7-Mavzu: Korxonaning daromadi va foydasi Reja
Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat
Download 93.3 Kb.
|
7-Mavzu. Korxonaning daromadi va foydasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydani oshirishning asosiy yo‘llari
- 7.3. Korxonada foydani oshirish uso`llari
Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat:
korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati natijasida olingan foydasi davlat va korxona o‘rtasida xo‘jalik subyekti sifatida taksimlanadi; foydaning davlatga to‘lanuvchi bir qismi solik va yig‘imlar ko‘rinishida byudyetga kelib tushadi. Soliklar tarkibi va foizi, ularni xisoblash tartibi va byudjetga to‘lanuvchi boshqa to‘lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi; soliqlar to‘langandan so‘ng korxona tasarrufida koluvchi foyda miqdori, uning ishlab chiqarish xajmini oshirish xamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi lozim. Foydani oshirishning asosiy yo‘llari: ishlab chikarilayotgan maxsulot miqdorini, sifatini oshirish; ortiqcha asbob-uskunalar va boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga berish; moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ish kuchi va ish vaqtidan unumliroq foydalanish xisobiga maxsulot tannarxini pasaytirish; ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish; maxsulot bozorini kengaytirish va x.k. 7.3. Korxonada foydani oshirish uso`llari Harajatlarni kamaytirishning hal qiluvchi sharti doimiy texnologik taraqqiyotdir. YAngi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, texnologiyani takomillashtirish, ilg‘or materiallarning turlarini joriy etish mahsulot tannarxini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Ishlab chiqarishning o‘sishi bilan korxonaning foydasi nafaqat xarajatlarning kamayishi, balki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sonining ko‘payishi hisobiga oshadi. SHunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo‘lsa, korxona tomonidan olingan foyda shuncha ko‘p bo‘ladi. Mahsulot tannarxini pasaytirish uchun kurashda eng muhim narsa bu korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatining barcha sohalarida qat’iy iqtisodga rioya qilishdir. Mamlakatimizda iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga turli darajadagi juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Omillarning ta’sir darajasi salmog‘ining katta yoki kichik bo‘lishi, muhim yoki muhim emasligiga qaramay, har biri natija tavsifidagi o‘zgarishlarda o‘z o‘rniga ega. Korxonalarning biznes faoliyatida yuqori samaraga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ham iqtisodiy sub’ektlarni rivojlantiruvchi muhim omillardan biri sanaladi. Ushbu omil iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda, ham mikro (korxona miqyosida), ham makro (korxonalar miqyosida) darajada katta ahamiyatga ega. Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi islohatlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish ekanligi belgilab qo‘yilgan. Demak, bu boradagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Korxonalarda yuqori iqtisodiy samaraga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda sohaga oid adabiyotlarning roli ham muhim ahamiyatga ega. CHunki tegishli adabiyotlardagi usul hamda uslublar vositasida mahsulotning samarasi ilmiy-amaliy asosda aniqlanadi, bashoratlanadi, rejalashtiriladi, hisob-kitob qilinadi, nazorati amalga oshiriladi hamda iqtisodiy tahlil qilinib o‘rganiladi. Pirovard natijada esa yuqori samaraga ega deb topilgan mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda maqsadga muvofiq boshqariladi. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, sohaga oid adabiyotlarda mahsulotning samarasi ko‘rsatkichi turli yondashuvlar hamda ulardan kelib chiqadigan uslublar asosida aniqlanmoqda. Qayd etish kerakki, muayyan yondashuvlar asosida tavsiya etilgan ko‘rsatkichlar o‘z tayinlanishiga ko‘ra iqtisodiy samaradorlikni qaysi bir jihatdan o‘lchab aks ettirib bermoqda hamda o‘z amaliy ahamiyatini namoyon qilmoqda. Biroq davrimizdagi iqtisodiy munosabatlarning tez va keskin o‘zgarishi ularning talablarini darhol e’tiborga olishni zarurat qilib qo‘ymoqda. Bu esa munosabat va uning natijalarini o‘lchash hamda aniqlash uchun o‘ziga xos asos yoki hisob-kitob ob’ektlarini hamda tartiblarini talab etmoqda. Zamonaviy yondashuvlar yangi munosabatlarning natijadorligini to‘g‘ri aniqlashni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. YA’ni amaldagi an’anaviy usullarda e’tibor berilmagan jihatlar yoki yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Innovatsion qarashlar asosida yangi hisoblash ob’ektlari hamda tartiblari tavsiya qilinmoqda. Fikrimizga misol tariqasida korxona biznes faoliyati samarasini aniqlab beradigan asoslardan biri rentabellik ko‘rsatkichini keltirib o‘tamiz. Amaliyotda rentabellik zarurati, o‘rni va ahamiyatiga ko‘ra samaradorlikni aks ettirib beruvchi boshqa turdagi ko‘rsatkichlardan farqli jihatlarga ega. Rentabellik ko‘rsatkichi hisobot davrida muayyan hisob ob’ektiga (odatda sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari, aktivlar, xususiy kapital va shu kabilar) nisbatan to‘g‘ri keladigan foydalilik darajasini ifodalab berishga tayinlangan. Bu bilan muayyan hisob ob’ektining nisbiy o‘lchovlardagi samarasi aniqlanadi hamda uning samarali yoki samarasiz ekaniga baho beriladi. Rentabellik ko‘rsatkichi ham xalqaro maydonda, ham milliy iqtisodiyotdagi korxonalar hisob tizimida keng qo‘llaniladi. Rentabellik ko‘rsatkichi tayinlanishiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi. Misol uchun, jami aktivlar rentabelligi, asosiy vositalar rentabelligi, joriy aktivlar rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va shu kabilar. Garchand rentabellik ko‘rsatkichlari nomlanishi va mazmuniga ko‘ra o‘zaro bir-birlaridan farqlansa-da, mohiyatiga ko‘ra bir turga mansubligini saqlab qoladi. Rentabellik ko‘rsatkichlarini bir tizimga keltirib, ularning zarur yoki kamchilik tomonlarini bir maqola doirasida yoritib berish imkoniyati mavjud emasligini e’tiborga olib, bildirmoqchi bo‘lgan fikrimizni mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi ko‘rsatkichi misolida bayon etamiz. Download 93.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling