7-Mavzu: Psixika va ong taraqqiyoti


Download 73 Kb.
bet3/4
Sana17.02.2023
Hajmi73 Kb.
#1208449
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu

Nasl qoldirish instinkti — bu ota-onalik instinkti sifatida ko‘rinib ma’lum vaqtgacha bolalariga g‘amxo‘rlik qiladi.

  • To‘da bo‘lib yashash instinkti — turli xil shaklda birlashib poda-poda, gala bo‘lib yashashlarida ko‘rinadi.

    Evolutsion taraqqiyot davomida murakkab taraqqiy etgan hay- vonlarda, ya’ni umurtqa suyakli va sut emizuvchi hayvonlarda harakatning individual shakllari yuzaga keldi. Har bir organizm o‘zicha individual hayot kechiradi va tashqi olamda ma’lum mud- dat davomida yashaydi. Vaholanki, hayvonlar olamda bir xilda umr ko‘rmas ekanlar, ularning necha yoshga kirishlariga qarab individual hayotlarida harakatning turli xil individual shakllari yuzaga keladi. Demak, hayvonlar harakatning individual shakl- larini o‘zlarining individual hayotlari mobaynida egallab boradi- lar. Harakatning individual shakllari xuddi harakatning instink- tiv shakllari kabi hayvonlarning doimo o‘zgarib turuvchi tashqi muhitga moslashuvini ta’minlovchi mexanizmlardandir. Bu ha- rakatlar hayvonlarda paydo bo‘ladigan shartli reflekslar bilan bog‘liqdir. Hayvonlar harakatning individual shaklini o‘z hayot- lari davomida egallab boradilar. Harakatning individual shakl- lari asosida hayvonlarda turli-tuman ko‘nikmalar yuzaga keladi. Bunday olib qarasak bu ko‘nikmalar dressirovkadan boshqa narsa emas (mas. o‘rgatilgan it, mushuk va boshqa hayvonlarning ha- rakatlari). Tabiiy hayot sharoitlarida ham ko‘nikmalar hosil qi­linadi. Masalan, xo‘roz o‘n yil, qarg‘a esa yuz yilga yaqin yashay- di. Albatta, qarg‘a uzoq hayoti davomida juda ko‘p narsalarga, vaziyatlarga to‘qnash keladi va murakkab ko‘nikmalarni tabi- iy sharoitda yuzaga keltiradi. Xo‘roz bilan qarg‘a ustida shunday bir tajriba o‘tkazilgan: qorni och xo‘rozga kichik bir ariq bo‘yida jo‘xori tashlab borilgan. Xo‘roz har bir jo‘xorini birma-bir terib yeb kelavergan. Jo‘xori donlari ariqchadagi suvga ham tashlangan. Xo‘roz suvdan tutib olib yeb kelavergan. Ariqdagi suv ikki metr- lar chamasi uzunlikdagi quvurga kirib, quvurning narigi tomoni- dan chiqib ketgan. Ariqchadagi suvga tashlangan jo‘xori donlari suv bilan quvurga kirib ketganda xo‘roz «hayron» bo‘lib, donni qidirmay, orqasiga qarab ketavergan. Xuddi shu tajriba qarg‘a bi­lan o‘tkazilganda, qarg‘a jo‘xori doni quvurga kirib ketishi bilan quvurning narigi boshiga borib, don oqib kelishini poylab turgan va don quvurdan chiqishi bilan tutib olib yegan. Demak, qarg‘a tabiiy hayot jarayonida bunday vaziyatga ko‘p martalab duch kel- gan va unda murakkab ko‘nikma hosil bo‘lgan. Harakatning indi­vidual shakllari yoki ko‘nikmalar bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab harakatlarga ko‘plab misollar keltirish mumkin.
    Evolutsion taraqqiyotning yuksak bosqichidagi ayrim hay- vonlarda harakatning intellektual shakli paydo bo‘ldi. Bu yuksak taraqqiyotga erishgan maymunlar, itlar va delfinlardagi odam ongiga o‘xshash farosat bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakat shakl- laridir. Harakatning intellektual shakli ham hayvonlarning tash- qi olamga muvofiqlashuvidan iboratdir. Harakatning intellektual shakliga ega bo‘lgan hayvonlar ma’lum vaziyatda bir qadar faro­sat bilan bog‘liq muammolarni, masalalarni hal qila oladilar. Le- kin yuksak taraqqiyotga erishgan hayvonlarning intellektual ha- rakatlari odamning ongli harakatlaridan keskin farq qiladi.
    Odamsimon maymunlar ustida o‘tkazilgan tajribalardan E.G. Vatsuroning «Rafael» ismli shimpanze maymuni bilan o‘tkazgan tajribalari juda ibratlidir. E.G. Vatsuro maymunlarda ong, tafakkur yo‘qligini, ular o‘rtasidagi munosabatlarni anglay olmasligini isbotlab bergan. Ularda farosat uchqunlari bor xolos.
    E.G. Vatsuro maymunlarda ong, tafakkur yo‘qligini, ular narsa- lar o‘rtasidagi munosabatlarni anglay olmasliklarini isbotlab ber- gan. U Rafael ismli shimpanze maymuni bilan shunday tajriba o‘tkazgan. Unchalik katta bo‘lmagan bir ko‘lga ikkita sol yasatgan. Sollardan biriga suv to‘ldirilgan bak va bakning ustiga bitta bo‘sh shisha banka qo‘yib qo‘yilgan. Bakdan nariroqda maxsus apparat- da olov yonib turgan va olovning tagida apelsin ko‘rinib turgan. SHimpanze maymuni qayiqda solga olib kelingan. Maymunning qorni och bo‘lgan. Uning ko‘zi oldida bakdan bankaga suv olib olovga sepib o‘chirilgan va maymun darhol apelsinni olib yegan.
    Ana shu tajriba ikkinchi marta takrorlanganda, maymunning o‘zi bakdan bankaga suv olib, olovni o‘chirgan va apelsinni olib yegan. Bundan keyingi tajriba birmuncha murakkablashtirilgan. Endi bak bilan banka qo‘yilgan solga olov yoqilgan apparat qo‘yilmay, balki apparat boshqa solga qo‘yilgan. Sollarning bir- biridan uzoqligi 3—4 metrlar chamasida bo‘lgan. Bak qo‘yilgan solga bitta uzun bambuk yog‘och tashlab qo‘yilgan. Maymun odatdagidek kelib, bakdan bankaga suv quyib olgan, ammo olov narigi solda ancha uzoqda yonib turganini ko‘rgan. Qo‘lida suv quyilgan bankani ushlab, bambukni ikkinchi solga ko‘prik qilib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Bankani qo‘lidan oyog‘iga, oyog‘idan qo‘liga olib, bir amallab bambukni ikkinchi solga ko‘prik qilib qo‘ygan. Undan so‘ng bambukdan darboz bo‘lib, ikkinchi solga o‘ta bosh- lagan. Bambuk qimirlab ketib, qo‘lidagi suv to‘kilib ketgan. U bak qo‘yilgan solga qaytib kelib, bakdan bankaga suv olib, yana bambukdan ikkinchi solga o‘tib, bir amallab olovni o‘chirgan va apelsinni olib yegan.

    Bu tajribada shu narsa xarakterliki, maymun bakdan banka­ga suv olib, soldan solga o‘tib (suv to‘kilib ketib) qiynalib olgan. Ammo soldagi olovni ko‘ldan qo‘li bilan suv olib o‘chirishi ham mumkinligiga uning «aqli» yetmagan. Demak, odamsimon shim- panze maymunlarida ham odamdagiga o‘xshagan ong, aql yo‘q. SHimpanze maymunining soldan solga bambukni ko‘prik qilib o‘tishga «aqli» yetdi, lekin hamma suv ham bir xil xususiyatga ega ekanligiga aqli yetmadi.


    G.Z. Roginskiy shimpanze maymuni ustida shunday tajriba o‘tkazgan: maymun oldiga turli tomonga qaratib bir necha uzun arqonlar tashlab qo‘yilgan. Ana shu bir xildagi arqonlardan ba’zilarining uchiga apelsin yoki banan bog‘lab qo‘yilgan. May­mun o‘z oldiga tashlab qo‘yilgan bir xildagi arqonlarni ushlab ko‘rgandan so‘ng, hech bir yanglishmay uchiga apelsin yoki ba­nan bog‘lab qo‘yilgan arqonlarni ajratib tortib olgan.
    N.N. Ladigina-Kotsning tekshirishlari shimpanzeda boshlan- g‘ich abstraksiya qobiliyatlari borligini ko‘rsatadi. Maymun o‘zi idrok qiladigan narsaning rangi, shakli va hajmidan ajrata ola- di, unda murakkab tanlash qobiliyati bor. Tajribalarda shimpanze maymuni geometrik shakllarni rangi va turiga qarab ajrata olga- ni isbotlangan.
    Nemis fiziologi M. Tideman delfin miyasining faoliyatiga odam va orangutandan keyingi o‘rinni beradi. Delfinning mi­ya og‘irligi 1700 gramm, miyaning po‘stloq qismi esa odam mi­yasi po‘stlog‘iga nisbatan ikki baravar ko‘pdir. Olimlarning ku- zatishlari shuni ko‘rsatdi-ki, delfin katta tezlikda idrok qilish va fikrlash qobiliyatiga ega. Delfin miyasi faoliyatini kibernetik tek- shirishlar orqaligina o‘rganish mumkin. SHveysariyalik professor A. Portmannin tadqiqotlarida odam va hayvonlar intellekt dara- jasini o‘rganadi va bunda odam 215 ball, delfin 190 ball, fil va maymun keyingi o‘rinlarni egallagan.
    YUksak taraqqiyotga erishgan hayvonlarning intellektual hara- katlari xuddi instinktiv va individual harakat shakllari kabi tash- qi muhitga moslashish usullaridan biri bo‘lib, bu harakatlar ham ongli bo‘lmaydi. I.P. Pavlovning fikricha: «...maymunning goh uni, goh buni qo‘liga olib qilayotgan barcha ish-harakatlari, ish- harakatda namoyon bo‘lgan tafakkurdir. Bu qisman avval hosil qilingan, hozir ko‘z o‘ngingizda hosil bo‘layotgan, bir-biriga qo‘shilayotgan assotsiatsiyalardir. Albatta, bu fahm eng elemen- tar fahmdir...» Inson ongi evolutsion taraqqiyotning so‘nggi bos- qichi bo‘lib hisoblanadi.



    Download 73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling