7-Mavzu: mttda tarbiyalanuvchilarning maktabga tayyorlash o’quv jarayonini tashkil etish. Reja
-Mavzu: Ta’lim-tarbiya ishining mazmuni. Ta’lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish shakllari
Download 87.63 Kb.
|
kerak bo\'lishi mumkun
10-Mavzu: Ta’lim-tarbiya ishining mazmuni. Ta’lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish shakllari.
Reja: Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni. metod iva usullari hamda uni tashkil etish turlari Bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni. metod iva usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o‘yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo‘sh vaqti, ko‘ngil ochar daqiqalarni tashkil etish , shuni ngdek, ota- onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim. O‘qitislming har bir bo‘limiga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanish ularni sekin asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo‘limga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo‘ lim bilan bog‘ langan asosiy ta’lim tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa bo‘ limlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg‘ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg‘ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o‘yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixoxlik munosabatini, bir-birining o‘yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni xaqgo‘ylik bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi. Rejada o‘yinda bolalarni o‘zaro munosabatlari va xulq-atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o‘yinlarining mazmuni ni, ularning o‘ynash ko‘nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachsi xilma xii harakatli va didaktik o‘yin larni uyushtiradi, ularga rahbarl ik rejalashtiradi. Bolalarning mehmat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O‘z mazmuniga ko‘ra topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so‘ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmumi, bolalarga navbalchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz,metod va usullarni ko‘rsatadi. Rejada bolalaming jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o‘tkazish vaqti ko‘rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi. Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va xodisalar bilan bog‘liq bayramlar, maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal xislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o‘tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim muassasasining bolalarga ta’sir ko‘rsatishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning i lg‘or usullarini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota- onalar majlisi, bolani oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg‘ulotlar o‘kazishni, bolalar ishlari bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi. Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’ lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik-fiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta’lim- tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o‘ylab olish, maqsadni aniqroq ko‘rish imkonini beradi. Reja bo‘lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi qo‘llanmalardan foydalanishni biladi. Ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy boshlanishidan besh kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja daftarida avvalo haftalik mashg‘ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har o‘n besh kunga mo‘ljallangan badan tarbiya mashqlari, ota-onalar bilan ishlash rejasi va kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi. Download 87.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling