7-mavzu: O’quv jarayonini tashkil etishning umumiy diagnostikasi


Download 83.87 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi83.87 Kb.
#1270757
Bog'liq
7-mavzuг (1)

CHIRCHIQ PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

  • O’quv jarayonini tashkil etishning umumiy diagnostikasi
  • Bajardi: Sobirmatova Himoyat

REJA:

  • 1. Psixologik-pedagogik metodikalar va ularning t’lim jarayonini tashxislashdagi o’rni.
  • 2. P.I.Tretyakovning “ta’lim olganlik darajasini tashxislash” metodikasi.
  • 3. G.A.Russkiy tomonidan asoslangan “o’quvchilarning o’quv materiallari matni bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasini tashxislash” kabi metodikasi.

нТекст адписи

Psixologik-pedagogik diagnostika metodikalari

  • Shaxsning individual psixologik o’ziga xosliklari xamda axloqiy fazilatlarga egalik darajasini o’lchash xamda baxolashga qaratilgan faoliyatining shakl, metod va vositalari yig’indisi.
  • Psixologik hamda pedagogik adabiyotlarning aksariyatida tashxislash maqsadida qo’llaniladigan barcha psixologik-pedagogik metodikalar bir nom “Psixologik testlar” deb nomlanadi. Metodikalarning bunday nomlanishi xato. Zero metodikalar sifatida birgina testlardan foydalanilmaydi. Qolaversa, “metodika” tushunchasi negizida faqatgina metodlar ifodalanmaydi. Shu sababli ayni o’rinda “metodika” tushunchasining moxiyatini tushunib olish talab qilinadi.

METODIKA
  • Aniq belgilangan maqsaga erishish yo’lida, ma’lum vazifalarni bajarishda foydalaniladigan pedagogik faoliyatning tashkiliy shakllari, metodlari va vositalari jamlanmasi xisoblanadi.
  • Metodika faqatgina metodlar yig’indisidan tashkil topmaydi. Nazariy jihatdan u maqsadga erishish yo’lida o’qituvchi tomonidan tanlangan pedagogik faoliyat shakllari, metodlari va vositalarining yig’indisidan tarkib topadi.

Agarda metod umumiy harakterga ega bo’lsa, undan farqli ravishda metodika xususiy xarakter kasb etadi. Ya’ni, xar bir metodika muayyan shaxsning muallifligiga asoslanadi. Pedagogik va psixologik jarayonlarda ikki turdagi metodikalardan foydalaniladi.

P.I.Treyakov METODIKASI

  • 1.Farqlash
  • 2.Yodda saqlash
  • 3.Qayta yodga olish
  • 4.Amalda qo’llash
  • 5.Ijodiy ishni namoyish qilish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur.
  • Metodika o’z moxiyatiga ko’ra o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini (BKM) ni baxolash mqsadida ularning e’tiboriga quyidagi mazmunga ega mustaqil ishlarini tavsiya etishi maqsadga muofiq ekanligini nazarda tutadi.



Topshiriqlar mazmuni

BKMni o’zlashtirish
darajasi

1

Taqqoslang, tanlang, qiyoslang, ortiqch ....ni
toping

1-daraja: farqlash

2

Qayta tasvirlang, chizing, yozing, o’rtog’ingizga qayta hikoya qilib bering

2-daraja: yodda saqlash

3

Nega, nima uchun, nima bilan bog’liq, sabab oqibat aloqasini toping, nima ummiy bo’lishi mumkin, yagona birlikni toping, umumlashtiring

3-daraja: qayta yodga
olish

4

Namuna bo’yicha, qoidaga muvofiq, formula assosida bajaring, aytib bering, nimadir nima bilan qiyoslang, qandaydir xossasini aniqlang

4-daraja: amalda qo’lash

5

Ijod qiling, o’ylab toping, loyihalashtiring, modellashtiring, isbotlang, yechimini toping

5-daraja: ijodiy ishni namoyish qilish

G.A.Russkiy METODIKASI.

  • O’zida o’quvchilar tomonidan mavzu bo’yicha bilimlar tizimini o’zlashtirganlik darajasini aniqlash va ularning bilish faoliyatining takomillashtirish, to’g’rilashga imkon beruvchi individual dasturlar loyixasini tuzishdan iborat.
  • Bilim-ta’limning asosiy tarkibiy qismi bo’lib, usiz maqsadga muvofiq xarakatlarni tashkil etish mumkin emas.
  • Metodikani qo’llashda o’qituvchi o’quvchilarga o’rganilayotgan mavzu bo’yicha bilimlar tizimi tuzilishining mantig’ini ifodalovchi savollarni taklif qiladi.
  • Demak, Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirish dolzarb pedagogik vazifalardan biri sanaladi. Pedagogik tadqiqotlar ta’lim samaradorligini oshirish obyektiv va subyektiv omillarga bog’liq ekanligini tasdiqlaydi.
  • P.I.Tretyakov va G.A.Russkiy tomonidan ishlab chiqilgan metodikalar ta’lim, tarbiya jarayonini tashkil etishda aloxida amaliy qiymatga ega ekanligini tasdiqlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  • Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. Toshkent, 2000 yil.
  • Ochilov M. O’qituvchining muomula madaniyati. Qarshi, Nasaf 2012 yil.
  • Abdullayeva SH. Pedagogika. Toshkent. Fan va axborot texnologiyalari. 2012 yil.

Download 83.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling