7-Mavzu: Pedagogik mahorat va kompetensiya mezonlari
Download 22.15 Kb.
|
7-mavzu
Professonalizm – o‘z kasbining ustasi degan ma’noni beradi. Kompetensiya esa o‘z kasbiga munosib, o‘z kasbini har tomonlama uddalay oladi degan ma’noni anglatadi. Shunday qilib, pedagogik kasbiy kompetensiya professionalizm bilan mahoratli yoki pedagogic mahorat o‘rtasida turuvchi tushuncha ekan. O‘zbek tilida “professionalizm”ni “master”– “usta”, “masterstvo” – “mahorat” so‘zlari bilan umumlashtirib, ustoz atamasini ham qo‘llash mumkin. Ammo xalqaro andozalardan kirib kelgan “professionalizm” va “kompetensiya” tariqasida qo‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Shu ikki atamani tushuntirish, ularning farqini aniqlash orqali o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi masalasi haqidagi fikrimizni dalillashga harakat qilamiz. Kasbiy tayyorgarlikning eng asosiy qismi hisoblangan nazariy tayyorgarlikni avval tahlil qilib olamiz.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar qanday bo‘lishidan qat’i nazar ularni hayotga tatbiq etish o‘qituvchi zimmasiga kelib tushadi. Aynan o‘qituvchi barcha yangiliklarni amaliyotda ro‘yobga chiqaruvchi eng asosiy shaxs hisoblanadi. Turli innovatsion g‘oyalarni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun yangi sharoitlarda oldinga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun pedagog zarur darajadagi kasbiy kompetensiyaga va professionalizmga ega bo‘lishi lozim.10 To‘g‘risini aytish kerak, dunyo olimlari oldida keyingi o‘n yilliklarda “pedagogik- professionalizm”ga nisbatan “kasbiy kompetensiya” psixologik fanlarning o‘rganish obyektiga aylandi, ammo ko‘p hollarda KZK, ya’ni kasbiy zarur kompetensiyalar doirasida ilmiy izlanishlar olib borildi. Ularni shakllantirish va baholash bilan shug‘ullandilar. Natijada inson professional sifatida psixologik nuqtaiy nazaridan nimani anglatadi, kasbiy faoliyat subyekti sifatida o‘z ishining ustasi, boshqa odamlardan qanday hislatlari bilan ajralib turadi, degan savollarga javob topilmay qoldi, albatta, “kasbiy kompetentlik” va “professionalizm” tushunchalari ham o‘qituvchi faoliyatiga beriladigan baho sifatida qo‘llanila boshladi. “Professionalizm” bu atamaning ilmiy ma’nosi turli sharoitlarda murakkab faoliyatni muntazam ravishda samarali va ishonchli bajara oladigan inson xususiyati demakdir. Inson tomonidan kasbiy faoliyati psixologik tizimning shunday darajasiki, u jamiyatda mavjud bo‘lgan me’yor va obyektiv talablarga mos keladi. Profssionalizmga erishish uchun istak, izlanuvchanlik, doimo o‘qish-o‘rganishga tayyorgarlik va o‘z mahoratini oshirib borish kabi qobiliyatlar zarur bo‘ladi. Download 22.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling