7-mavzu. Olinadigan schyotlar (debitorlik qarzlar) hisobi reja


T/r Xo’jalik muomalalarining mazmuni


Download 75.62 Kb.
bet3/10
Sana28.01.2023
Hajmi75.62 Kb.
#1135531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-MAVZU. OLINADIGAN SCHYOTLAR (DEBITORLIK QARZLAR) HISOBI (1)

T/r

Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog’lanishi



Debet

Kredit



1

Debitorlik qarzlarini qoplash uchun ajratilgan bo’linmalardan assosiy vositalar va boshqa aktivlar kelib tushdi



0110-0190 va boshqalar

4110

2

Ajratilgan bo’linmalarga mol-mulk (asosiy vositalar va boshqa aktivlar) ajratildi



4110

0110-0190 va boshqalar

3

Ajratilgan bo’linmalar xodimlariga mehnat haqi to’lash uchun pul mablag’lari ajratildi



4110

5010, 5110

4

Ajratilgan bo’linmalar tomonidan asosiy vositalar qaytarildi



0110-0190

4110

5

Debitorlik qarzlarini qoplash uchun ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan pul mablag’lari kelib tushdi



5010-5530

4110, 4120

6

Ajratilgan bo’linmalarga moddiy qiymatliklar berildi (1500-schyotdan foydalanilganda)



4110

1510

7

Materiallar qiymatidagi farq ajratilgan bo’linmalar hisobiga ularga berilgan materiallar bo’yicha hisobdan chiqarildi (1610-schyotni qo’llaganda)



4110

1610




  1. Xodimga berilgan bo’naklarning hisobi

Korxona xodimlariga mehnat haqi bo’yicha, operatsion va ma’muriy-xo’jalik xarajatlari uchun hisobdorlik asosida, shuningdek xizmat safarlari uchun berilgan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4210 "Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar";
4220 "Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar";
4230 "Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar";
4290 "Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar".

Hisobdorlikka berilgan summaga, xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200) pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan, jumladan 5010 "Milliy valyutadagi pul mablag’lari", 5020 "CHet el valyutasidagi pul mablag’lari" schyotlari bilan bog’langan holda debetlanadi. Xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200) xarajatlar va sotib olingan qiymatliklar hisobga olinadigan schyotlar bilan yoki amalga oshirilgan xarajatlarning turiga qarab boshqa schyotlar bilan bog’langan holda kreditlanadi.


To’liq ishlatilmagan bo’naklar (masalan, xizmat safarlari uchun) korxona kassasiga qaytarilishi hamda xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200)ning kreditida va 5010 "Milliy valyutadagi pul mablag’lari", 5020 "CHet el valyutasidagi pul mablag’lari" schyotlarining debetida aks ettirilishi lozim.
4210 "Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar" schyotida korxona xodimlariga mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklarning barcha turlari yuzasidan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Bo’naklarning kelgusidagi mehnat haqi hisobiga berilishi xodimlarning sababi ko’rsatilgan arizasiga asosan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ushbu schyotda quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladigan, ya’ni 6710 "Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar" schyotining debeti va 4210 "Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar" schyotining kreditida mehnat haqi bo’yicha har oylik bo’naklar hisobga olinadi.
4220 "Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar" schyotida korxona xodimlariga xizmat safarlari uchun berilgan bo’naklar hisobga olinadi. Xorijga xizmat safariga yuborilayotgan xodimga Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag’lar berish tartibi to’g’risidagi Nizomga (ro’yxat raqami 2730, 2015 yil 9 noyabr’) muvofiq, chet el valyutasida bo’nak beriladi. Ushbu valyuta bo’nak berilgan kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo’yicha so’mga aylantiriladi va so’mda hisobga olinadi. Xizmat safarlari uchun berilgan va sarflangan chet el valyutasining hisobi alohida yuritiladi.
Xizmat safarlari uchun bo’naklar xizmat safari to’g’risidagi buyruq, chiptalar qiymati, kunlik yashash xarajatlari va boshqalar ko’rsatilgan holda bo’nak summasini hisoblash asosida beriladi.
4230 "Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar" schyotida umumxo’jalik ehtiyojlari uchun turli xildagi kichik inventar’ va jihozlarni naqd pulga hamda korporativ bank kartalaridan foydalangan holda sotib olish uchun berilgan bo’naklar aks ettiriladi. Tovar-moddiy qiymatliklarni baholash va kirim qilish tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
4290 "Xodimga berilgan boshqa bo’naklar" schyotida 4210 - 4230-schyotlarda aks ettirilmagan korxona xodimlariga berilgan boshqa bo’naklar hisobga olinadi.
Xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200) bo’yicha analitik hisob har bir berilgan bo’nak bo’yicha yuritiladi.

Xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200)ning bog’lanishi:






Download 75.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling