Auditorlik professional etikasi va auditorning huquqiy javobgarligi


Download 1.04 Mb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1386526
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint


I ll bob. AUDITORLIK PROFESSIONAL ETIKASI VA
AUDITORNING HUQUQIY JAVOBGARLIGI
3.1. Professional etikaning mohiyati va ahamiyati
Etika - shaxs yoki shaxslar guruhining ma’naviy — axloqiy xatti — harakatini belgilab beravchi qonun-qoidalar tizimidir. Qadimdan shifokorlik etikasi tushunchasi mavjud bo'lgan. Bu etikaning asosiy maqsadi shifokorlar faoliyatini axloqiy nuqtayi nazardan tartibga solishga, o‘z kasbiga nisbatan vydonan yondashishga undashdan iborat edi. Hozirgi kunda auditorlik sohasida ham shifokorlik etikasi singari auditorlik etikasi yuzaga keldi. Auditorlik etikasining asosini mustaqillik, malaka, halollik va xolislik tamoyillari tashkil etadi. Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi tashkilotlar ham turli qonunlar, standartlar bilan bir qatorda auditorlik etikasi kodeksini ham ishlab chiqishgan. Shu jumladan, respublikamizda ≪ 0 ‘zbekiston auditorlaming kasbga oid Axloq Kodeksi” qabul qilingan. Ushbu kodeksda auditorlar audit sohasiga nisbatan jamoat ishonchi va e’tiborini orttirish uchun o ‘zlarini qanday tutishlari lozimligi, o ‘z zimmalaridagi vazifalami amalga oshirish jarayonida amal qilishlari lozim bo'lgan axloqiy, ma’naviy qadriyatlar, tamoyillar o ‘z ifodasini topgari. Audit tekshiruvini o'tkazish jarayonida umuminsoniy qadriyatlar, tartib - qoidalarga amal qilish har bir auditor va auditorlik firmasi rahbarining zimmasidagi majburiyatdir. Etika normalariga amal qilgan holda ish yuritish auditorlik faoliyatining jamoatchilik orasidagi obro‘-e’tiborining ortishiga, bu tur xizmatga jamoatchilikning ehtiyoji oshishiga xizmat qiladi. Aksincha, etika tamoyillarining buzilishi auditorlik sohasiga va auditorlar jamoasiga nisbatan katta hurmatsizlikning namunasi hisoblanadi va bu sohaga ham ma’naviy, ham moddiy zarar keltiradi. Etika tamoyillariga amal qilmaslik har bir auditorga nisbatan keskin choralar ko'rilishiga, xususan, auditorlik malaka sertifikati va litsenziyasidan mahrum qilinishiga olib keladi.
3.2. Auditorlik Professional Etika Kodeksi
Auditorlik Professional Etika Kodeksi auditorlik faoliyatining o‘ziga xos ≪Odobnoma”si hisoblanadi. Ushbu kadeks auditorlik faouyatining umuminsoniy qadriyatlarga, fazilatlarga mos bo'lishini, auditor o‘z faoliyatini halollik bilan, faqatgina jamiyat manfaatlaridan keBb chiqqan holda amalga oshirishini ta’miidaydi Yuqoridagi tamoyillarga asosan ish yuritish jamiyatning auditorlik faoliyatiga ishonchi va ehtiyojining ortishiga xizmat qilishini anglagan holda ko‘pgina xorijiy davlatlarda Auditorlik faoliyatining etika Kodeksi qabul qilingan. Bu Kodeks yuridik kiichga ega va unda keltirilgan tamoyillarnmg buzilishi auditomiiig jinoiy, moddiy javobgarlikka tortilishiga olib keladi. Ko‘pgina xorijiy davlatlnr, shu jumladan, respublikamizda qabul qilingan ≪ 0 ‘zbekiston auditorlaming kasbga oid Axloq Kodeksi” da auditorlarga nisbatan etika nuqtayi nazaridan quyidagi asosiy lalablar keltirilgan:

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling