7-mavzu: p arametrli sikl operatorlari. B reak, continue va goto operatorlari
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
7-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Oshirish/kamaytirish (takroriy initsializatsiyalash) ifodasi.
7-MAVZU: P ARAMETRLI SIKL OPERATORLARI . B REAK , CONTINUE VA GOTO OPERATORLARI . U LAR YORDAMIDA DACURLAR TUZISH . Reja: 1. For operatori. 2. break operatori. 3. continue va goto operatorlari Tayanch so‘z va iboralar: Dastur, ifodalar, operator, sikllar, takrorlashlar,takrorlanish operatorlari, For operatori, Break operatori, continue operatori, goto operatori. 1. For operatori While va do-whileoperatorlari asosan iteratsiyalar soni (yani, sikl tanasi necha marta bajariladi) noma’lum bo`lganda ishlatiladi. Iteratsiyalar soni oldindan ma’lum bo`lganda odatda (har doim ham emas) for siklidan foydalaniladi. For sikli (ko`pgina insonlarga) C++ sikllarini tushunish uchun eng oson hisoblanadi. For siklining sintaksisi quyidagicha bo`ladi: for(initia1ization; test expression; re-initialization) // nuqtali vergul yo`q { body of the loop } // nuqtali vergul yo`q Bu 7.1-rasmda berilgan grafik yordamida ko`rsatilgan. 7.1-rasm. For siklining ishlashi Initsializatsiyalash ifodasi. Bu faqat bir martasikl birinchi boshlanganda amalga oshiriladi. Bu sikl o`zgaruvchisini (nazorat o`zgaruvchi) boshlang`ich qiymatini beradi. Tekst ifodasi. U o`zaro aloqador operatorlarni o`z ichiga oladi. U sikl tanasi bajarilishidan oldin sikl orqali har safar amalga oshiriladi. Agar tekst ifodasi to`g`ri (haqiqat) bo`lsa sikl tanasi bajariladi, agar yolg`on bo`lsa nazorat sikldan chiqib ketadi. Oshirish/kamaytirish (takroriy initsializatsiyalash) ifodasi. U har doim sikl tanasidan keyin siklning oxirida amalga oshiriladi. 1 1 J.B.Dixit. Fundamentalsofcomputer programmingandInformation texnology. India. 2009 (284-285 betlar) For siklida initsializatsiyalash ifodasi, tekst ifodasi va qayta initsializatsiyalash ifodasi majburiy emas, yani bu ifodalarning hammasini yoki istalganini tashlab yuborishingiz mumkin. Misol uchun, quyidagi for sikli C++ da cheksiz sikl hisoblanadi: for(; ;) cout <<"Infinite for loop\n"; Agarfor operatoridan keyin nuqtali vergul qavs ichiga olingan for sikli tanasi umuman bajarilmaydi. Misol uchun, int i; for(i = 1 ; i < = 10; + + i); //eslab qoling bu erda nuqtali vergul { cout<} Yuqoridagi operatorda oldin aytib o`tilganidek nuqtali vergul mavjudligi sababli for sikli tanasi birdan o`ngacha i ning qiymati uchun bajarilmaydi. Lekin agar yuqoridagi operatorni quyidagicha yozsak: int i; for(i=1; i< =10; + +i) { cout<< i <<" lndia is great\nn; } Keyin for sikli 10 marta bajariladi va i har safar birga oshib boradi. Biz qachonki yozganimizda: int i; for(i = 10; i > = 1 ; --i) { cout<< i <<" lndia is great\nn; } Keyin for sikli o`n marta bajariladi va i har safar birga kamayib boradi. Qachonki yakka foydalanilayotganda har doim prefiks (old) oshish kamayish operatori postfiksdan afzalroq hisoblanadi (misol uchun, ++ i yoki -- i). Buning ortidagi sabab qachonki yakka o`zi foydalanilganda prefiks (old) operatorlari postfiksga qaraganda tezroq bajariladi. Time delay sikllari dasturlarda tez-tez foydalaniladi. Quyidagi sod for siklidan foydalanib qanday qilib birni (one) yaratishni ko`rsatadi. for (int t = 0; t < SOME-VALUE; t ++); Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling