7-Mavzu: Psixika va ong taraqqiyoti


Download 73 Kb.
bet1/4
Sana17.02.2023
Hajmi73 Kb.
#1208449
  1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu


Fan: Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi
O’qituvchisi: U. Shomurotov
6-Mavzu: Psixika va ong taraqqiyoti. (2 soat nazariy-amaliy)
Reja:

  1. Psixikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi

  2. Hayvonot olamidagi aqliy harakatlar

  3. Evolutsion taraqqiyotning yuksak bosqichining rivojlanishi

Psixikaning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti juda uzoq tarixga egadir. Tabiatda va jamiyatda hamma narsa har doim o‘zgarib turadi. Lekin har qanday o‘zgarishni ham biz taraqqiyot deb ayta olmaymiz. Taraqqiyot chirish va yemirilishning teskarisi bo‘lib, oldinga tomon rivojlanishdan iboratdir. Bundan mlrd yillar mu- qaddam yerda hayot paydo bo‘lgan, ya’ni materiya yuzaga kel- gan.


Organik, ya’ni tirik materiya dastavval juda sodda bir hujayra- li organizm tariqasida yuzaga kelib, juda uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan.
Tirik organizmlarning dastlab paydo bo‘lgan davridan boshlab hozirgi eng yuksak organizm, ya’ni odamgacha rivojlanish yo‘li evolutsion taraqqiyot deb yuritiladi. Biz psixika taraqqiyoti haqida fikr yuritar ekanmiz, psixika organik, ya’ni tirik olamdagi ham- ma organizmlarga xos xususiyatmi, degan savol tug‘iladi.
Psixika, ya’ni aks ettirish xususiyati eng avval paydo bo‘lgan ju­da sodda organizmlarda bo‘lmagan, ularda oddiy ta’sirlanuvchan- lik xususiyati bo‘lgan xolos.
Ta’sirlanuvchanlik bir hujayrali organizmlarga (amyobalarga, tufelkalarga) xos xususiyat bo‘lgan. Evolutsion taraqqiyot jarayoni- da organizmlar murakkablashgan sari ularning tashqi olamni aks ettirishlari ham takomillasha borgan. Evolutsion taraqqiyotning ma’lum bosqichiga kelib organizmlarda juda sodda tuzilishga ega bo‘lgan nerv sistemasi paydo bo‘lgan. Dastlab yuzaga kelgan nerv sistemasi juda sodda bo‘lib, markazlashmagan organizmlarning hamma tomoniga to‘rsimon holda tarqalib ketgan ko‘rinishga ega bo‘lgan. Bunday nerv sistemasini suvda yashovchi meduzalarda ko‘rishimiz mumkin (5-rasm).
Keyinchalik evolutsion taraqqiyot davomida ko‘p markaz- li nerv sistemasiga ega bo‘lgan organizmlar paydo bo‘ldi. Ma- salan: tugunchasimon markazlarga ega nerv sistemasini asala- rilarda, yomg‘ir chuvalchanglarida ko‘rishimiz mumkin. Ana shu tariqa organizmlarning nerv sistemalari murakkablashgan sari, ularning tashqi olamni aks ettirish qobiliyatlari ham tobora mu- rakkablashib bordi. Evolutsion taraqqiyot davomida psixikaning eng sodda ko‘rinishidan inson ongigacha taraqqiyoti bir qancha bosqichlardan iborat.

Ana shu bosqichlardan so‘ng psixik taraqqiyotning eng yuksak formasi bo‘lgan inson ongi maydonga keldi.



Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling