7-Mavzu: Sanoat korxonalarining investitsion va innovatsion faoliyati (2-soat) Reja


Download 19.89 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi19.89 Kb.
#1240491
Bog'liq
7 амалий кушимча


7-Mavzu: Sanoat korxonalarining investitsion va innovatsion faoliyati (2-soat)


Reja:
1. Investitsiyalar korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va
mustahkamlash vositasi sifatida.
2. Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo‘nalishlari.
3. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash.


Tayanch iboralar: Kapital qo‘yilmalar, moliyaviy investitsiyalar, real investitsiyalar, investitsiya loyihasi, ichki manabalari, lizing, qayta tiklash,


Topshiriq: Mavzu bo’yicha “baliq skeleti” pedagogik texnologiyadan foydalanib muammolarni bartaraf etish yo’llarini toping va menejerning qanday shaxsiy fazilatlarga va bilimlarga ega bo’lish kerakligini biling.
Qisqacha xulosalar
Investitsiyalar davlat va korxonalarning asosiy fondlarni zamonaviylashtirish hamda mamlakatning iqtisodiy va ishlab chiqarish potennsialini mustahkamlash yo‘lidagi faoliyatidagi muhim vositadir.
Investitsiyalar qoidaga ko‘ra, amaliyotda mamlakat miqyosida davlat tomonidan, mikroiqtisodiyotda esa korxonalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xo‘jalik sub’ektlari tomonidan amalga oshiriluvchi ivestitsion siyosat asosida moddiylashtiriladi.
Investitsiyalar real, yalpi, moliyaviy va portfel turlariga taqsimlanadi. Real investitsiyalar korxonaning iqtisodiy potensialini yaxshilashda muhim vosita hisoblanadi.
Investitsiyalashning to‘g‘ri tanlangan taktika va strategiyasi korxonalarga ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish hamda ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot chiqarishni fan-texnika taraqqiyoti va bozor talablariga javob beruvchi ko‘rinishga olib kelishga imkon beradi.
Korxonaning ivestitsion siyosati investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash hamda investitsiyalashning eng samarali variantlarini tanlash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Minimum xarajatlar va maksimum natijalar - investitsiyalar va investitsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda uslubiy asos hisoblanadi.


Nazorat uchun savollar:

1. Investitsion siyosat nima va u davlat va korxonalar miqyosida qanday maqsadlarni ko‘zda tutadi?


2. “Investitsiyalar” va “kapital qo‘yilmalar” tushunchalari o‘rtasidagi farqlarni tavsiflab bering.
3. Investitsion jarayonlarni qaysi asosiy bosqichlar tavsiflaydi?
4. Investitsiyalar tarkibi va strukturasi nima va ularning korxona iqtisodiyotiga ta’siri qanday?
5. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning qaysi usullari sizga ma’lum?
6. Korxonalar investitsion siyosatining mohiyati nimada?
7. Investitsiyalarning eng samarali variantini tanlashda qaysi usuldan foydalanish maqsadga muvofiq?
8. Investitsiyalar samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan qaysilarini bilasiz?
9. Investitsiyalarning qoplanish muddati nima va u qanday aniqlanadi?
10. Respublikada amalga oshirilayotgan eng mashhur investitsion loyihalarni aytib bera olasizmi?


Adabiyotlar: Ulashev I.O., Atamurodov SH.A. Korxona iqtiisodi va menejmenti. -T.:Tafakkur bo‘stoni, 2013
Sanoat korxonalarining daromadi va samaradorligi.
Rеjа:
1. Sаnоаt коrхоnаlаrida dаrоmаd to’g’risidа tushunchа vа dаrоmаd mаnbаlаri.
2. Bozor munosabatlari sharoitida sаmаrаdоrlikning o‘rni va ahamiyati.
3. Ishlab chiqarish samaradorligining mezonlari va ko‘rsatkichlari: mehnat unumdorligi, ishlab chiqarishning material sig‘imi, fond sig‘imi, fond qaytimi.
4. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yollari.
Tayanch iboralar: Iqtisоdiy sаmаrаdоrlik, Ijtimоiy sаmаrаdоrlik, yillik iqtisоdiy sаmаrа.
Topshiriq: Mavzu bo’yicha taqdimot tayyorlang, mavzuni o’qib o’zlashtiring dars davomida beriladigan savollarga tayyorgarlik ko’ring.
Nazorat savollari:
1. Sаmаrаdоrlik tushunchаsi, uning turlаri, mezоni vа ko’rsаtkichlаri.
2. Mutlоq iqtisоdiy sаmаrаdоrlik vа uni hisоblаsh usuli.
3. Ishlаb chiqаrishning qiyosiy-iqtisоdiy sаmаrаdоrligi.
4. Ishlаb chiqаrishning sаmаrаdоrligini оshirishgа tа’sir etuvchi оmillаr.
5. Sаnоаt ishlаb chiqаrish sаmаrаdоrligini оshirishning аsоsiy yo’llаri.


Adabiyotlar:
Isxaqov A.K., Djurayev X.Z., Urmanova D.T., Shogaipova G.Z., Umarova Z.T. “Soha iqtisodiyoti” fanidan amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘satma. –T.: TDTU, 2010.
N.X.Gulyamova. Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti.O’quv-uslubiy qo’llanma.T.: 2013.
Download 19.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling