7-mavzu: Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiya qilishning normativ usuli. Reja


Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning normativ usuli


Download 34.35 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi34.35 Kb.
#1443224
1   2   3
Bog'liq
7 Mavzu. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiya qilishning normativ usuli.

Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning normativ usuli xarajatlar hisobi normativ usulining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bu usulning afzalligi unda hisob-kitoblarning oddiyligidir. Bu usulning asosiy afzalligi quyidagilardan iborat;
- normativ kalkulyatsiyalar tuzish yo‘li bilan xarajatlar ustidan nazorat o‘rnatish imkoni;
- haqiqiy miqdorlarni normativ miqdor bilan taqqoslash yo‘li bilan xarajatlar ustidan nazorat o‘rnatish imkoni;
- haqiqiy xarajatlarni normativ xarajatlardan og‘ishishida yuzaga kelishidagi
joy, sabablar va aybdorlarini aniqlash va tahlil qilish imkoni;
- faqat hisobot davri oxiridagina emas, ishlab chiqarish jarayonida ham
tеzkor choralar ko‘rish imkoni va h.k
Quyidagi sabablarni mazkur usulning kamchiliklariga kiritish mumkin:
– foydalanilgan zahiralar miqdori va ularga qo’yilgan baholar nazorati uchun me’yorlarning mavjud emasligi;
– chetlanish sabablari, uning aybdorlari, joyini aniqlash va tahlil etish imkoniyatining yo’qligi;
– ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar hisob-kitoblari faqat hisobot davri oxirida o’tkazilishi mumkin va h.k.
Normativ usulda normativ xarajatlar bilan haqiqiy xarajatlar o’rtasida yuzaga keladigan farq chetlanish, deb ataladi.
Bir dona ishlab chiqarilgan mahsulotga to’g’ri keladigan normativ xarajatlar quyidagi elementlardan iborat bo’ladi:
– bevosita normativ moddiy xarajatlar;
– bevosita moddiy xarajatlarning normativ miqdori;
– normativ ish vaqti (bevosita mehnat haqi xarajatlari);
– ish vaqtining normalashtirilgan stavkasi;
– o’zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsienti;
– doimiy umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsienti.
Ushbu usulni qo’llash quyidagi afzalliklarga ega: har bir xarajat turi bo’yicha norma va normativlarning o’rnatilganligi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar birligi tannarxining normativ kalkulyatsiyasini tuzish, amaldagi normalar va ulardan chetlanishlar bo’yicha xarajatlar hisobini yuritish.
Faqat miqdor bo’yicha normalardan foydalanilganda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

Download 34.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling