7-mavzu: Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi


Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukm turlari


Download 123.51 Kb.
bet15/29
Sana07.01.2023
Hajmi123.51 Kb.
#1081621
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
7-мавзу Документ Microsoft Office Word (1)

Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv (sifat va xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi anik ka’tiy qilib kursatiladi. SHuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta’riflasa bo‘ladi.
Masalan: «Hamma daraxtlar o‘simliklardir» va «Xech bir o‘simlik xayvon emas». Birinchi hukmda daraxtlarning o‘simliklar sinfiga kirishi haqida fikr bildirilsa, ikkinchi hukmda o‘simliklar va xayvonlar sinfining o‘zaro xech kanday umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan.
Ikkita, uchta va xokazo predmetlar o‘rtasida muayyan munosabatlarning bo‘lishi yoki bulmasligini ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bulakdan katta». «Ikki-uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va bulak o‘rtasida bo‘lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan.
Munosabat hukmlari sifatiga ko‘ra tasdiq yoki inkor hukm turlariga bulinadi. Tasdiqlovchi munosabat hukmlarda predmetlar o‘zaro muayan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat hukmlarda esa predmetlar o‘rtasidagi muayan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi.
Munosabat hukmlari mikdoriga ko‘ra ham turlarga bulinadi. Xususan, ikki urinli munosabat hukmlari mikdoriga ko‘ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, xususiy-xususiy, yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga bulinadi.
Masalan: «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Gruppamizning har bir studenti fakultetimizdagi hamma ukituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Gruppamizdagi ba’zi talabalar ba’zi xind kino yulduzlarini yaxshi biladilar» (juz’iy-juz’iy). «Tarix ukituvchisi gruppamizdagi har bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Dustim ba’zi masalalarni echa oladi» (yakka-juz’ii): «Gruppamizdagi hamma talabalar ingliz tilini urganadilar» (umumiy-yakka); «Gruppamizdagi ba’zi ta­labalar fransuz tilini urganadilar» (juz’iy-yakka); «Gruppa­mizdagi ba’zi talabalar «Paxtakor» komandasining har bir uyinchisini biladilar» (juz’iy-umumiy).
Uch urinli, turt urinli va xokazo munosabat hukmlari ham yuqoridagi kabi turlarga bulinadilar.
Atributiv va munosabat hukmlaridan boshqa yana mavjudlik hukmlari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), ayniyat hukmlari («A-V» ko‘rinishda bo‘lgan) va modal hukmlar (extimol yomgir yoradi) ni kursatish mumkin. Ba’zi darsliklarda ular oddiy katiy hukm turlari sifatida talkin qilinadi. Biz bu hukm turlarini alohida ko‘rib chikmaymiz, chunki mavjudlik hukmlarini kupincha atributiv hukmlar ko‘rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat hukmlari ko‘rinishida talkin qilish mumkin.
SHuningdek, oddiy hukm turlari sifatida ajratib kursatuvchi va istisno kiluvchi hukmlar ham farqlanadi. «Gruppamiz talabalaridan faqat 4 kishi musobakada katnashadi». Bu ajratib kursatuvchi hukmdir. «Mantiq tarixi» kursidan boshqa hamma ukitiladigan fanlardan darsliklar etarli». Bu istisno kiluvchi hukmdir.

Download 123.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling