Auditorlik professional etikasi va auditorning huquqiy javobgarligi


- Umumqabul qilingan axloqiy normalarga amal qilish


Download 1.04 Mb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1386526
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

- Umumqabul qilingan axloqiy normalarga amal qilish. Auditorlar o‘z zimmalaridagi vazifalarini amalga oshirish jarayonida unrnminsoniy axloqiy qadriyatlar, tamoillarga amal qilgan holda, halollik bilan ish yuritishlari va qaror qabul qilishlari shart. Boshqacha qilib aytganda, auditorlar ≪Boshqalar siz uchun qilishlarini xohlamagan ishini o‘zingiz ham boshqalar uchun qilmang≫ jumlasiga amal qilgan holda ish ko‘rishlari, butun tekshiruv o‘tkazish va xulosa tayyorlash jarayonida halollik bilan ishlashlari, masalalarga xolislik bilan yondashishlari, adolatsizlikka va boshqa hamkasblari tomonidan insoniy, axloqiy qadriyatlarning buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
- Jamiyat manfaatlarini ifoda etish. Garchi audit tekshiruvi uchun haqni mijoz to'lasada, auditor faqatgina jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda ish ko‘rishi shart. Mijoz manfaatlarini sohq va sud idoralarida himoya etishdan oldin auditor mijozning bu manfaatlari to‘g‘ri, qonuniy asosda yuzaga kelganiga ishonch hosil qilishi zarur. Aks holda auditor mijoz manfaatlarini himoya etishdan bosh tortishi shart.
- Auditorning xolisligi. Tekshiniv yakunida xulosa va tavsiyalar tayyorlash uchun yagona asos - yetarli miqdordagi va ishonchli ma’lumot hisoblanadi. Auditor bilgan holda noto‘g‘ri ma’lumotlarni to‘plashi, yoki ma’lumotlami soxtalashtirishi va ularni tashqi foydalanuvchilarga taqdim etishi mumkin emas. Auditor xizmat ko‘rsatish jarayonida har qanday turdagi tashqi bosim yoki shu kabi boshqa holatlar o ‘z mulohazasining xolisligiga (xolislik - jamiyat manfaatlaridan boshqa guruhlar manfaatini himoya etmaslik) ta’sir etmayotganiga ishonch hosil qilishi va shuni ta’minlashi, aks holda, xulosa berishdan bosh tortishi shart. Auditor xulosasi va qarori boshqa uchinchi taraf fikriga emas, faqatgina shu auditorning o‘z shaxsiy mulohazasi, fikriga asoslanishi kerak. Auditor o ‘z xolisligiga ta’sir o'tkazishi mumkin bo'lgan har qanday shaxs bilan muloqot olib borishdan bosh tortishi lozim.
- Auditorning e ’tiborliligi. Professional xizmat ko‘rsatish jarayonida auditor o ‘z ishiga yuqori darajada e ’tiborlilik, ehtiyotkorlik bilan yondashishi, rejalashtirish, tekshiruv o‘tkazish va xulosa tayyorlash jarayonida mavjud qonunlar va standartlarga to‘liq araal qilinishiiii ta’ininlashi, tekshimvning har bir bosqichiga nisbatan yiiqori darajadagi nazoratni o‘rnatishi zarur.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling