7-Mavzu: Pedagogik mahorat va kompetensiya mezonlari
Download 22.15 Kb.
|
7-mavzu
O‘qituvchilarni professional tayyorlashning zamonaviy modelini (andozasini) hayotga tatbiq etishdan ko‘zlangan maqsad kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish, pedagogika oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining harakatchanligi va o‘zlari tanlagan kasb yo‘nalishlarida dadil faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoitlar yaratib beradi.
O‘qituvchilarni professional kasbiy tayyorlashning turli-tuman modellari ichida kompetensiya modeli ham alohida o‘rin tutadi. Shu o‘rinda, kasbiy kompetensiya va pedagogning professionallik masalalarini bir-biridan ajratib olishimiz darkor. Biz yuqorida mamlakatimiz va xorijiy pedagog olimlarning izlanish va tadqiqotlariga e’tibor qaratar ekanmiz, bir qator tayanch pedagogik atamalarni tilga oldik. Bu atama va tushunchalarning mazmun- mohiyati bir-birini to‘ldirib, pedagogik faoliyati qirralari sifatida, ma’lum atama unsurlari sifatida qo‘llanildi, ular: pedagogik mahorat; kasbiy tayyorgarlik; professionalizm; pedagogik kompetensiya; kasbiy kompetensiya; zamonaviy pedagog; zamonaviy o‘qituvchi; zamonaviy model; pedagogik kompetensiya modeli; professional tayyorlashning zamonaviy modeli. Biz keltirayotgan atamalarni qo‘llashdagi kamchiliklar, birinchidan rus tili yoki boshqa xorijiy tillardan to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilib olishdagi nuqsonlar hisoblanadi. Ikkinchidan, ularning mazmunini bilmay turib, qanday ma’noda qo‘llanilayotgan ligini anglamay turib, maqsadimizni to‘g‘ri belgilay olmaymiz. Mazkur uslubiy qo‘llanmamizda, biz oliy ta’lim o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligi masalasida fikr yuritar ekanmiz, uni darsga tayyorgarligi masalasida emas, o‘zining umumiy faoliyatini bajarish borasidagi tayyorgarligi to‘g‘risida to‘xtalishni vazifa qilib qo‘yganmiz. Rene Dekard ta’kidlaganidek, “So‘zni to‘g‘ri aniqlab oling, shunda siz dunyoni tushunmovchiliklarining teng yarmidan xalos qilgan bo‘lasiz”. Demak, pedagogik mahorat o‘z kasbiy faoliyatida turli usullarni, yo‘llarni mahorat bilan qo‘llab, o‘z faoliyatini muvaffaqiyat bilan bajarish demakdir. Pedagogik professionalizm ana shu mahoratni oliy darajadagi nazariy va amaliy bilimlarni, tajribalarni, mahoratni qo‘llagan holda bajarish demakdir. Demak, u mahoratga nisbatan ancha baland darajani aks ettiruvchi tushuncha hisoblanadi. Unda kompetensiyani qaysi o‘ringa qo‘yish mumkin? Download 22.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling