7-Mavzu: Psixika va ong taraqqiyoti
Hayvonot olamidagi aqliy harakatlar
Download 73 Kb.
|
6-mavzu
Hayvonot olamidagi aqliy harakatlar
Harakatning instinktiv shakli ana shunday muhitga mos- lashuvining alohida shakllaridandir. Biz ayrim organizmlarning hasharotlarning, qushlarning xatti-harakatlarini, qiliqlarini ku- zatadigan bo‘lsak, ularning harakatlari go‘yoki ongli harakat- dek bo‘lib ko‘rinadi. Masalan: oddiy cho‘l chumolilarining yoki termit deb ataluvchi chumolilarning «jamoa» bo‘lib yashash- lari, qishga ovqat g‘amlashlari, asalarilarning kollektiv bo‘lib yashashlari, asal to‘plashlarini Karl Fon Frish tadqiqotlarida ko‘rish mumkin. K. Frish asalarilarda bir-birlariga informatsi- ya, ya’ni ma’lumot berish qobiliyati borligini aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, asalarilar qayerda ko‘proq shira (asal) borligi haqida bir-birlariga ma’lumot berar ekanlar, bunday ma’lumotlar qan- daydir bir uslubda raqsga tushish orqali beriladi. Asalarilarning instinktlari nihoyatda murakkab bo‘lishidan qat’i nazar bunday harakatlarda ong yo‘qligi juda osonlik bilan isbot qilingan. Ish- chi asalarilarning asosiy vazifasi gullardan shira yig‘ib, mumdan yasalgan indagi kataklarga solib to‘ldirishdan iborat. Asal bilan to‘ldirilgan kataklar yupqa qobiq bilan suvab berkitib qo‘yiladi. Agar asalarilar inining (kataklarning) tagi qirqib teshib qo‘yilsa, buni ular mutlaqo sezmaydi va bir necha oylar mobaynida tagi teshik katakka shira olib kelib to‘kaveradi. Bunda nima sababdan katakning shiraga to‘lmayotganligini tekshirib ko‘rish na ish- chi arining va na ona arining «xayoliga» kelmaydi. Mana shun- dan ko‘rinib turibdiki, asalarilarning tashqaridan go‘yo onglidek bo‘lib ko‘ringan murakkab instinktiv harakatlarida mutlaqo ong bo‘lmaydi. Rus zoopsixologiyasining asoschisi V.A. Vagner (1849—1934) hasharotlar va qushlarning instinktiv harakatlarini o‘rganib, bunday harakatlarda tabiiy maqsadga muvofiqlik borligini, le- kin biron maqsadga qaratilgan ongning yo‘qligini eksperimen- tal faktlar asosida ko‘rsatib bergan. Masalan, oddiy o‘rgimchaklar isdan to‘qilgan to‘rga o‘xshagan in yasab, isga pashsha yoki bi- ron boshqa hasharot ilinishini bir chekkada poylab o‘tiradilar. Isga pashsha qo‘ngach, is tebranadi. SHu ondayoq o‘rgimchak yugurib kelib, isga qo‘ngan pashshani is bilan o‘rab, qocha ol- maydigan holatga keltiradi. V.A. Vagner bunday instinktiv hara- katda mutlaqo ong yo‘qligini ko‘rsatish uchun shunday tajriba o‘tkazgan. Isdan to‘rsimon in qurib, pashshaning qo‘nishini poy- lab turgan o‘rgimchakning oldiga isni tebratmay, pashsha qo‘yib qo‘yilsa, o‘rgimchak bu tayyor pashshaga hech qanday reaksiya qilmagan. O‘rgimchakning instinktiv harakati uchun isning teb- ranishi (vibratsiyasi) zarur bo‘lgan. V.A. Vagner qushlar usti- da ham juda ajoyib tajriba o‘tkazgan. SHimoliy muz okeanidagi orollarda millionlab qushlar bahor paytida in qurib, tuxumdan bola ochadilar. Gagarka qushining inidan tuxumini olib, sal na- riroqqa (xuddi tumshug‘ining tagiga) surib qo‘yib, tuxumning o‘rniga xuddi tuxumga o‘xshash oq tosh qo‘yib qo‘ygan. Gagarka qushi o‘zining tuxumiga (tumshug‘i ostidagi) qarab, toshni bosib yotavergan. Boshqa qo‘shni indagi qushlarning bolasi tuxumdan ochilib, katta bo‘lib qolgan. Ammo gagarka qushi hamon toshni bosib yotavergan. Go‘yo ongli harakatlardek bo‘lib ko‘rinadigan bunday hara- katlar ongli bo‘lmay, balki instinktiv harakatlardir. Instinktiv harakat deganda biz hayvonlarga tug‘ma yo‘l bilan (sharsiz reflekslar) va ularning tashqi olamga muvofiqlashuvini ta’minlaydigan harakatlar shaklini tushunamiz. Instinkt tushunchasi psixologi- yaga birinchi marta CH. Darvin tomonidan kiritilgan bo‘lib, biz- ga hayvonlarning juda ko‘p murakkab harakatlari va qiliqlarini ilmiy tarzda tushunish imkonini beradi. Instinkt tushunchasi- ning psixologik va fiziologik mexanizmlari mashhur rus fiziologi akademik I.P. Pavlov tomonidan tushuntirib berildi. Demak, hayvonlarning instinktiv harakatlarini 4 guruhga bo‘lish mumkin: Ovqatlanish instinkti — o‘zi va o‘z bolasi uchun ovqat qidi- rib topish, g‘amlash harakatlari. Himoyalanish instinkti — o‘zini himoya qilish, dushmanga hujum qilishda ko‘rinadi. Har bir hayvon o‘zining bironta orga- nidan foydalanadi. Masalan: afrika kobrasi o‘z zaharini 3,5 metr masofaga ota oladi. Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling