7-mavzu. O‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini.
Reja
Elektron o’quv adabiyotlari va ularning turlari.
Zamonaviy elektron axborot-ta’lim resurslariga qo`yiladigan talablar.
O'quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta'minotini va o'quv muassasasi tashkiliy-boshqaruv tizimini avtomatlashtirish va uning istiqbollari
O‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi barkamol avlod muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog’i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish bo’lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, “Internet” tarmog’iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va hakozolardir.
Elektron o’quv adabiyotlari va ularni ishlab chiqishga qo’yilgan talablar.
Keyingi paytlarda darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishga yangicha yondashuvlar paydo bo’lmoqda. Bu borada elektron o’quv adabiyotlarini yaratish o’zining ijobiy pedagogik samaralarini bermoqda. Bunda elektron kitoblar (multimedia kitoblar, yarim media kitoblar, gipremedia kitoblar, intellektual kitoblar, telemedia kitoblar, kibernetik kitoblar), elektron nashr, elektron ta’lim resurslari, elektron uslubiy qo’llanma, elektron forumlar, elektron shakldagi o’quv – uslubiy materiallar, elektron o’quv nashri va shu kabilarning ahamiyati beqiyos. Quyida ular tavsiflarini keltiramiz:
Elektron darslik – bu an’anaviy darslikdan farqli o’laroq, fanga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio va video animasiyalar, gipermurojaatlardan o’rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlarshtirilgan darsliklar. U kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali o’zlashtirilishiga mo’ljallangan adabiyot. Shuningdek, u muayyan fanning o’quv hajmini to’liq qamragan va masofaviy o’qitish hamda mustaqil o’rganish uchun kompyuter texnologiyalariga asoslangan bo’lib, unda materiallar (o’quv va ilmiy materiallar faqat virtual (matn) shaklida, o’quv materiallari esa virtual (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklida) multimedia elementlari, ya’ni ma’lumot ikki – uch o’lchamli grafik ko’rinishida, video, animasiya va qisman virtual (matn) shaklida, obyektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini ifodalaydigan shaklda yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |