7-mavzu: Respublikada boshqarish tizimini takomillashtirish yo’llari Reja


Download 59.05 Kb.
bet5/6
Sana13.05.2023
Hajmi59.05 Kb.
#1457511
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 мавзу.

2-savol bayoni: Iqtisodiy o’sish omillaridan biri qarzning YaMM nisbatidir. Bu nisbat dinamikasi quyidagi omillarga bog’liq: qarz bo’yicha to’lanadigan %lar kattaligini belgilovchi, real % stavkasi kattaligi; real YaMMning o’sish sur’atlari; davlat byudjetining birlamchi taqchilligi umumiy defitsit va qarzlar bo’yicha to’lanadigan %lar yigindisi o’rtasidagi farqdan iborat.
Davlat byutjetining birlamchi taqchilligini qarz bo’yicha moliyalashda qarz ham, u bo’yicha xizmat ko’rsatish koeftsienti ham ortadi, ya’ni iqtisodiyotdagi “qarz salmog’i” ham ortib boradi.
Birlamchi ortiqchalikning ortishi qarz o’z-o’zini yaratishning oldini olishi mumkin.
ВД umumiy (G+N+F)-T
Birlamchi ВД=(G+F)-T
N=Д+Rr

bu erda: G- davlat xaridi; F-transfertlar; T-byudjetga kelib tushuvchi soliqlar; N-qarz bo’yicha to’lovlar; D-qarz kattaligi; Rr–real % stavkasi. Davlat qarzining o’z-o’zini yaratish mexanizmini quyidagicha ifodalash mumkin: birlamchi qarzdorlikning o’sishi davlat zayomlarining emissiya qilinishiga olib keladi, bu esa davlat qarzining yanada oshishiga olib keladi. Natijada qarz bo’yicha to’lovlar ko’tariladi, umumiy taqchillik yuzaga keladi, davlat yana yangi zayomlarni chiqaradi, bu hol esa qarzning va u bo’yicha to’lovlvrni oshishiga olib keladi.


Agar real % stavkasi YaMMning o’sish sur’atidan yuqori bo’lsa, davlat qarzining ortib borishi boshqarib bo’lmaydigan bo’lib qoladi, chunki real YaMMning har bir o’sishi qarz bo’yicha %larni to’lash uchun sarflanib, qarz og’irligini ifodalovchi qarz YaMM nisbatining ortib ketishiga sabab bo’ladi.
Qarzning YaMM nisbatini kamaytirish uchun quyidagi ikkita sharoit mavjud bo’lishi lozim: real foiz stavkasi, real YaMMning o’sish sur’atidan kichik bo’lishi shart.
YaMMdagi birlamchi byudjet ortiqchaligining o’sishi doimiy bo’lishi kerak. Davlat byudjeti birlamchi taqchilligining mavjudligi «qarz salmog’i» ortishining omili hisoblanadi.
Soliqlarning ortishini o’sib borayotgan qarz bo’yicha xizmat ko’rsatish sharti bo’lib kelishi mexnatga, yangilik kiritishga, investitsiyalashga bo’lgan layokatning pasayishiga olib keladi.
Qarz bo’yicha xizmat ko’rsatish grafigiga rioya qilish uchun davlat soliqlar ko’rinishida N dan kam bo’lmagan summani yig’ishi lozim. Bu esa Nning YaMM nisbati daromadga solinadigan soliq stavkasining quyi chegarasi ekanligini bildiradi.

NY  T/Y


bu erda: U-jami daromad.

Davlat qarzi bo’yicha xizmat ko’rsatishdan tashqari boshqa xarajatlar ham moliyalashtirilishi kerakligi uchun


T/Y G/Y+N/Y+F/Y


holati byudjet sohasida bosim ortib borishini isbotlaydi.


Soliqlarning ortishini o’sib borayotgan qarz bo’yicha xizmat ko’rsatish sharti bo’lib kelishi mexnatga, yangilik kiritishga, investitsiyalashga bo’lgan layokatning pasayishiga olib keladi.
Shuning uchun yirik davlat qarzlarining mavjudligi nisbatan iqtisodiy o’sish imkoniyatlarini chegaralaydi.
Bu chegaralashlarni chetlab o’tish uchun, davlat zayomlarni bosib chiqarib, ulardan kelgan daromaddan «eski qarzlarni» qoplash maqsadida foydalanish mumkin.
Davlat doimo soliqlarni oshirish, davlat qarzini qayta moliyalash yoki byudjet taqchilligining monetarizatsiyasi o’rtasida tanlash imkoniyatiga egaligini hisobga olib, davlatga salmoqli qarzlarning mavjud bo’lishiga qaramasdan uning inqirozga yuz tutishi havfi deyarli yo’q.
Davlat byudjet defitsitini o’zok muddat davomida moliyalash % stavkasini oshiradi, bu esa o’z navbatida, investitsion xarajatlar kamayishiga olib keladi. Xususiy sektorda yo iste’mol, yo investitsion tovarlar ishlab chikarilishi siqib chiqarsa, bugungi avlodning yashash darajasiga ta’sir qilmaydi. Lekin kelajak avlodga kichik xajmdagi asosiy ishlab chiqaruvchi fondlar meros bo’lib qoladi va o’z navbatida bu daromadlar darajasining pasayishiga olib keladi. Bu xil ta’sir davlat xarajatlarni asosan ist’mol xarajatlari (ijtimoiy transfertlar, o’quvchilar uchun subsidiyalar va xokazo) ni ko’tarish hisobiga oshiridganda ro’y beradi. Davlat invenstitsiyalari (sarmoyalari) xususiy sarmoyalar kabi iqtisodiyotning ishlab chiqarish potentsialini mustahkamlaydi. Agar davlat xarajatlari, investitsion xarajatlar (masalan, sarmoyalarning avtostradalar qurilishiga, sog’liqni saqlash tizimiga, ta’limga jalb etilishi) ko’rinishga o’tsa, u holda kelajak avlod ko’liga o’tadigan ishlab chiqaruvchi kuchlar kamayadi. Ularning tuzilishii, tarkibi esa davlat kapitali ulushining foydasiga o’zgaradi. Lekin shu bilan birga iste’mol uchun muljallangan xususiy investitsiyalar siqib chiqarilishi mumkin, bu esa aholining joriy iste’moli chegaralanishiga olib keladi.

Download 59.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling