7-mavzu. Sanoat korxonalarining daromadi va foydasi
Download 71.57 Kb.
|
7 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarali ishlash
- Samaradorlik
- Iqtisodiy samaradorlik
7-mavzu. SANOAT KORXONALARINING DAROMADI VA FOYDASI Daromad va foydaning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, turlari Foyda darajasiga ta’sir qiluvchi omillar Korxonada foydani oshirish yo‘llari Rentabellikning ko‘rsatkichlari va mohiyati Samarali ishlash degani, mo‘ljallangan foydani olish, ishlab chiqarish quvvatlari va ish kuchidan yaxshiroq foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashdir. Samara – ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish kabi ijobiy natijalardir. Natural shaklda ishlab chiqarish samarasi, pul shaklida iqtisodiy samarani ifodalanadi. Samaradorlik – bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Samaradorlikning iqtisodiy va ijtimoiy turlari mavjud. Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko‘rsatadi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish-boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara – material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor. Ijtimoiy samaradorlik – ishlab chiqarish samaradorligining mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘qotishni ifodalaydi. Iqtisodiy samaradorlik ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi hisoblanadi, chunki iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga yordamlashadi. Samaradorlik tufayli korxona quyidagilarga ega bo‘ladi: o‘zining iqtisodiy barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta’minlaydi; o‘z imidjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlaydi; xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘ladi: bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash; istemolchilar talabini qondiradigan mahsulot ishlab chiqarib sotish va foyda olish; aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zahiralarini yaratish. Xo‘jalik samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo‘yicha amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o‘lchanishi mumkin. Masalan: ish kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotning mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari yordamida baholash mumkin. (1) Bu yerda: Mu – mehnat unumdorligi; Q – mahsulot hajmi qiymat ko‘rinishida; Is – ishchilar soni. Download 71.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling