga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatlarini rag‘batlantirish, boshqa tomondan esa, ikki tomonlama kelishuv asosida turistlarning to‘lovga qodir talablarini qondirish va motivlashtirishga qaratilgan hisoblanadi. Mamlakat hududlarida turizmning ijtimoiy samaradorlikka bevosita ta’sirini alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Bu yo‘nalishda xorijda bir qator ilmiy ishlar chop etilishiga qaramasdan, turizmning ijtimoiy rivojlanishga va aholi turmush darajasiga ta’sirining ilmiy-nazariy asoslari hali to‘liq shakllanmagan. Avvalo, hududiy turizm bozorining ijtimoiy sohaga ta’sir ko‘rsatishining asosiy yo‘nalishlarini "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6 www.openscience.uz 1300 aniqlab olish zarur (1-rasm). 1- rasm. Turizm bozorining ijtimoiy samaradorlik yo‘nalishlari Turizmning ijobiy ta’siri birinchi navbatda mintaqadagi milliy qadriyatlar va urf- odatlarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga olib keladi. Ushbu yo‘nalish mintaqada o‘ziga xos madaniy turistik brendni shakllanishi va turistlarni taklif qilishning muhim mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirishda yangi kommunikatsiyalar, informatsion texnologiyalarni qo‘llash aholining ijtimoiy qarashlarini va faoliyatlarini ijobiy tarafga o‘zgarishiga olib keladi. Milliy iqtisodiyot tarkibida turizm sohasining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bular quyidagilardan iboratdir: Turizm sohasi sayyohlarning ehtiyojlarini qondirishga yunaltirilgan ko‘p qirrali funksional tuzilmaga ega murakkab tizim hisoblanadi, shuningdek, xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan o‘ziga xos shakl va usullarni qamrab oladi; - Turizm bozorida turistlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan turistik mahsulot taklif etiladi. Turistik mahsulot kompleks tavsifga ega bo‘lib, sayoohat davomida vujudga keladigan talabni qondirish uchun zaruriy xizmatlarning “paketi” shaklida namoyon Milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish Aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini yuqori darajaga ko‘tarish Aholi salomatligini mustahkamlash Aholi madaniyatini oshirish O‘rta sinfni shakllanishi va mustahkamlanishi Aholini turistik xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish Mavjud tabiiy-tarixiy yodgorliklarni saqlash, o‘rganish Hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy rivojlanishdagi farqlarni kamaytirish Yangi ijtimoiy infratuzilma obektlarini barpo etish IJTIMOIY SAMARADORLIK YO‘NALIShLARI TURIZM BOZORI "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6 www.openscience.uz 1301 bo‘ladi; - Turizm sohasining moddiy ishlab chiqarishdan asosiy farqi, turistik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha pirovard natijalarga erishish bevosita isteʼmolchining ishtirokida yuzaga kelishi hamda isteʼmol jarayonining bevosita turistik resurslar mavjud joyda amalga oshirilishi hisoblanadi; - Turistik xizmatlarga bo‘lgan talabning bozor konʼyunkturasiga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy muhit o‘zgarishiga yuqori taʼsirchanlikka ega ekanligi. Bunda turizm sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar xavfsizligi o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ladi. Turizm industriyasi subektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy baza shakllanmoqda. Turizmning rivojlanishidagi barcha to‘siq va g‘ovlarga barham berish, viza va ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirilmoqda. Turizm sohasida tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni hamda, turizm sohasida statistik hisobga olish tizimini takomillashtirilmoqda. Xulosa va takliflar Hozirgi zamonaviy sharoitlarda turizm xizmatlari bozori faoliyatini kengaytirish, hududiy sayyohlik tizimlari, jumladan turistik klasterlar, turizmga ixtisoslashgan erkin hududlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish obektiv ahamiyat kasb etgan masalalar qatoriga kirdi. Turizm sohasining taraqqiyotini taʼminlashda “zamonaviy innovatsiya va iqtisodiy o‘sishning sifat omili” bo‘lgan “klaster” lar faoliyatini samarali shakllantirish obektiv zaruriyat kasb etmoqda. Bugungi kunda turizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirishda klaster mexanizmidan foydalanish soha taraqqiyotini ta’minlashda hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Mamlakatda turizmni barqaror rivojlantirish milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga, turizmning zamonaviy yo‘nalishlarini yaratishga, turizm infratuzilmasiga davlat ta’sirining boshqaruvini kuchaytirishga, aholining turmush darajasibva farovonligini oshirishga, ekologik xavfsizlikni ta’minlashga, tarixiy hamda madaniy yodgorliklarni saqlab qolishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining darajasini oshirishga, jamiyatning ma’naviy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Download 269.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling