7-mavzu: Metallarga egov bilan ishlov berish
Download 132.22 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirtni egovlash
- Foydalanilgan adabiyotlar
7-mavzu: Metallarga egov bilan ishlov berish Zagotovkani egovlashga tayyorlash uchunmetall cho’tka bilan tozalanadi, qo’yim qoldiqlarini zubilo bilan kesib tekislanadi. Detal yuzasini gorizontal holatda gira jag’-laridan 8 — 10 mm ko’tarilib turadigan holatda u qistirma (mis, jez, alyumin, yumshoq po’lat) qo’yib mahkamlanadi. Gira balandligi ishchi bo’yiga moslana-di: o’ng qo’lbilan bo-sish ,kuchayganda ol-dingi tbmon, zaif-lashganda orqa tomon qiya egovlanadi. Gira oLdida uning o’qiga nisbatan 45° burchak hosil qilib, yarim bu-rilib, tik va turg’us turiladi (150-rasm, a, b). Oyoqlar bir-bi- a riga nisbatan 60°-70° burchak hosil qilib qo’yiladi. Tovonlar oralig’i 200—300 mm bo’lishi kerak (150- m, v). O’ng qo’l bilan da-taning ovalsimon uchi kaftning yumshoq joyiga tiralib turadigan qilib ushlana-di (151-rasm). Bosh barmoqni dasta o’qi bo’y-lab qo’yib, qolgan barmoqlar bilan dastani kaftga bosiladi. Chap qo’l kaftini egovnivd uchidan 20—30 mm ora-liqda egovga ko’ndalang qilib qo’yish, barmoqlarni biroz bukish, chap qo’l tirsagini bir oz ko’tarish kerak. Egovni ravon, minutiga 40—60 marta harakat qilib, gorizontal holatda ikkala qo’l bilan oddinga (ish yurishi) va orqaga (salt yurishi) yurgizilganda, u ishlov berilayo|tgai zagotovkaga butun yuzasi bilan tegib turishi kerak. Salt yurish vaqtida egovni ish sirtidan uzilmaydi. O’ng va chap qo’llarning kuchi egovlashda quyidagicha taq simlanadi: egovni oldinga yurgizilgandagina, o’ng va chap qo’llar bilan bosish kuchining muvozanatlanishiga qat’iy ishonch hosil qilgan holda bosiladi (152-rasm). Ish yurishi boshlanishida egovni chap qo’l bilan bosysh, o’ng qo’l bilan uni gorizontal vaziyatda tutib turish kerak. O’rtasida har ikki qo’l bilan egovga bosish kuchi bir xil bo’lishi ksrak. Ish yurishi oxirida asosiy bosish o’ng qo’dda bajariladi, chap qo’l bilan esa egov gorizontal vaziyatda tutib turiladi. Gavdani gira tomonga engashtiriladi. Gavda og’irligi chap oyokqa tushadi. Sirtni egovlash murakkab va sermashaqqat jarayondir. Egovlashda, qo’p uchraydigan nuqson sirtlarning tekislikdan og’ishidir. Bir yo’na-lish bo’yicha egovlashda sirtning toza va tekis bo’lishi qiyin. Shu-ning uchun egov yo’nalishini doimo burchaqsan-burchakka o’zgartirish kerak. Dayetavval gira o’qiga nysbatan 30°—40° chapdan o’ngga (153-rasm, a), keyin egovni tekislikdan olmay boshqa yo’nalishga (b, v), so’ngra qiyshiq shtrix bilan o’ngdan chap yo’nalishga (g) yo’naltirib egovlanadi. Shunday yo’nalish bilan ishlangandagina yuzaga kerakli darajada ishlov berish mumkin. Ishlov berilgan yuzani tekshirish uchun egovlangan yuzadagi qirindi chutka yoki latga bilan tozalanadi. Zagotovkani garadan chiqarib tekshirilayotgan yuzasiga chizg’ichni qirrasi bilan perpendikulyar qilib qo’yiladi. Bunda chizg’ych butun uzun- ligi bo’yicha yuzani qoplab turishi kerak. Shundan keyin, zagotovkani ko’z sathiga qadar ko’tarib yuzani bo’ylamasiga, ko’ndalangiga va diagonal bo’yicha yorug’lik manbaiga karata tekshiriladi. Ishlov berilgan yuzaga bo’yalgan tax-tani qo’yib tekshirish mumkin. Bu holda tekshiruv taxtasini qurum, ko’k, qizil yoki moyli bo’yoq bilan bo’yab tekshiriladigan yuzaga qo’yiladi va bir necha marta yuza bo’ylab aylantiriladi. Agar ishlov berilgan yuzada bo’yoq bir tekis tarqalva, u hodda zagotovka yaxshi egovlangan hisoblanadi. Bordiyu unda qavariq va botiqlik bo’lsa, bo’yoq botiq yuzalarga tegmaydi. Qavariq yuzalarning esa bo’yog’ini artib qayta-dan egovlanadi. Ikkita sirtning parallelligini 154-rasmda ko’rsatilganidek shtangensirkulda tekshirish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. J.R.Kulmuxamedov. Chilangarlik ishlari. -Toshkent: O’qituvchi, 2003. 2. Chilangarlik ishlari buyicha amaliy ishlar. -M.: VO’sshaya shkola, 1999. 3. Spravochnik molodogo slesarya po texnicheskomu obslujivaniyu i remontu avtomobiley. -M.: VO’sshaya shkola, 1989. 4. V.M.Berkov. Texnik O’lchov. (albom) -M.: VO’sshaya shkola, 1983. 5. N.I.Maknenko. Chilangarlik ishi umumiy kursi. -M.: VO’sshaya shkola, 1998. 6. V.S.Starichkov. Slesarlik ishlari buyicha amaliyot. -M.: Mashinostroyeniye, 1983. 7.V.A. Skakun. Chilangarlik ishiga O’rgatish buyicha qo’llanma. -M.: VO’sshaya shkola, 1982. Download 132.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling