7-Mavzu. Otlarning ish qobiliyatini baholash Darsning maqsadi
Download 22.86 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy ko‘rsatmalar
- Topshiriq №1.
7-Mavzu. Otlarning ish qobiliyatini baholash Darsning maqsadi: Har xil mahsuldorlik yo‘nalishiga ega bo‘lgan otlarning ish qobiliyatini xarakterlovchi belgilari (yuk ko‘tarish, tortish kuchi, tezligi, quvvati bilan tanishish). Ish qobiliyatini har xil usullar bilan o‘rganish va 6u usullar yordamida otlarni baholash. Uslubiy ko‘rsatmalar Dars davomida o‘rganiladigan savollar va topshiriqlarni bajarish uchun amaliy mashg‘ulot kitobining 127-130 betlaridan foydalaniladi. Otlarning ish unumi uning tortish kuchi va bosib o‘tgan masofasiga qarab belgilanadi. Otlarni aravaga qo‘shishda tortish kuchi va bosib o‘tilgan yo‘l (masofa) hisobga olinadi. YUk tortish va yurishda aravaning ishqalanishida ro‘y bergan qarshiligini engish uchun sarf bo‘lgan kuchga otiing tortish kuchi deyiladi. Tortish kuchini aniqlashda katta yoshli otlar uchun V.G.Goryachkin formulasidan va mayda otlar uchun A.A.Maliganov formulasidan foydalaniladi. Bu erda R - tortish kuchi, 0 - otning tirik vazni. Otning tortish kuchini Vyust formulasi yordamida ham aniqlash mumkin. Normal sharoitda tortish kuchi ot tirik vaznining 13-15 foiziga teng bo‘ladi. Ayrim qisqa vaqt ichida bu ko‘rsatkich ot masofasining 50 hatto 80 foiziga teng bo‘lishi mumkin. Otning tezligi ma’lum bir masofani vaqt birligi ichida bosib o‘tishi bilan quyidagi formula orqali aniqlanadi. Bu erda: V - tezlik km/soat yoki m/sek; S - bosib o‘tilgan masofa km yoki m; t - sarflangan vaqt soat yoki minut. Bajarilgan ish miqdorini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: . Bu erda: A - bajarilgan ish, kg/metr; r - tortish kuchi, kg; s - bosib o‘tilgan masofa, metr. Ma’lum vaqt ichida bajarilgan ish miqdoriga otning quvvati deyiladi. Otning quvvatini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi. yoki yoki Quvvat birligi qilib ot kuchi qabul qilingan. Bir ot kuchi 75 kg m/sekundga teng. Topshiriq №1. Vazni 520 kg, o‘rtacha tezligi 1,5 m/sekund bo‘lgan ot 6 soatda qancha ish bajaradi hisobida? Topshiriq №2. Tezligi 8 km/soat va tortish kuchi 65 kg bo‘lganda 7 soat ichida ot qancha ish bajarishini hisoblang? Topshiriq №3. Ot 60 kg tortish kuchi bilan minutiga 3700 kg/m ish bajarsa, uning tezligi va quvvati qanday bo‘lishini aniqlang? Kerakli jihozlar: ish daftar, har xil turdagi yo‘nalishdagi va zotdagi otlar-ning suratlari, otlarning shaxsiy ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlar, adabiyotlar: 2,3,5. Download 22.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling