7-mavzu: ma’lumotlar bazasi bilan ishlashning kengaytirilgan imkoniyatlari. Tayanch iboralar
Download 196.74 Kb.
|
Ma\'lumotlar bazasi bilan ishlashning kengaytirilgan imkoniyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashning kengaytirilgan imkoniyatlari.
@DARS_ISHLANMA_YANGI 7-MAVZU: MA’LUMOTLAR BAZASI BILAN ISHLASHNING KENGAYTIRILGAN IMKONIYATLARI. Tayanch iboralar: Hardware; Software; MB administrator; yaxlitlik; MB modeli; ER – modellari; binar munosabatlar modeli; semantik model; fayl menedjeri; Guery protsessor; kompilyator; relyatsion modellar; Clipper; Paradox; FoxPro. 7.1. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashning kengaytirilgan imkoniyatlari. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: ma’lumotlarning turi va kо‘rinishi ularni qо‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bо‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini о‘zgartirganda, dasturlarni о‘zgartirish talab etilmasligi lozim; MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot sо‘zini ma’lumot sо‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot sо‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri hozirgi zamon kompyuterlaridir. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bо‘lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Kompyuter xotirasida har bir fayl yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bо‘ladi. Yozuv-о‘zaro bog‘langan ma’lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni qaralayotgan ma’lumotning о‘lchoviga bog‘liq. Har bir yozuv esa maydon deb ataladigan bо‘laklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning qisqa tо‘plamidan iborat bо‘lishi lozim. Har bir maydon, о‘zi ifodalaydigan ma’lumotlariga kо‘ra, biror nomga ega bо‘ladi. MB tashkil qilish, ularga qо‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan dasturlar zarur bо‘ladi. Bunday dasturlar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MBBT–bu kо‘plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qо‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bо‘lgan dasturlar majmuidir. MBBTning asosiy tarkibiy qismi–ma’lumotlar bо‘lsa, boshqa tarkibiy qismi–foydalanuvchilardir. Bulardan tashqari Hardware- texnik va Software-dasturiy ta’minoti ham MBBTning samarali ishlashini ta’minlovchi tarkibiy qismlar hisoblanadi. Hardware tashqi qо‘shimcha qurilma iborat bо‘lsa, dastur qismi esa MB bilan foydalanuvchi о‘rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi о‘rganilayotgan obyektning ma’lumotlari kо‘rinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog‘liq bо‘ladi. Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bо‘linadilar: foydalanuvchi-dastur tuzuvchi; tizimli dastur tuzuvchi; ma’lumotlar bazasi administratori. Bunda dastur tuzgan foydalanuvchi MBBT uchun yozgan dasturga javob beradi, tizimli dastur tuzuvchi esa butun tizimning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda MB administratori tizimning saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi. MBBT quyidagicha tavsiflanadi: Bajarilishlik (Ispolnimost)- foydalanuvchi sо‘roviga hozirjavoblik bilan muloqotga kirishish; Minimal takrorlanishlik (Minimalnaya povtoryayemost)- MBdagi ma’lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi; Yaxlitlik –axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi bog‘liqlikni asragan holda bо‘lgani, ayni muddao; Xavfsizlik (Bezopasnost)- MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya qilingan bо‘lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin; Migratsiya–ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. Shuning uchun ma’lumotlar tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng kо‘p ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bо‘lsin. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari bо‘yicha tavsiflanadi: Ma’lumotlar tuzilmalarining turi; Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar; Butunlikning cheklanganligi. Bu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda ma’lumotlar bazasi modellari quyidagi turlarga bо‘linadi: Daraxtsimon (iyerarxik) modellar; Tarmoqli (tо‘rli) modellar; Relyatsion modellar. Yana shu narsani ta’kidlash lozimki, ma’lumotlar bazasi modellarining faqatgina yuqorida qayd qilingan modeli mavjud deyish notо‘g‘ri. Chunki bulardan tashqari yana ma’lumotlar bazasining binar munosabatlar modeli, ER – modellari, semantik model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda asosan dastlabki ta’kidlangan 3 turli modellar kо‘proq qо‘llanilib kelinmoqda. Shuning uchun ham biz ushbu modellarga qisqacha tо‘xtalib о‘tamiz. Daraxtsimon (iyerarxik) modelda obyektlar yozuvlar kо‘rinishida ifodalanadi. Iyerarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bog‘langan bо‘lsa, unday ma’lumotlar tarmoqli (tо‘rli) modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modellarda ham obyektlar daraxtsimon modellardagi kabi yozuvlar kо‘rinishida tasvirlanadi. Obyektlarning о‘zaro aloqalari yozuvlar о‘rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi. Relyatsion modellarda esa obyektlar va ularning о‘zaro aloqalari ikki о‘lchovli jadval kо‘rinishida tasvirlanadi. Ma’lumotlarning bunday kо‘rinishda tasvirlanishi obyektlarning о‘zaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos bо‘ldi. Download 196.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling