7-mavzu. Oila va bolalar ijtimoiy himoyasi. Reja Aholini ijtimoiy himoya tizimi tushunchasining shakllanishi, asosiy tamoyillari va ijtimoiy yordam turlari
Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmi va uning moliyaviy ta’minlash shakllari
Download 30.93 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-мавзу
2.Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmi va uning moliyaviy ta’minlash shakllari
Bugungi kunda respublikamizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila va bolalarni quyidagi toifalarga ajratish mumkin: - Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi bolalar va ularning oilalari; - maxsus ehtiyojga ega bo‘lgan farzandli oilalar; - kam ta’minlangan va ko‘p bolali, shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan oilalar; - shafqatsiz munosabat (mehnat ekspluatatsiyasiga tortilgan, zo‘ravonlik, oiladagi nizoli vaziyatlar va hokazo) qurboni bo‘lgan bolalar. Bolalar tug‘ilishi va tarbiyasi munosabati bilan oilada o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadning pasayishi sodir bo‘ladi. Shu bilan birga, ko‘p bolali oilalarning aksariyati kam daromadli oilalarda yashaydi. Bu holat ko‘pincha turmush darajasining belgilangan ijtimoiy standartlariga, hatto tirikchilik minimumi darajasidan ham past bo‘lishiga olib keladi. Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi masalalarni hal qilishda milliy loyihalarning o‘rni katta. Bu masalalar qatoriga quyidagilar kiradi: – aholi sonining barqaror ko‘payishiga erishish uchun tug‘ilishni ko‘paytirish; – bolalar salomatligini mustahkamlash va ularga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish; – onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirish; – homilador ayollar va bolali oilalar turmush darajasini saqlash. Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilishning iqtisodiy mohiyati milliy daromadni sog‘lom avlod tug‘ilishi uchun shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash va oilalarning bolalar tug‘ilishi bilan erishilgan past turmush darajasini saqlash maqsadlarida qayta taqsimlashdan iborat. Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilishning asosiy maqsadi – ayollarning onalik davridagi va bolali oilalarning moddiy turmush darajasi va sifatini himoya qilish, shuningdek, ularning sog‘ligini saqlash hisoblanadi. Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish tizimining elementlari o‘z ichiga majburiy ijtimoiy sug‘urtani, davlat ijtimoiy ta’minotini, ixtiyoriy shaxsiy sug‘urtani, o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashni, soliq imtiyozlarini, maqsadli ajratilgan mablag‘larning budjetdan Pensiya jamg‘armasi budjetiga berilishini oladi. Tizimning har bir elementi onalar va bolali oilalarni moddiy va ijtimoiy jihatda qo‘llab-quvvatlashning muayyan choralari orqali amalga oshiriladi. Bu elementlar moliyaviy mexanizm, bolali oilalar daromadini qayta taqsimlash darajasi, shuningdek, ularni himoya qilish darajasi bilan farqlanadi. Onalik sarmoyasi (oilaviy sarmoya) – bu onalarga budjet mablag‘laridan ikkinchi va undan keyingi bolalar tug‘ilgandan keyin ajratiluvchi sarmoyadir. Ayollar va bolali oilalar bu sarmoyadan turar joy sotib olish yoki ta’lim sohasida xizmatlar olish, ayollarning nafaqa ta’minotini yaxshilash uchun foydalanishlari mumkin. Homiladorlik, tug‘ish va bolani parvarish qilish jarayonlari bilan birga kechuvchi xavflarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: – ona va bola hayoti, sog‘ligiga tahdid soluvchi xavflar; – daromadni yo‘qotish va qo‘shimcha sarf-harajatlarning yuzaga kelish xavflari. Aytish joizki, birinchi va ikkinchi guruhdagi xavflar bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ona va bola hayoti, sog‘ligiga tahdid soluvchi xavflar ichki va tashqi xavflarga bo‘linadi. Ichki xavflarga quyidagilar kiradi: – turli kasalliklar va holat buzilishlari munosabati bilan onalar va chaqaloqlar o‘limi; – homiladorlik, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi surunkali kasalliklar, homiladorning noqulay mehnat sharoitlari yoki korxonada sanitariya me’yorlariga amal qilmaslik, tug‘ish jarohatlari va boshqa sabablar tufayli yuzaga kelgan asoratlar va patologiyalar. Tashqi xavflarga esa quyidagilarni kiradi: – baxtsiz hodisalar (kuyish, xizmatdan boshqa joydagi lat yeyishlar, avariya, halokatlar) natijasida shikastlanish va halok bo‘lish; – tibbiy aralashuvlar (anesteziya asoratlari, akusherlik yordami) natijasida shikastlanish va halok bo‘lish. Homiladorlik, tug‘ish va bolani parvarish qilish jarayonlari bilan bog‘liq holda daromadning yo‘qolish yoki kamayish xavflari quyidagi holatlarga olib keladi: – ishlovchi ayollar uchun ish haqining yo‘qotilishi yoki pasayishi; – bola tug‘ilishi munosabati bilan harajatlar; – qo‘shimcha tekshiruv, davolash zaruriyati bilan bog‘liq harajatlar; Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari, o‘z navbatida, quyidagilarni iborat: – davlat to‘lovlari va nafaqalarining yagona tizimini, unga majburiy ijtimoiy sug‘urta, davlat ijtimoiy ta’minoti, shaxsiy sug‘urta tizimlari orqali to‘lanuvchi pul nafaqalari, to‘lovlar, badallar kiradi; – bolali oilalarning yo‘qotilgan yoki olinmagan ish haqlarining o‘rnini soliq imtiyozlari orqali to‘ldiruvchi daromadlar siyosati; – onalik sarmoyasi mablag‘larini boshqarish. Nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari ikki guruhga bo‘linadi: Birinchi guruhga barcha bolali oilalarning mulkiy va boshqa manfaatlariga dahl qiluvchi tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, tug‘ilishni rag‘batlantirish va kasalliklarni profilaktika qilish bo‘yicha choralar hamda mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ta’tillar berish choralari kiradi. Ikkinchi guruhga esa bolali oilalar va yetim bolalar ma’lum toifalarining mulkiy va boshqa manfaatlariga dahl qiluvchi bolali oilalar turli toifalariga: ko‘p bolali oilalarga, nogiron bolalari bor oilalarga, kam ta’minlangan oilalarga, to‘liq bo‘lmagan oilalarga, oilalarga boquvchisini yo‘qotish chog‘ida, oilalarga bola boqib olishda, qaramog‘iga olish yoki vasiylik tayinlanishida, asrandi bolani oilaga qabul qilishda, shuningdek, yetim bolalarga va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarga ijtimoiy yordamning alohida shakllari qo‘llaniladi. Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy xavflarni boshqarish mexanizmlari orqali amal qiladi. Bu mexanizmlar ijtimoiy tahdidlar ta’sirlarini bartaraf qilish yoki o‘rnini to‘ldirish maqsadida milliy daromadni qayta taqsimlashga da’vat qilingan. O‘zbekistonda onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish tizimining tuzilishi ko‘rinishga ega. Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish elementlariga bog‘liq ravishda tizimni mablag‘ bilan ta’minlashning quyidagi manbalari mavjud: davlat budjeti, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari, korxona va tashkilotlar hamda fuqarolarning shaxsiy mablag‘lari. Majburiy ijtimoiy sug‘urta onalik va bolalikni budjetdan tashqari jamg‘armalar ishtirokchilari o‘rtasidagi xavfni taqsimlash mexanizmi orqali ijtimoiy muhofaza qilish tizimining asosiy elementi hisoblanadi. Ijtimoiy sug‘urta tizimi onalik va oilaviy nafaqalar to‘lovini, tug‘ish sertifikatlarini, shuningdek, bolalar va homilador ayollarning sihatgohlarda davolanishiga haq to‘lanishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, budjetdan tashqari sug‘urta jamg‘armalaridan moliyaviy mablag‘larni sug‘urta qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalar uchun ishlatiladi. Davlat ijtimoiy ta’minoti bola tug‘ilishi munosabati bilan harajatlarni davlat budjeti va mahalliy budjetlar orqali mablag‘ bilan ta’minlaydi. Bolali oilalarga ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarining o‘rnini soliq imtiyozlari to‘ldiradi. Soliq chegirmalari ijtimoiy-demografik siyosatning xazina vositasi sifatida tug‘ilishni rag‘batlantirish sohasidagi yana bitta choradir. Davlat ayollar va bolali oilalarni ijtimoiy himoyalashni jismoniy shaxslardan ilgari to‘langan daromad solig‘ini budjetdan qaytarib berish orqali amalga oshiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik deganda davlat, sug‘urta va boshqa mablag‘lardan onalik bilan bog‘liq xavflarning nomaqbul ta’sirini qoplash uchun foydalanishning samaradorligi tushuniladi. Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish tizimining samaradorligini baholashda davlat nafaqalari va to‘lovlarning yagona tizimining samaradorligi kabi tarkibiy qismlar ajratiladi. Davlat tomonidan moliyalashning quyidagi ko‘rsatkichlar aks ettiradi: – to‘lovlar miqdorining YaIMga nisbati; – davlat yordamidan foydalanuvchi bolali oilalar ulushi; – bolali oilalar daromadlarida to‘lovlarning ulushi. Oila darajasida samaradorlik ijtimoiy ahvol, bolali oilalar turmush darajasi va sifatining quyidagi nisbiy parametrlari bilan tavsiflanadi: – yo‘qotilgan va oxirigacha olinmagan daromadning o‘rnini to‘ldirish chorasi va nafaqalar to‘lashning davomiyligi; – to‘lovlar miqdorining tirikchilik minimumi, o‘rtacha ish haqi, o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad qiymatlarining o‘zaro nisbati; – to‘lovlarning tabaqalanish darajasi, ularning eng kam va eng ko‘p miqdorlarining o‘zaro nisbati; – sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning samaradorligi; – tug‘ilish va profilaktik kasallanishlarga ta’sirlarni baholash. Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilishning demografik vaziyatga ta’sir darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi: – tug‘ilish darajasi; – onalar va chaqaloqlar o‘limi darajasi; – hayotning kutilayotgan o‘rtacha davomiyligi; – kasallanish darajasi. Shuni alohida qayd qilish lozimki, davlat tomonidan bolali oilalar uchun belgilangan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari oilada navbatdagi bolaning tug‘ilishi natijasida umumiy oilaviy daromadning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan xavfni to‘la qoplamaydi. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsatishda hukumat manzillilik tamoyilini amalga oshirishga intiladi, ya’ni to‘lovlar faqat nochor oilalarga beriladi. Sog‘liqni saqlash sohasida onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish samaradorligini baholashda onalar va bolalar o‘limining ijobiy dinamikasini qayd qilish kerak. Biroq, keyingi yillarda homilador ayollar, yaqinda tug‘adigan va tuqqan ayollar sog‘ligining holatida quyidagi o‘zgarishlar kuzatilmoqda: – onalar va chaqaloqlar o‘limining yuqori darajasi; – homiladorlar, yaqinda tug‘adigan va tuqqan ayollar salomatligining yomonlashuvi; – ayollar kasallanishining yuqori darajasi; – abortlarning yuqori darajasi; – bolalar salomatligining yomonlashuvi. Onalar o‘limining barcha sabablari ichida birinchi o‘rinda ayollarda hali homiladorlikkacha bo‘lgan davrda kasallarning mavjudligi turadi. Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish tarkibida ixtiyoriy tibbiy sug‘urta keng qo‘llanadi. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta sog‘liqning ahvoli, homiladorlik va tug‘ishlarning nomuvofiq kechishi, tug‘ish jarohatlari tufayli yuzaga kelgan homiladorlik, tug‘ish asoratlari va patologiyalari xavfidan himoyani ta’minlaydi. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bozorida taklif qilinayotgan homiladorlik sug‘urtasi o‘z mohiyatiga ko‘ra, homiladorlikni, tug‘ishni olib borish va tug‘ishdan keyingi qulaylik uchun shartnomadir. Bolaga qarash bilan bog‘liq daromadni yo‘qotish sug‘urtasi ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga qo‘shimcha sifatida hozircha amalga oshirilmayapti. Vaqtinchalik daromadni yo‘qotish ijtimoiy sug‘urta qilish tizimi doirasida bolaga ikki yosh to‘lgunga qadar qarash bo‘yicha nafaqa bilan qoplanadi. Oilani ijtimoiy muhofaza qilishning alohida modeli, ya’ni bu bevosita oila tomonidan, uning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, bola tug‘ilishi chog‘ida yuzaga keluvchi xavflardan samaraliroq himoyalanish uchun qo‘llaniladi. Modelning asosini moliyaviy rejalashtirish tashkil qiladi. Undan oldin oila tomonidan bola tug‘ilishi haqidagi va zarurat bo‘lsa uy-joy sharoitlarini yaxshilash (uy-joy sotib olish) haqida qaror qabul qilinadi. Bunda oila ipoteka kreditidan foydalanishi mumkin. Moliyaviy rejalashtirish hali homiladorlikgacha yoki bola tug‘ilgungacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi: – bola tug‘ilishi munosabati bilan bo‘lg‘usi daromadlar va harajatlarni tuzish. Harajatlar doimiy kundalik (kommunal to‘lovlar, kredit bo‘yicha foizlar, majburiy va ixtiyoriy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta badallari) va bir martalik (ayol va bolaga ko‘rsatiluvchi tibbiy xizmatlar to‘lovi; bola uchun zarur buyumlar, mebel sotib olish va boshqalar) harajatlarga bo‘linadi. Harajatlar bola tug‘ilishidan keyingi eng yaqin davrga ham, bir necha yil oldinga ham rejalashtirilishi mumkin. Keyingi holda harajatlarga enaga xizmatiga, ta’lim xizmatlariga va h.k. to‘lov qo‘shiladi; – onalar va bolali oilalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning mavjud choralari haqidagi qonunlarni o‘rganish. Oilaviy ahvolning maqomidan (oilaning ishlovchi a’zosimi yoki ishlamaydigan a’zosimi), o‘ziga xos xususiyatlaridan (bu holda moliyaviy va ijtimoiy yordamning qo‘shimcha choralari joiz) kelib chiqqan holda, barcha belgilangan to‘lovlarni aniqlash; – ishlovchi bo‘lg‘usi onaning mehnatga layoqatsizlik davrini hisoblash, bu davr mobaynida oilaning umumiy daromadi pasayadi; – homiladorlikni va tug‘ishni o‘tkazadigan, tug‘ishdan keyin bo‘ladigan va yangi tug‘ilgan chaqaloqni tekshiradigan tibbiy muassasani izlash va tanlash. Tanlash chog‘ida oila uning ixtiyorida mavjud moliyaviy imkoniyatlarga tayanadi. Majburiy tibbiy sug‘urta polisi bo‘yicha standart xizmatlar olishdan qo‘shimcha to‘lov evaziga har jihatdan qulayroq xizmatlar sotib olishgacha bo‘lgan variantlar mavjud; – oilaviy vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shaxsiy sug‘urta shartnomalarini tuzish talab qilinishi mumkin. Masalan, majburiy tibbiy sug‘urta yo‘q bo‘lgan chog‘da yoki agar oila homiladorlik, tug‘ish, ona va bolaning keyingi kuzatuvini yuksak qulaylikka ega klinikalarda olib borish uchun to‘lashga tayyor bo‘lsa, unda majburiy tibbiy sug‘urta shartnomasi tuziladi. Homiladorlik paytidagi baxtsiz hodisalardan sug‘urta dolzarbdir. Qo‘shimcha ravishda oila bola tug‘ilishiga hayotning to‘planuvchi sug‘urtasini yoki bir paytning o‘zida ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan holatga sug‘urtani olishi mumkin; – oilaning bo‘lishi kutilmagan harajatlarini qoplash uchun bank depozitlari orqali jamg‘armalardan foydalanish yoki bolaning bo‘lg‘usi moliyaviy ta’minoti uchun hisob ochish. Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish tizimining samaradorligini oshirishda quyidagi chora-tadbirlarning o‘rni katta: – tibbiy xizmatlar to‘lovi bo‘yicha majburiyatlarni majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi tasarrufida saqlab qolish. Bu qo‘shimcha pul mablag‘laridan vrachlarni moddiy rag‘batlantirishda va tibbiy muassasalarni zamonaviy jihozlar bilan qo‘shimcha ravishda ta’minlashda foydalanishni jadallashtirish uchun tibbiy muassasalarga mablag‘lar o‘tkazish davrini qisqartirishga imkon beradi; – soliq siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish, jumladan, fuqarolar hayotini sug‘urta qilish shartnomalarini tuzishni rag‘batlantirish maqsadida yuridik shaxslar uchun mavjud imtiyozga o‘xshash soliqlarni kiritish; – bolalarni ikki yosh to‘lgunga qadar parvarishlash bo‘yicha nafaqa miqdorini ishlamaydiganlar uchun tirikchilik minimumi miqdoriga qadar, ishlovchilar uchun esa o‘rtacha ish haqi darajasiga qadar asta-sekin oshirib borish. Undan tashqari, bolaga ikki yoshdan uch yoshgacha qarash bo‘yicha, bunday ta’tilda bo‘lgan barcha shaxslar uchun eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdordagi nafaqa kiritish maqsadga muvofiq. Ikkinchi va undan keyingi bolalarga ikki yoshdan uch yoshgacha bolani parvarishlash bo‘yicha nafaqa to‘lovlari ikki eng kam ish haqi miqdoriga qadar oshirilishi kerak. Shunga muvofiq, mablag‘lar davlat budjeti (ishlamaydigan fuqarolar uchun) va tashkilot (korxona)larning ish haqi jamg‘armasidan (ishlaydigan fuqarolar uchun) moliyalanadi; – 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolani boqishga va maktab yoshidagi bolaga nafaqalar miqdorini nochor oilalar uchun kamida eng kam ish haqi miqdori darajasiga qadar oshirish. Bu turdagi nafaqalar tug‘ilishlar soni bo‘yicha tabaqalashtirilgan bo‘lishi va o‘sayotgan bolalar ehtiyojlarini hisobga olishi kerak; – bola tug‘ilgan paytda bir martalik nafaqani olishi uchun majburiy shartlardan ayolni homiladorlik sababi bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasasida 20 haftagacha muddatga tibbiy hisobga qo‘yish shartini chiqarib tashlash; – homilador va tug‘adigan ayollarga tibbiy yordamni tashkil qilish hamda bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi infratuzilmasini rivojlantirish. Download 30.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling