7-mavzu. Maqola va uning turlari Maqola
Download 65.26 Kb.
|
7-mavzu. Maqola va uning turlari Maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
7-topshiriq. Venn diagrammasidan foydalanib, ilmiy va publitsistik maqolalarni solishtiring.
8-topshiriq. Berilgan maqolani qismlarga ajrating (Kirish. Asosiy qism. Xulosa). Maqolada ishlatilgan kalit (tayanch) so‘zlarni yozing. Tillarni o‘qitish jarayonida multimеdiali o‘quv kontеntlaridan foydalanish Ахмедова Муқаддас, п.ф.н., доцент Тошкент ахборот технологиялари университети Kalit so‘zlar: Ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy qilinishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatishiga olib keladi. Bu esa talabadan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab qiladi. Chunonchi, o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq pedagogik ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan puhta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Shu bois, mamlakatimizda kompyuter yordamida til o‘rgatish ishlari tobora jadallashtirilmoqda. Turli manbalardagi ma'lumotlar va tajribalarga tayangan holda shuni aytish mumkinki, ta'lim jarayonini axborotlashtirish, xususan, oliy maktabning ta'lim rus tilida olib boriladigan guruhlarida o‘zbek tili darslarini kompyuterlashtirish muhim ijobiy natijalarga olib keladi, jumladan: ta'lim-tarbiya jarayoni faollashtirilishi, jadallashtirilishi tufayli nutq o'stirish samaradorligi oshmoqda; axborotlarning turli shakllarda (ovoz, matn, video, grafika, animatsiya yordamida) berilishi til o‘rganuvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, mavzuning xotirada uzoq vaqt saqlanishini ta'minlaydi; talaba mashg‘ulot jarayonining passiv tinglovchisidan faol ishtirokchiga aylanadi; mustaqil ta'lim madaniyati shakllantiriladi; kompyuterning o‘zi ham o‘rganish obyekti bo‘lgani bois, kompyuter savodxonligini chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi; vaqt tanqisligi muammosi sezilarli darajada kamayadi; o‘qituvchining ko‘pgina tashkiliy vazifalari kompyuter zimmasiga o‘tib qoladi; kompyuter talabaning bilimini, mavzuni o‘zlashtirish darajasini obyektiv tarzda nazorat qilib baholaydi. Ayniqsa, talabaning o‘z natijalarini shu zahoti monitorda ko‘rishi muhim ahamiyatga ega. Bunda rag‘batlantiruvchi yoki ogohlantiruvchi elementlar talabaga katta ruhiy ta'sir o‘tkazadi, hatoni tuzatishga, diqqat e'tiborini jamlashga ko‘maklashadi. Mashg‘ulot mobaynida bajarilishi mumkin bo‘lgan mashq, vazifalar soni keskin ko‘payib, mashqlar didaktik tamoyillarga mos keladi. Kompyuter sun'iy ravishda “til muhiti”ni yaratadi. Bundan tashqari, multimedia texnologiyalari kompyuter yordamida bilimlarni turli ko‘rinishlarda ifodalash imkoniyatiga ega, jumladan: tasvirlar, skanerlangan rasmlar, chizmalar, xaritalar va slaydlar; ovozli yozuv, ovozli samaralar va musiqalar; video, murakkab videosamaralar va animatsiya imitatsiyalari; animatsiya va simulyatsiyalarni taqdim etilishi talabalarda tasavvur hosil qilib, o‘tilgan mavzuni samarali o ‘zlashtirishga katta yordam beradi. Aynan shuning uchun ham axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarning rivojlanishi bilan shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish uchun mo‘ljallangan muhim pedagogik vositalar - internet, multimedia kabi ta'lim ash'yolari va gipermatnlik elektron darsliklardan iboratdir. Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini ta'limda qo‘llanilishi yanada rivojlangan axborot vositalarini - gipermedia tizimlarini yaratishga olib keladi. Demak, multimedia foydalanuvchiga yanada samaraliroq ta'sir etishga qaratilgan turli dasturiy va texnik vositalarni axborot texnologiyalarining spektrini ifodalaydi. O‘qitishning bunday usuli texnologik yondashuv - reproduktiv ta'limga hos bo‘lib, quyidagilarni nazarda tutadi, ya'ni: o‘qish-o‘qitish jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq bosqichlar, fazalar, amallarga ajratish; ta'limdan kutilgan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ketlikda, bosqichma-bosqich amalga oshirish; loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarish reproduktiv daraja uchun pedagogik texnologiya usulidagi ta'lim undan kutiladigan natija ham belgilab qo‘yiladi, o‘quv materiali aniq ifodalangan o‘quv maqsadiga mos qayta tuziladi, ayrim modullarga ajratiladi, o‘quv materialini o‘rgatishning alternativ usullari nazarda tutiladi. O‘qitishni etalonda ko‘rsatilgan natijaga yetkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu holatda o‘qitishga ijodiy yondashuv talab qilinadi. Ta'lim muassasalarining ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatida ijodiy individual yondashuvni tatbiq qilish ta'lim-tarbiyaning rivojlanuvchi modelini o‘z ichiga oladi. Modomiki shunday ekan, ta'lim-tarbiya tizimiga multimedali elektron resurslarni joriy qilish pedagogikaning asosiy vazifalaridan biriga aylanadi. Kompyuter asri deb ataladigan, fan va texnikaning barcha sohalari shiddatli ravishda rivojlanayotgan bir davrda barcha sohalar kabi o‘zbek tili fanini o‘rganish darajasi mezonlari ham rivojlanib, takomillashib bormoqda. Shunga ko‘ra, o‘zbek tili fanidan yaratilayotgan multimediali o‘quv resurslari talablarning og‘zaki va yozma nutq malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirish, mazmunini boyitishga qaratilgan bo‘lib, ta'lim samaradorligini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan multimedia darslarini yaratish uchun o‘zbek tilida milliy qadriyatlar aks etgan, vatanparvarlik, milliylik g‘oyalari singdirilgan matnlar, videoroliklar, ixtisoslikka moslashtirilgan materiallar tayyorlanib, mavzular bo‘yicha tizimga solinadi. Barcha materiallar mavzular bo‘yicha mantiqiy izchillikda ishlab chiqiladi. Bunda asosiy e'tibor nutqning kommunikativ ko‘nikmalariga, mavzularni innovatsion texnologiyalar asosida o‘tishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy AKT lar yordamida media darslar yaratish uchun asos vazifasini bajaradi. Foydalanilgan adabiyotlar: М.Арипов, Б.Бегалов. Ахборот технологиялари. Тошкент, 2008 й. Усманов А.И. Замонавий ахборот технологиялари. Т.: № Академия”, 2007. Полат Е.С. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования., - М.: 1999. 224с. Саидаҳмедов Н. Янги педагогик технологиялар - Т.: “Молия” 2003. 172-бет. Ботвенко М.А. Компьютерная лингводидактика. / Учебное пособие. М. 2009. Download 65.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling